Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

budjet tashkiloti

G’aznachilik organi

NAQD PUL 

SO’ROVNOMA

SI

Ish haqini to’lash

Naqd pul

Cheklar reestri



G’aznachilik organiga

xizmat ko’rsatuvchi bank

XODIM

BO’LIM BOSHLIG’I

TIZIMGA MA'LUMOT KIRITISH

VA CHЕK TO'LDIRIB BЕRISH

SO'ROVNOMANI TASDIQLASH

VA CHЕKNI NAZORATDAN O'TKAZISH

NAZORAT: 

HARAJATLAR 

SMЕTASI BO'YICHA 

QOLDIQLAR VA 

BOSHQALAR



Moliyaviy

Moliyaviy

majburiyatlar

majburiyatlar

va

va

to

to





lovlar

lovlar

bo

bo





limi

limi

  

6-rasm. Moliyaviy majburiyatlar va to’lovlar bo’limi tomonidan ish haqini 



to’lash mexanizmi 

Moliya  yili  mobaynida  ishlatilgan  chek  daftarchalari  milklari 

buyurtmachilar  tomonidan  «UzASBO»  DMda  shakllantirilgan,  ishlatilgan  va 

buzilgan cheklar reestri bilan birga oxirgi chek varag’i to’ldirilgan kunning keyingi 

kunida  g’aznachilik  bo’linmalariga  qaytarilishi  shart.  Ishlatilgan  va  buzilgan 

cheklar  reestri  g’aznachilik  bo’linmalarining  mas’ul  xodimlariga  ikki  nusxada 

taqdim  qilinadi.  Buyurtmachilarning  mas’ul  xodimlari  imzolari  to’liqligi 

g’aznachilik  bo’linmalari  xodimlari  tomonidan  tekshiriladi.  Bunda  ishlatilgan  va 

buzilgan cheklar reestrining birinchi nusxasi g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul 




461 

 

xodimlari  tomonidan  imzolanadi  va  buyurtmachilarning  mas’ul  xodimlariga 



tekshirilgan sanasini ko’rsatgan holda qaytariladi, ikkinchi nusxasi chek bilan birga 

g’aznachilik bo’linmalarida qoladi. Buyurtmachilar ishlatilgan va buzilgan cheklar 

reestrini  g’aznachilik  bo’linmalarining  mas’ul  xodimlariga  topshirilgandan  so’ng 

buyurtmachilarga yangi chek daftarchasi beriladi. Bunda buzilgan cheklar mavjud 

bo’lgan  hollarda  buyurtmachilar  ularni  ishlatilgan  chek  daftarchalari  bilan  birga 

qaytaradi,  ular  mavjud  bo’lmaganda  esa  ularning  yo’qligi  sabablari  hamda 

ko’rilgan choralar to’g’risida g’aznachilik bo’linmalarini yozma xabardor qiladi. 

 G’aznachilik  bo’linmalarining  mas’ul  xodimlari  ishlatilgan  chek 

daftarchalarini  olganlaridan  so’ng  ulardagi  ma’lumotlarni  «O’RMV»  ATdagi 

to’langan summalar va cheklar soni to’g’risidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi. 

Ishlatilgan cheklar bo’yicha ma’lumotlarda farqlar mavjud bo’lgan hollarda 

g’aznachilik  bo’linmalari  tomonidan  etishmayotgan  cheklarning  raqami  va 

summalarini ko’rsatgan holda chek daftarchalari ro’yxati va unga ilovalar tuziladi 

hamda buyurtmachilarga farqlar sabablarini aniqlashtirish uchun taqdim qilinadi. 

Banklar tomonidan chekda ko’rsatilgan summani berish unda g’aznachilik 

bo’linmalarining  imzo  qo’yish  huquqiga  ega  vakolatli  shaxslarining  g’aznachilik 

bo’linmalarining  muhri  bilan  tasdiqlangan  hamda  imzo  namunalari  va  muhr  izi 

kartochkasida  ko’rsatilgan  imzolari  bo’lganda  amalga  oshiriladi.  Bunda  noto’g’ri 

rasmiylashtirilgan  cheklar  banklar  tomonidan  g’aznachilik  bo’linmalariga  chek 

taqdim  qilingan  kuni  yoki  keyingi  bank  kunidan  kechikmagan  muddatda 

qaytariladi. 

 Naqd  pul  mablag’lari  berilganidan  so’ng  yozilgan  cheklar  reestrining 

ikkinchi nusxasi chek ijro etilganligi to’g’risidagi belgi qo’yilgan holda ko’chirma 

bilan  birga  banklar  tomonidan  g’aznachilik  bo’linmalariga  qaytariladi. 

G’aznachilik  bo’linmalari  ko’chirma  asosida  tegishli  shaxsiy  g’azna 

hisobvarag’iga  naqd  pul  mablag’lari  berilganligi  to’g’risida  ma’lumot  kiritadi  va 




462 

 

buyurtmachilarga  shaxsiy  g’azna  hisobvarag’idan  g’aznachilik  bo’linmalarining 



belgisi qo’yilgan ko’chirma beradi. 

 Banklardan naqd pul mablag’larini olish uchun buyurtmachilar tomonidan 

moddiy  javobgar  shaxsga  (kassirga)  berilgan  Ishonchnoma  asosida  tegishli 

g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilinadi. 

 Buyurtmachilarning  ishonchli  shaxslari  tomonidan  chek  yo’qotilgan 

taqdirda  chek  yo’qotilganligi  aniqlangan  kuni  tegishli  g’aznachilik  bo’linmasiga 

buyurtmachilar  rahbari  va  bosh  buxgalteri  tomonidan  imzolangan  bildirishnoma-

xat  yo’llanadi.  G’aznachilik  bo’linmasi  buyurtmachining  bildirishnoma-xati 

asosida  murojaat  qilingan  kunning  keyingi  kunidan  kechikmagan  muddatda 

yo’qotilgan chekning seriyasi va raqamini ko’rsatgan holda mazkur chek to’lovini 

to’xtatish maqsadida bankka xat yuboradi.  Bunda cheklar  reestri  chaqirib olingan 

chek summasini ayirgan holda ijro qilinadi. 

 G’aznachilik  bo’linmalarining  mas’ul  xodimlari  berilgan  va  ishlatilgan 

cheklarni  ro’yxatdan  o’tkazishni  Berilgan  va  ishlatilgan  cheklarni  hisobga  olish 

jurnalida olib boradilar. 

Buyurtmachilarning  xodimlari  uchun  plastik  kartochkalar  bir  vaqtning 

o’zida  ikki  yoki  bir  necha  bankda  ochilgan  holda  buyurtmachilar  g’aznachilik 

bo’linmasiga  tegishli  miqdorda  to’lov  topshiriqnomalari  taqdim  qiladi. 

Xodimlarining  ish  haqi  summalarini  plastik  kartochkalarga  o’tkazish  uchun 

buyurtmachilar  xizmat  ko’rsatuvchi  bankka  ikki  asl  nusxada  qog’oz  hamda 

elektron ko’rinishda xodimlar ro’yxatini taqdim qiladi. 

Bunda:  

xodimlar  ro’yxatida  xodimlarning  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  tabel 



raqami, plastik kartochkalarining rekvizitlari hamda xodimlarga o’tkazib 

berilayotgan summalar ko’rsatiladi; 




463 

 



xodimlar ro’yxatining har bir varag’i tashkilot rahbari, bosh buxgalteri va 

xodimlar  bo’limining  mas’ul  xodimi  yoki  uni  o’rnini  bosuvchi  xodim 

tomonidan  imzolanadi,  tashkilot  va  xodimlar  bo’limining  muhri  bilan 

tasdiqlanadi. 

 «UzASBO»  DMga  ulangan  buyurtmachilar  xodimlarining  ish  haqi 

summalarini  plastik  kartochkalarga  o’tkazish  uchun  xodimlar  ro’yxatini  elektron 

raqamli  imzo  bilan  tasdiqlagan  holda  banklarga  faqat  elektron  shaklda  yuboradi. 

Banklar buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan xodimlar ro’yxatni sinchkovlik 

bilan  tekshiradi  va  xatolik  yoki  kamchiliklar  aniqlangan  hollarda  xatolik  yoki 

kamchiliklar aniqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, elektron shaklda 

yuborilgan  hollarda  esa  shu  kunning  o’zida  xatolik  va  kamchiliklarni  to’g’rilash 

uchun  buyurtmachilarga  qaytaradi.  Xizmat  ko’rsatuvchi  banklar  xodimlar 

ro’yxatining  ikkinchi  nusxasini  mablag’lar  o’tkazilganligini  tasdiqlovchi  shtamp 

bosgan holda buyurtmachilarga xodimlar ro’yxatida ko’rsatilgan mablag’lar to’liq 

o’tkazilgan kundan keyingi kundan kechikmasdan beradi. 

G’aznachilik  bo’linmalarining  mas’ul  xodimlari  buyurtmachilarning 

shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlarida  operatsiyalar  amalga  oshirilishi  bo’yicha  shaxsiy 

g’azna  hisobvaraqlardan  ko’chirmalar  beradi  hamda  ularni  Shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlaridan  berilgan  ko’chirmalarni  ro’yxatdan  o’tkazish  jurnalida 

ro’yxatdan  o’tkazadi.  Buyurtmachilarning  mas’ul  xodimlari  Shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlardan  ko’chirma  olishda  Shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlaridan  berilgan 

ko’chirmalarni  ro’yxatdan  o’tkazish  jurnaliga  ko’chirmani  olganligi  to’g’risida 

tegishli belgi qo’yadi. 

Bunda  Shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlaridan  berilgan  ko’chirmalarni 

ro’yxatdan  o’tkazish  jurnali  har  bir  buyurtmachi  bo’yicha  alohida  ochiladi  va 

yuritiladi.  Buyurtmachilar  ko’chirmalarni  «UzASBO»  DMdan  elektron  tarzda 

olgan  hollarda  Shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlaridan  berilgan  ko’chirmalarni 

ro’yxatdan o’tkazish jurnali yuritilmaydi. 




464 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish