155
maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular
tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga
muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan
voz kechish;
xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan
qat’iy summalar doirasida tovar(ish, xizmat)lar etkazib beruvchilarning bevosita
hisobraqamlariga byudjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i
bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi
ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini
yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish,
shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat
ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.
Moliya vazirligi G’aznachiligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi 4-
rasmda ko’rsatilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur
hollarda G’aznachilikning markaziy apparati va uning bo’linmalari tuzilmasiga
moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o’zgartishlar
kiritish huquqi berilgan.
Bugungi kunga kelib G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari shtatlari
shakllantirilgan bo’lib, markaziy G’aznachilikka 92 ta, G’aznachilik hududiy
bo’linmalariga 2261 ta, jami G’aznachilik tizimiga 2353 ta shtat birligi ajratilgan.
Lekin davlat byudjeti g’azna ijrosi bilan qamrab olinayotgan jarayonlarni hisobga
oladigan bo’lsak, g’aznachilik orqali byudjet daromadlari va xarajatlari ijrosi,
byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad va xarajatlari ijrosi,
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari tushumi va sarfi ijrosi
amalga oshirilayotganligini, bu bilan bog’liq bo’lgan ish hajmining ortib
borayotganligini hisobga olib, G’aznachilik amaliyot boshqarmalari bo’linmalari
shtatlari sonini qayta ko’rib chiqish zarurligini e’tirof etish lozim.
156
4-rasm.
G’aznachilik markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi
43
G’aznachilikning tashkiliy tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligining Davlat byudjetining g’azna ijrosi bo’yicha amalga oshiriladigan
faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.
43
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarori ilovasidan
Do'stlaringiz bilan baham: