Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish 

strategiyasi yo’nalishlari 

Zamonaviy markazlashgan g'aznachilik tizimini

 

shakllantirish 



O’rta  muddatli  budjet  strategiyasi  va  budjetlashtirilishiga 

o’tib boorish

 

Yagona budjet  hisobi tizimini shakllantirish va yuritish



 

Barqaror budjet daromadliligini t’minlash 

maqsadida 

oqilona soliq siyosatini 

yuritish

 

Budjet qonunchiligini yanada takomillashtirish 



 


146 

 

qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish loyihasini yangi ishtirokchi 



– Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish belgilandi.  

Umuman  olganda,  davlat  moliyasini  boshqarishdagi  islohotlarini  amalga 

oshirish  maqsadlariga  hukumatimiz  tomonidan  ajratilgan  mablag’lardan  tashqari, 

Jahon  banki  tomonidan  –  14,2  mln.  dollarlik  kredit  mablag’lari,  Yaponiya 

hukumati  tomonidan  –  2,8  mln.  dollar,  TASIS  tomonidan  –  2,8  mln.  dollar  va 

Islom  taraqqiyot  banki  tomonidan  –  0,2  mln.  dollarlik  grantlar  ajratilishi  ko’zda 

tutilgan. 

Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish 

strategiyasining  asosiy  yo’nalishlaridan  biri  –  byudjet  tizimining  to’liq 

shaffofligini  ta’minlash  maqsadida  byudjet  mablag’larini  ularning  oluvchilariga 

etkazishda  kechikishlarga,  qarzdorlikka  yo’l  qo’ymaslik,  byudjet  mablag’laridan 

maqsadsiz  foydalanish  holatlariga  barham  berish,  byudjetlararo  munosabatlar 

samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi byudjetlarning 

hamda  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarning  daromad  va  xarajatlari 

hisobraqamlarini G’aznachilikka o’tkazishdan iborat. 

Rivojlangan  mamlakatlar  amaliyotidagi  davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi 

mexanizmlarini  O’zbekistonda  ham  joriy  etish  va  rivojlantirish,  davlatning 

moliyaviy  resurslarini  boshqarishning  axborotlashtirilgan  tizimini  joriy  etish, 

davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini 

beradi,  bu  esa  davlat  moliyasini  samarali  boshqarishni  ta’minlaydi.  G’aznachilik 

tizimi  davlat  byudjetini  ijro  etishning  samarali  va  amaliy  mexanizmi  hisoblanib, 

unda davlat daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha operatsiyalar G’aznachilik 

tomonidan amalga oshiriladi.  

Davlat    byudjetining  g’azna  ijrosi  deganda  davlat  byudjeti  va  byudjetdan 

tashqari  jamg’armalarning  mablag’lari  to’planadigan  va  ushbu  mablag’lar 

doirasida  aniq  belgilangan  yo’nalishlar  bo’yicha  xarajatlar  amalga  oshiriladigan 




147 

 

yagona  g’azna  hisobraqam  orqali  davlat  byudjetini  ijro  etish  hamda  davlat 



moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.  

G’aznachilik byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag’ oluvchilarning 

majburiyatlarini  ro’yxatga  oladi,  mol  etkazib  beruvchilar  tomonidan  ularga 

mahsulotlar  etkazib  berilganidan  va  xizmatlar  ko’rsatilgandan  so’ng,  byudjet 

tashkilotlarining  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  nomidan  va  ularning 

topshirig’iga  asosan  G’aznachilik  vakolatni  o’z  zimmasiga  oladi  va  byudjet 

mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida taqdim qilingan hujjatlar 

bo’yicha to’lovni amalga oshiradi.  

G’aznachilikning  rivojlanishi  byudjet  ijrosida  ishtirok  etuvchi  barcha 

darajadagi  moliya  va  soliq  organlarining  faoliyatini  umumlashtiradi,  yangi 

sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag’larini yagona davlat 

xazinasida jamlashga qaratiladi. 

Har qanday davlat va jamiyatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini 

bajarish  uchun  kuchli  ijtimoiy  himoya,  ta’lim,  sog’liqni  saqlash,  mudofaa  hamda 

boshqaruv  organlarini  saqlab  turish  zarur  bo’ladi.  Buning  uchun  rivojlangan 

byudjet  tizimini  yaratish,  mamlakat  hududidagi  mavjud  daromad  manbalari  va 

xarajat yo’nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy malumotlarga ega bo’lish talab 

etiladi. Davr talabidan kelib chiqib, davlat byudjetining o’rta va uzoq istiqboldagi 

rivojlanish  yo’nalishlarini  belgilab  olish  uchun  ushbu  malumotlarni  aniq  va  o’z 

vaqtida ta’minlab beruvchi mexanizm sifatida G’aznachilik organlari oldiga davlat 

byudjeti g’azna ijrosini tashkil qilish, davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi 

va  hisobotini  yuritish,  davlat  byudjeti  ijrosi  haqida  axborotlarni  to’plash,  qayta 

ishlash va tahlil qilish,  shuningdek, O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va 

tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish 

kabi muhim vazifalar yuklatilgan. 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish