0 ‘ n s a k k i z i n c h i bob
SAKKIZOYOQLAR
1
Bir necha kungacha «Nautilus» Amerika sohi-
lidan uzoqda suzdi. Kapitan Nemo, aftidan, Meksi-
ka qo'ltig'iga ham, Antil orollari bo'ylab o'tadigan
suvlarga ham kirishni istamayotganga o'xshardi.
Bunga sayozlikni sabab qilib ko'rsatib bo'lmaydi,
chunki bu dengizlarning o'rtacha chuqurligi bir
ming sakkiz yuz metrga yetadi. Behisob orollar bi
lan to'lgan, paroxodlar tez-tez uchrab turadigan bu
suvlar kapitan Nemoga shunchaki yoqmagan.
16-aprelda qariyb o'ttiz milya masofadan Marti -
nik orolini ko'rdik. Uzoqdan uning tog' qirralari aj-
487
ralib turar edi. Kapitanga sezdirmay qayiqni olish
ga erishsa yerga yoki orollar oralig'ida qatnayotgan
juda ko‘p kemalardan biriga chiqib olish borasi-
dagi rejalarini shu yerda amalga oshirishga umid
bog‘lagan kanadalikning tarvuzi qo'ltig'idan tushdi.
Ammo ochiq dengizda bu haqda o'ylab o'tirishning
ham hojati yo'q edi.
Biz Ned Lend va Konsel bilan bu ahvolni atrof-
licha fikrlashib oldik. Roppa-rosa olti oydan buyon
«Nautilus» kemasida bandimiz. O'n yetti ming lyo -
oltmish sakkiz ming kilometr yo'l bosdik va Ned
Lend aytganiday, vaqti kelib sayohatimiz poyoniga
yetadi, deyishga hech qanday asos yo'q. Shuning
uchun kanadalik menga kapitan Nemoni bizni umr
bo'yi o'z kemasida saqlamoqchi bo'lsa ro'yirost ay-
tishga majbur qilib ko'rishni taklif etdi.
Bu menga unchalik yoqmadi. Menimcha, bu ta
moman befoyda urinish. Axir biz kapitan Nemo
marhamatiga umid bog'lab bo'lmasligiga allaqa-
chon ishonch hosil qilganmiz-ku! Buning ustiga
oxirgi paytlarda kapitan ilgarigidan ham tundroq,
biqiqroq, badjahlroq bo'lib qoldi.
U o'zini mendan olib qochayotganday edi. Men
uni ahyon-ahyonda ko'rar edim. Bir vaqtlar u men
ga suvosti mo'jizalarini imkoniyat boricha ko'rsatib,
shundan bahra olar edi; endi u salonga ham kelmay
qo'ydi.
Unda qanday o'zgarish sodir bo'ldi ekan? Nima-
dan? Men uni ranjitganim yo'q. Balki bizning kema-
daligimiz unga og'ir botayotgandir? Nima bo'lganda
ham vaqti kelib shu odamning bizni ozod etishiga
umid qilmas edim.
Men Ned Lenddan uning takliflarini o'ylab
ko'rishga imkon berishini so'radim. Bordi-yu, bu
urinish kutilgan natijani berolmasa, unda kapitan
488
Nemoda shubha uyg'otib qo'yadi va kanadalikning
rejalarini amalga oshirishga xalaqit beradi. Bizning
kemadagi hayotimiz yanada og'irlashadi.
Shuni e’tirof etishim kerakki, birontamiz ham
sog‘lig‘imizdan sira shikoyat qilolmas edik. Janu
biy qutb muzliklaridagi qattiq sinovni hisobga ol-
maganda biz, na Ned, na Konsel, na men o'zimizni
hech qachon bundan yaxshiroq his etmaganmiz.
Foydali ovqat, sof havo, bir me’yordagi hayot, ha
misha mo'tadil iqlim - bularning barisi kasalni
yo'latmas edi.
Kapitan Nemo uchun yerdagi xotiralar afsus-
lanishiga sira o'rin qoldirmasligini, qayerda bo'l-
masin, o'zini uyidagiday his etishini, shunaqa umr
kechirish uning uchun a’lo hisoblanishini yaxshi
tushunar edim. Ammo biz insoniyat bilan aloqamiz-
ni uzmagan edik va bunday qilishni o'ylayotganimiz
ham yo'q. Chunonchi, men shov-shuvga sabab bo‘-
ladigan suvosti kuzatuvlarimni o'zim bilan birga
go'rga olib borish niyatim sira yo'q.
1 Endi men dengiz tubining sirlari haqida kitob
yozishga shak-shubhasiz haqliman va, albatta, bu
kitob ertami-kechmi ro'yobga chiqishini istar edim.
, Loaqal Antil orollaridan o'tadigan mana shu
siivlarni oling. Okean sathidan o'n metr chuqur
likda har kuni qanday ajoyib kuzatuvlar olib borib,
kundaligimga yozganman!
Bu yerda tekkan joyni qichitqi o't singari kuy-
diradigan va zaharli suyuqlik ajratadigan medu-
zalar uchradi. Halqaga o'xshagan qurtlardan bu yer
da uzunligi bir yarim metr, pushti rang xartumli va
bir ming yetti yuzta harakat organi bo'lgan anne-
lidlar bor edi. Ular suv ostida buralib, atrofga kama-
lak singari barcha rangda nur taratardi. Kemirchakli
baliqlardan bu yerda uzunligi o'n fut va vazni ikki
489
yuz qirq kilogramm keladigan, ko'krak suzgichla-
ri uchburchak, kifti do'ppaygan, ko'zlari boshining
old tomonining ikki chetida lo'q bo'lib turadigan
skatlar bor edi. Ular bizning derazalarimizga zich
qilib qoqilgan to'siqlarday yopishib, halokatga uch-
ragan kema parchalari singari suzar edi. Bu yerda
tabiat faqat ikki - oq va qora bo'yoq bergan Ame-
rika spinoroglari; uzunligi bir yarim metr, kalta,
ammo o'tkir tishli makrellar uchradi. Shuningdek,
boshidan dumigacha oltinrang tasma bilan qop
langan, suzgichlari benihoya go'zal sulton baliqlar
gala-gala bo'lib suzib yurishar edi. Tabiat yaratgan
bu eng go'zal baliqlar bir vaqtlar ma’buda Dianaga
bag'ishlangan bo'lib, ayniqsa, davlatmand rimliklar
tomonidan yuksak baholangan edi. Ular haqida hat
to maqollar to'qilgan: «Sulton baliqlar uni ovlagan-
larga nasib qilmaydi». Nihoyat duxoba va ipaklik ki
yib olganday qoya baliqlari oilasidan oltinrang mo-
naxlar ko'z oldimizdan Veroneze1 rasmidagi sinor-
lar singari suzib o'tishar edi. Kichkinagina chaqqon
sparlar bu baliqlar yaqinlashishi bilan duch kelgan
tomonga qochishardi. Kefallar o'zlarining go'shtdor
dumlari bilan suvni yorib suzishar edi. O'z nomlari-
ga munosib oybaliqlar suzgan joylarida atroflariga
oq yog'du taratar edilar.
«Nautilus» bundan chuqurroq suv qatlamlariga
tushmaganida, yana allaqancha ajoyib va yangi tur-
larni ko'rgan bo'lur edim! Pastga qaratib qo'yilgan
gorizontal rullar uni ikki, uch va uch yarim ming
metr chuqurlikka olib tushib ketdi. Bu yerda hayvo-
not olamidan dengiz yulduzlari, meduzalar va ba’zi
bir xil molluskalargina bor edi.
20-aprelda biz bir yarim ming metr chuqurlikda
1
Do'stlaringiz bilan baham: |