G’aznachilik faoliyatining umumiy tavsifi
G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat
150
G’aznachisi rahbarlik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining
buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi.
G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan
amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi G’aznachiligi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
tomonidan berilgan vakolatlar doirasida g’aznachilikning yagona hisobraqami va
uning subschyotlarini boshqarishni amalga oshiradi. G’aznachilikning vakolat
berilgan lavozimdagi shaxslaridan boshqa hech bir yuridik shaxs yoki jismoniy
shaxs g’aznachilikning yagona hisobraqami mablag’laridan pul o’tkazish uchun
bankka to’lov topshiriqnomasini berish huquqiga ega emas.
G’aznachilikning yagona hisobraqami O’zbekiston Respublikasining
Markaziy Bankida ochiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining
hududiy boshqarmalarida g’aznachilikning yagona hisobraqami subschyotlari
ochiladi.
Respublika
mintaqalarida
davlat
xarajatlarini
o’z
vaqtida
moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida G’aznachilikning topshirig’i bilan
Markaziy Bank tomonidan butun ish kuni mobaynida subschyotlarga va
subschyotlardan pul mablag’larini o’tkazish tashkil etiladi. Mablag’ o’tkazish va
davlatning pul mablag’larini xarajat qilish uchun faqat Moliya Vazirligi ruxsati
bilan bank schyotlarini ochish mumkin. Bu huquq Davlat G’aznachisiga Moliya
Vazirligining buyrug’i bilan yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy Banki va G’aznachilik o’rtasidagi
o’zaro munosabatlarga taalluqli masalalar ular o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida
tartibga solinadi. G’aznachilik yilda kamida bir marta ushbu shartnomalarning
tahlilini o’tkazishi shart, agar G’aznachilik fikri bo’yicha shartnomalarni ko’rib
chiqish talab etilsa, ikkala tomon talablarini qondirish maqsadida shartnomalarni
qayta tuzish tadbirlari ko’riladi.
G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat
G’aznachisi rahbarlik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining
buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi.
151
G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan
amalga oshiriladi.
G’aznachilikning yagona hisobraqami O’zbekiston Respublikasining
Markaziy Bankida ochiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining
hududiy boshqarmalarida g’aznachilikning yagona hisobraqami subschyotlari
ochiladi.
Respublika
mintaqalarida
davlat
xarajatlarini
o’z
vaqtida
moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida G’aznachilikning topshirig’i bilan
Markaziy Bank tomonidan butun ish kuni mobaynida subschyotlarga va
subschyotlardan pul mablag’larini o’tkazish tashkil etiladi. Mablag’ o’tkazish va
davlatning pul mablag’larini xarajat qilish uchun faqat Moliya Vazirligi ruxsati
bilan bank schyotlarini ochish mumkin. Bu huquq Davlat G’aznachisiga Moliya
Vazirligining buyrug’i bilan yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy Banki va G’aznachilik o’rtasidagi
o’zaro munosabatlarga taalluqli masalalar ular o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida
tartibga solinadi. G’aznachilik yilda kamida bir marta ushbu shartnomalarning
tahlilini o’tkazishi shart, agar G’aznachilik fikri bo’yicha shartnomalarni ko’rib
chiqish talab etilsa, ikkala tomon talablarini qondirish maqsadida shartnomalarni
qayta tuzish tadbirlari ko’riladi.
Davlat byudjetining kassaviy ijrosini amalga oshirish jarayonida
G’aznachilik tijorat banklari bilan ham shartnoma tuzadi. Bu banklarning ro’yxati
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tavsiyasidan keyin aniqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari G’aznachilik talabi
bilan quyidagi ma’lumotlarni berishga majbur:
byudjet tashkilotlarining bankda ochilgan shaxsiy hisobraqamlari, unda
mablag’lar aylanishi va qoldig’i to’g’risida ma’lumot;
G’aznachilik so’ragan aniq byudjet tashkilotining yoki uning tavsiyasi
bilan ochilgan bank hisobraqamidagi mablag’lari to’g’risida ma’lumot.
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot G’aznachilik tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat byudjeti g’azna
ijrosining buxgalteriya hisobi G’aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va
152
bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli
jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat byudjetining g’azna ijrosi
buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil
etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya
hisobi yagona hisoblar rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
G’aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha
to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, qonun
xujjatlarida belgilangan tartibda yagona g’azna hisobraqamidan yoki
G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga, shuningdek, turli darajadagi
davlat boshqaruvi o’rtasida tushumlar taqsimotini tartibga soladigan boshqa
qonunlarga muvofiq, G’aznachilik tushumlarni turli darajadagi byudjetlar o’rtasida
taqsimlash uchun javobgar hisoblanadi. G’aznachilik belgilangan byudjet tasnifiga
muvofiq, barcha davlat tushumlarini ularning aniq ro’yxati bo’yicha yagona g’azna
hisobraqamida yuritilishini ta’minlaydi, qonun asosida g’aznachilikning yagona
hisobraqamidan barcha to’lovlarni amalga oshirishga G’aznachilik javobgar
hisoblanadi.
Davlat moliyasini isloh qilish, davlat byudjetining g’azna ijrosini joriy etish,
byudjet mablag’larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat
qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu jarayonlarni
amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining
g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594-
son (28.02.2007) Qarorining qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi.
Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat
byudjetining g’azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi” hamda
mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil
etildi.
153
PQ-594-son Qaror bilan Moliya vazirligi G’aznachiligi zimmasiga quyidagi
asosiy vazifalar yuklatildi :
davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli
darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag’ oluvchilarning
xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish;
davlat byudjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisobraqami,
shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa
uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisobraqamlarini
joriy etish orqali boshqarish;
byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik
tuzilmalarini moliyalashga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan foydalanishni
154
Do'stlaringiz bilan baham: |