457
To’lov maqsadi
G’aznachilik bo’linmasining rahbari
yoki vakolatli shaxs
Imzo
F.I.O.
M.O’.
Mas’ul xodim
Imzo
F.I.O.
5-rasm. G’aznachilik memorial orderi shakli
141
Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan g’aznachilik memorial orderlari
talablariga muvofiq bo’lganda - g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimi
g’aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga «TEKShIRILDI» belgisini,
g’aznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va o’zining imzosini qo’yadi.
G’aznachilik memorial orderlari talablarga nomuvofiq bo’lgan hollarda -
g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari g’aznachilik memorial
orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko’rsatgan holda uni
buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradi.
G’aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g’aznachilik
bo’linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g’aznachilik
bo’linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so’ng
amalga oshiriladi.
Mablag’larni bir shaxsiy g’azna hisobvarag’idan boshqasiga o’tkazishda
g’aznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
-
iqtisod qilingan byudjet mablag’larini o’tkazishda —Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan
byudjet tashkilotlari bo’yicha — tegishli hududiy moliya organlarining
141
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 30 martda 2771-son bilan ro’yxatga olingan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasining 2016
yil 24 martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarorining 4-ilovasi asosida
458
xulosalari, respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet
tashkilotlari bo’yicha — ushbu byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil
ravishda ularning rahbarlari va bosh buxgalterlari imzolagan yozma
shakldagi murojaatlari;
-
noto’g’ri tushgan mablag’larni qaytarishda buyurtmachilarning xati ilova
qilinadi.
Bunda ota-onalarning maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarida bolalarni saqlash uchun to’lovlari, musiqa va san’at maktablarida
bolalarni o’qitish uchun to’lovlari, xodimlardan ular ishlayotgan joyida
ovqatlanganligi bo’yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlarni o’tkazishda va
boshqa shunga o’xshash to’lovlarni amalga oshirishda qo’shimcha hujjatlar ilova
qilinmaydi (talab qilinmaydi), biroq to’lov maqsadida oyi, yili va kimga
to’layotganligi ko’rsatilishi shart (g’aznachilik memorial orderi har bir to’lovchi
bo’yicha alohida rasmiylashtiriladi), shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bir
shaxsiy g’azna hisobvarag’idan boshqasiga mablag’larni o’tkazishda ham g’azna
memorial orderiga qo’shimcha hujjatlar talab qilinmaydi va to’lov maqsadida
tegishli qonun hujjati va nima maqsadda o’tkazilayotganligi ko’rsatilishi shart.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari I va II guruh xarajatlari
bo’yicha YuMMR buyurtmalari asosida «O’RMV» ATga buyurtmachilari
tomonidan taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial
orderlarini kiritadi hamda ular bo’yicha to’lovlarni amalga oshiradi.
I va II guruh xarajatlari bo’yicha XTR summalarini hisoblashda xarajatlarni
moliyalashtirishning quyidagi sanalarini inobatga olish lozim:
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar - har oyning 1 – 5 sanalarida
60% miqdorida, har oyning 15 – 20 sanalarida 40% miqdorida, qonun
hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;
Yagona ijtimoiy to’lov - har oyning 1 - 5 sanalarida;
Ijtimoiy nafaqalar (voyaga etmagan bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa va
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar) -
har oyning 1 - 15 sanalarida.