quruq tropik shamol.
shi ta’sirida tropik quyoshi isitgan suv sathining
juda katta oqimi Atlantik okeanni kesib o'tib, Ja-
nubiy Amerika tomon shoshiladi. Uning sohillarida
bu qudratli oqim Golfstrim nomini olib Antil de-
ngizining issiq suvlaridan o'tgach, yanada qiziydi.
Xuddi mana shu yerda yer yuzidagi haroratni bir
me’yorda saqlashi kerak bo'lgan Golfstrim o‘z va-
zifasini o'tashga kirishadi.
Meksika qo‘ltig‘iga kelib, deyarli qaynash dara-
jasiga yetadigan bu oqim shimol tomon Amerika
sohillariga ko'tarilib Nyufaundlendgacha boradi.
Bu yerda Devisov bo‘g‘ozining sovuq oqimi ta’sirida
yo'nalishini o‘zgartiradi va yana katta doira yasab
okeanga oqadi.
Qirq uchinchi paralleda Golfstrim ikki tarmoq-
qa bolinib ketadi. Ulardan biri shimoli sharqiy
passat ta’sirida Biskay qo‘ltig‘i va Azor orollariga
qaytadi, boshqasi esa Irlandiya hamda Norvegiya
qirg'oqlarini ilitib, Shpitsbergen tomon boradi va
u yerda to‘rt darajagacha sovub, Shimoliy qutbda
dengizni muzdan xoli etadi.
Bagam kanalidan chiqaverishda Golfstrimning
eni o'ttiz milya va chuqurligi uch yuz ellik metr-
ga yetib, soatiga sakkiz kilometr tezlikda oqadi.
Shimolga yaqinlasha borgan sari bu tezlik susaya-
di. Bu esa ayni muddao. Chunki tezlik va oqim
yo'nalishi o'zgarsa, Yevropa iqlimi aql bovar qil-
maydigan darajada boshqacha bo'lib qoladi.
«Nautilus» okeandagi ana shu daryo boylab su-
zib borar edi.
Peshinda biz Konsel bilan palubada turar edik.
Men unga Golfstrimning ayrim o'ziga xos xususi-
yatlarini so'zlab berayotgan edim.
Bu haqda gapirib bo'lgach, undan qo'lini suvga
tiqib ko'rishini so'radim.
503
Konsel suvda na issiq, na sovuqni sezmay, juda
taajjublandi.
-
Buning sababi shundaki, - dedim men unga.-
Meksika qo‘ltig‘idan chiqqach, Golfstrim harorati
odam badanidagi haroratdan deyarli farq qilmaydi.
Golfstrim - bu juda katta issiqlik manbayi, u tufayli
Yevropa sohillari hamisha yam-yashil gilam bilan
qoplangan. Morining hisobiga ko‘ra, tabiat Golfs
trim suvini ilitishga sarflagan issiqlik energiyasi bi
lan kattaligi Amazonka yoki Missuriday keladigan
butun bir daryodagi temirni eritilgan holda saqlay
olishi mumkin ekan.
Bu yerda Golfstrim tezligi sekundiga ikki-yu
chorak metrga yetar edi. Bu oqim uni o‘rab olgan
dengizdan keskin farq qiladi. Uning qoramtir, ser-
tuz suvi dengizdagi yashil to'lqinlar fonida o'zining
tiniq, ko‘k rangi bilan yaqqol ajralib turadi.
Ularni ajratib turadigan demarkatsiya1 chizigi
shu qadar aniq ediki, Karolina orollari yaqinida
«Nautilus» bir zumgina tumshug'i bilan Golfstrim
suvini kesayotganda, uning vinti okean to'lqinla-
rini chayqatayotgani juda yaqqol ko‘zga tashlandi.
Golfstrim bir olam tirik mavjudotlami oqizib bo-
radi. Uning suvida 0 ‘rtayer dengizida bo'ladigan ar-
gonavtlarning katta to'dalari sayr qilib yurishardi.
Bu yerdagi kemirchakli baliqlaming ko‘p uchraydi-
gan namoyandalari skatlar bo'lib, ularning dumla-
ri tanalarining deyarli uch qismini tashkil etar edi;
ular uzunligi yigirma besh futcha keladigan ulkan
to'rtburchakka o'xshardi. Yana biz boshi katta,
tumshug'i esa kalta va dumaloq, bir necha qator
o'tkir tishli, uzunligi bir metr keladigan kichik aku-
lalarni ko'rdik; ularning tanalari tangachalar bilan
qoplanganday edi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: