Mahalliy moliya – O’zbekiston Respublikasi mahalliy ma’muriy-hududiy
tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va oqimlari yig’indisi
bo’lib, mahalliy xo’jalik ehtiyojlarini normal darajada ta’minlashga hamda
mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni pul mablag’lari bilan
ta’minlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga
oshirish quroliga aylanib bormoqda.
Mahalliy moliya:
-
mahalliy ahamiyatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir
ko’rsatishga;
-
aholi bandligining oshishini ta’minlashga;
-
hududiy xo’jalik kompleksining uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlovchi
soha va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilishga;
-
hududdagi aholining zarur ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo’g’inlar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |