2. Davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil qilishda G’aznachilikning o’rni va
ahamiyati
Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida
markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi
142
muammolar shundan iboratki, bozor xo’jaligi o’z-o’zini tartiblovchi va
rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko’rinmas qo’li”) bo’lishiga qaramasdan, hech
qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki,
umuman olganda, kapitalistik bozor xo’jaligining yuzaga kelishi faol davlat
aralashuvi bilan birga sodir bo’lgan. Masalan, 1563 yilda ingliz qirolichasi
Elizaveta I milliy baliqchilikni qo’llab-quvvatlash va unga bo’lgan talabni oshirish
maqsadida o’z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go’sht mahsulotlarini iste’mol
qilishni ta’qiqlagan. 1666 yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish bilan
bog’liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilgan,
xususan, vafot etgan fuqarolarni jun matodan bo’lgan kiyimlarda dafn etish
majburiy qilib qo’yilgan, bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima
belgilangan.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarning fikricha, bozorning
“ko’rinmas qo’li” davlatning “ko’rinadigan qo’li” bilan to’ldirilib turilishi kerak.
Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi bu
aralashuvning qay darajada bo’lishi bilan bog’liq, lekin davlatning tartiblovchi
tamoyili asosan ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday
yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko’ra, bozor jamiyatda
mavjud bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini o’z-o’zidan hal
qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o’z-o’zini tartiblash raqobatni
rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi
va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi.
Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik
sharoitida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi.
Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo’shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish
ehtiyoji tug’iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – davlatning iqtisodiyotni
tartiblovchi dastak va vositalaridir. Iqtisodiyotni faqat “ko’rinmas qo’l”ga tashlab
qo’yish ijobiy natija bermasligini va bu haqiqatning naqadar to’g’ri ekanligini
bugungi kundagi reallik, jahonda yuz berayotgan to’fonlar tasdiqlab turibdi.
143
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning bosh
maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mamlakatda mavjud ichki
tuzumni mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy jarayonlarni jahondagi
o’zgaruvchan sharoitlarga moslashtirishdan iborat. Tartiblashning boshqa barcha
maqsad va vazifalari ana shu bosh maqsadga bo’ysundirilgan.
Bu borada davlat moliyasini boshqarish va tashkil qilishning oldida qanday
vazifalar turganini ta’kidlab o’tish o’rinli, ular
:
muvozanatlashtirilgan bozorga kirib borishda barqaror taraqqiyotga
erishish maqsadida maksimal darajada moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib
topish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va maqsadli dasturlarning
samarali bajarilishini ta’minlovchi byudjet daromadlarining umumiy hajmini
to’g’ri belgilash;
umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha tadbirlarni uzluksiz
moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda, davlat byudjeti xarajatlari
umumiy hajmini to’g’ri belgilash va ularni optimallashtirish;
iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-kredit nobarqarorligini
bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan
moliyaviy barqarorlashtirish dasturlarini davlat byudjet siyosati chora-tadbirlari
bilan muvofiqlashtirish;
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan noinflyatsion manbalar
hisobidan byudjet defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish;
iqtisodiy mintaqalar, xo’jalik sohalari va byudjetlar o’rtasida davlat
daromadlarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi byudjetlarni
balanslashtirish maqsadida byudjetni oqilona tartibga solishni amalga oshirish;
keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning samarali amalga
oshirilishini ta’minlash imkonini beradigan byudjetni o’rta va uzoq istiqbolga
mo’ljallab rejalashtirishning ahamiyatini oshirish;
144
soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar va yuridik
shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash;
zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanish asosida va
moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish orqali
byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.
Davlat moliyasini boshqarish(DMB)ni isloh etish strategiyasi O’zbekiston
Respublikasida DMB tizimini nazorat qilishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu
strategiyadan kutilayotgan oraliq maqsad – DMB tizimida muhim jarayonlarni
modernizatsiyalash bo’lib, bugungi kunda islohotlar strategiyasining asosiy
yo’nalishlari quyidagilardan iborat (1-rasm):
1-zamonaviy markazlashgan g'aznachilik tizimini shakllantirish;
2- Yagona byudjet hisobi tizimini shakllantirish va yuritish;
3-O’rta muddatli byudjet strategiyasi va byudjetlashtirilishiga o’tib boorish;
4- Byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish;
5-Barqaror byudjet daromadliligini t’minlash maqsadida oqilona soliq
siyosatini yuritish
145
Byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish Barqaror byudjet daromadliligini
t’minlash
maqsadida
oqilona
soliq
siyosatini
yuritish
1-rasm. Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasi
yo’nalishlari
41
Ushbu strategik vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida
O’zbekiston Respublikasi “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi
(26.08.2004) Qonunining qabul qilinishi byudjet ijrosining g’aznachilik tizimiga
o’tilishiga asos soldi. 2005 yil may oyida davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik
tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq
etish va uslubiyot boshqarmasi”, keyinchalik (2007 yilda) uning negizida Moliya
vazirligi G’aznachiligi tashkil etildi.
2007 yilga kelib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot
banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-721-son Qarori (01.11.2007) qabul
41
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Davlat moliyasini boshqarishni isloh
qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-721-son Qarori
Do'stlaringiz bilan baham: |