budjet tashkiloti
G’aznachilik organi
NAQD PUL
SO’ROVNOMA
SI
Ish haqini to’lash
Naqd pul
Cheklar reestri
G’aznachilik organiga
xizmat ko’rsatuvchi bank
XODIM
BO’LIM BOSHLIG’I
TIZIMGA MA'LUMOT KIRITISH
VA CHЕK TO'LDIRIB BЕRISH
SO'ROVNOMANI TASDIQLASH
VA CHЕKNI NAZORATDAN O'TKAZISH
NAZORAT:
HARAJATLAR
SMЕTASI BO'YICHA
QOLDIQLAR VA
BOSHQALAR
Moliyaviy
Moliyaviy
majburiyatlar
majburiyatlar
va
va
to
to
’
’
lovlar
lovlar
bo
bo
’
’
limi
limi
6-rasm. Moliyaviy majburiyatlar va to’lovlar bo’limi tomonidan ish haqini
to’lash mexanizmi
Moliya yili mobaynida ishlatilgan chek daftarchalari milklari
buyurtmachilar tomonidan «UzASBO» DMda shakllantirilgan, ishlatilgan va
buzilgan cheklar reestri bilan birga oxirgi chek varag’i to’ldirilgan kunning keyingi
kunida g’aznachilik bo’linmalariga qaytarilishi shart. Ishlatilgan va buzilgan
cheklar reestri g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlariga ikki nusxada
taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning mas’ul xodimlari imzolari to’liqligi
g’aznachilik bo’linmalari xodimlari tomonidan tekshiriladi. Bunda ishlatilgan va
buzilgan cheklar reestrining birinchi nusxasi g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul
461
xodimlari tomonidan imzolanadi va buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga
tekshirilgan sanasini ko’rsatgan holda qaytariladi, ikkinchi nusxasi chek bilan birga
g’aznachilik bo’linmalarida qoladi. Buyurtmachilar ishlatilgan va buzilgan cheklar
reestrini g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlariga topshirilgandan so’ng
buyurtmachilarga yangi chek daftarchasi beriladi. Bunda buzilgan cheklar mavjud
bo’lgan hollarda buyurtmachilar ularni ishlatilgan chek daftarchalari bilan birga
qaytaradi, ular mavjud bo’lmaganda esa ularning yo’qligi sabablari hamda
ko’rilgan choralar to’g’risida g’aznachilik bo’linmalarini yozma xabardor qiladi.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari ishlatilgan chek
daftarchalarini olganlaridan so’ng ulardagi ma’lumotlarni «O’RMV» ATdagi
to’langan summalar va cheklar soni to’g’risidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi.
Ishlatilgan cheklar bo’yicha ma’lumotlarda farqlar mavjud bo’lgan hollarda
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan etishmayotgan cheklarning raqami va
summalarini ko’rsatgan holda chek daftarchalari ro’yxati va unga ilovalar tuziladi
hamda buyurtmachilarga farqlar sabablarini aniqlashtirish uchun taqdim qilinadi.
Banklar tomonidan chekda ko’rsatilgan summani berish unda g’aznachilik
bo’linmalarining imzo qo’yish huquqiga ega vakolatli shaxslarining g’aznachilik
bo’linmalarining muhri bilan tasdiqlangan hamda imzo namunalari va muhr izi
kartochkasida ko’rsatilgan imzolari bo’lganda amalga oshiriladi. Bunda noto’g’ri
rasmiylashtirilgan cheklar banklar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga chek
taqdim qilingan kuni yoki keyingi bank kunidan kechikmagan muddatda
qaytariladi.
Naqd pul mablag’lari berilganidan so’ng yozilgan cheklar reestrining
ikkinchi nusxasi chek ijro etilganligi to’g’risidagi belgi qo’yilgan holda ko’chirma
bilan birga banklar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga qaytariladi.
G’aznachilik bo’linmalari ko’chirma asosida tegishli shaxsiy g’azna
hisobvarag’iga naqd pul mablag’lari berilganligi to’g’risida ma’lumot kiritadi va
462
buyurtmachilarga shaxsiy g’azna hisobvarag’idan g’aznachilik bo’linmalarining
belgisi qo’yilgan ko’chirma beradi.
Banklardan naqd pul mablag’larini olish uchun buyurtmachilar tomonidan
moddiy javobgar shaxsga (kassirga) berilgan Ishonchnoma asosida tegishli
g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilinadi.
Buyurtmachilarning ishonchli shaxslari tomonidan chek yo’qotilgan
taqdirda chek yo’qotilganligi aniqlangan kuni tegishli g’aznachilik bo’linmasiga
buyurtmachilar rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan bildirishnoma-
xat yo’llanadi. G’aznachilik bo’linmasi buyurtmachining bildirishnoma-xati
asosida murojaat qilingan kunning keyingi kunidan kechikmagan muddatda
yo’qotilgan chekning seriyasi va raqamini ko’rsatgan holda mazkur chek to’lovini
to’xtatish maqsadida bankka xat yuboradi. Bunda cheklar reestri chaqirib olingan
chek summasini ayirgan holda ijro qilinadi.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari berilgan va ishlatilgan
cheklarni ro’yxatdan o’tkazishni Berilgan va ishlatilgan cheklarni hisobga olish
jurnalida olib boradilar.
Buyurtmachilarning xodimlari uchun plastik kartochkalar bir vaqtning
o’zida ikki yoki bir necha bankda ochilgan holda buyurtmachilar g’aznachilik
bo’linmasiga tegishli miqdorda to’lov topshiriqnomalari taqdim qiladi.
Xodimlarining ish haqi summalarini plastik kartochkalarga o’tkazish uchun
buyurtmachilar xizmat ko’rsatuvchi bankka ikki asl nusxada qog’oz hamda
elektron ko’rinishda xodimlar ro’yxatini taqdim qiladi.
Bunda:
-
xodimlar ro’yxatida xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tabel
raqami, plastik kartochkalarining rekvizitlari hamda xodimlarga o’tkazib
berilayotgan summalar ko’rsatiladi;
463
-
xodimlar ro’yxatining har bir varag’i tashkilot rahbari, bosh buxgalteri va
xodimlar bo’limining mas’ul xodimi yoki uni o’rnini bosuvchi xodim
tomonidan imzolanadi, tashkilot va xodimlar bo’limining muhri bilan
tasdiqlanadi.
«UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar xodimlarining ish haqi
summalarini plastik kartochkalarga o’tkazish uchun xodimlar ro’yxatini elektron
raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda banklarga faqat elektron shaklda yuboradi.
Banklar buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan xodimlar ro’yxatni sinchkovlik
bilan tekshiradi va xatolik yoki kamchiliklar aniqlangan hollarda xatolik yoki
kamchiliklar aniqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, elektron shaklda
yuborilgan hollarda esa shu kunning o’zida xatolik va kamchiliklarni to’g’rilash
uchun buyurtmachilarga qaytaradi. Xizmat ko’rsatuvchi banklar xodimlar
ro’yxatining ikkinchi nusxasini mablag’lar o’tkazilganligini tasdiqlovchi shtamp
bosgan holda buyurtmachilarga xodimlar ro’yxatida ko’rsatilgan mablag’lar to’liq
o’tkazilgan kundan keyingi kundan kechikmasdan beradi.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari buyurtmachilarning
shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi bo’yicha shaxsiy
g’azna hisobvaraqlardan ko’chirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy g’azna
hisobvaraqlaridan berilgan ko’chirmalarni ro’yxatdan o’tkazish jurnalida
ro’yxatdan o’tkazadi. Buyurtmachilarning mas’ul xodimlari Shaxsiy g’azna
hisobvaraqlardan ko’chirma olishda Shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan berilgan
ko’chirmalarni ro’yxatdan o’tkazish jurnaliga ko’chirmani olganligi to’g’risida
tegishli belgi qo’yadi.
Bunda Shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan berilgan ko’chirmalarni
ro’yxatdan o’tkazish jurnali har bir buyurtmachi bo’yicha alohida ochiladi va
yuritiladi. Buyurtmachilar ko’chirmalarni «UzASBO» DMdan elektron tarzda
olgan hollarda Shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan berilgan ko’chirmalarni
ro’yxatdan o’tkazish jurnali yuritilmaydi.
464
Do'stlaringiz bilan baham: |