XARAJATLAR TO’LOVI RUXSATNOMASI
MOLIYA
ORGANI
MABLAG’LARNI
TAQSIMLOVCHI
Т
TA’MINOTCHI
G’aznachilik tomonidan byudjet tashkilotlariga XTR beriladi
,
byudjet
tashkiloti bo’yich to’lov amalga oshiriladi
BYUDJET
TASHKILOTI
TA’MINOTCHI
TA’MINOTCHI
G’AZNACHILIK
Smetalar nusxasi
Smeta
SHARTNOMA
G’aznachilik xodimi shartnomalarni ro’yhatdan o’tkazishdan oldin XTR
summasini va mahalliy byudjetda pul mablag’lari mavjudligini tekshiradi
!
XTR
2-rasm. Xarajatlar to’lovi ruxsatnomasi shakllanishi
G’aznachilik organlarida pul mablag’larini samarali boshqarish, moliyaviy
majburiyatlarning limitini baholash maqsadida xarajatlarni to’lash ruxsati (XTR)
joriy etilgan. Bunda har haftada pul mablag’larini boshqarish bo’linmasi kassa
rejasini yangilaydi va XTR hajmini belgilaydi. So’ngra byudjet tasnifiga muvofiq
byudjet tashkilotlariga XTR beriladi. XTR lar muayyan muddatga yoziladi va shu
muddat o’tgandan so’ng ular o’z kuchini yo’qotadi.
XTR - G’aznachilik bo’linmalari tomonidan har bir byudjetdan mablag’
oluvchiga byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar baza smetasi summasi doirasida
beriladi.
• Byudjetdan mablag’ oluvchilarga xarajatlar to’lovi ruxsatnomasini berish
qoida tariqasida:
• respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjetdan mablag’ oluvchilar
uchun - oyda bir marta
• mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjetdan mablag’ oluvchilar
uchun - oyda ikki marta amalga oshiriladi.
Yil davomida muayyan byudjet (masalan, tuman byudjeti)ning byudjet
tashkilotlari uchun smetalar asosida xarajatlarni amalga oshirish ruxsat(XTR)lari
447
yozib beriladi. Biroq byudjet, prognozlashtirilganga nisbatan kamroq daromad
to’plasa, xarajatlarni to’liq hajmda amalga oshirishga ruxsat berilmaydi. Shuning
uchun yillik ajratmalar va smetalar aniqlashtirilmaguncha, xarajatlarni amalga
oshirish ruxsatlarini olish uchun rejadan tashqari byudjetlararo ssudalar taqdim
etilishi mumkin.
G’aznachilik organlari XTRlar chiqarilishi va to’lanishi, yuridik
majburiyatlarning ro’yxatga olinishi, hisobvaraq-fakturalarning va to’lovga
arizalarning yozilishi, arizalarning tasdiqlanishi va to’lov amalga oshirilishi uchun
mas’ul bo’lib hisoblanadi.
G’aznachilik bo’linmalari g’azna hisobvaraqlaridan to’lov topshiriqnomalar
asosida tashkilot va muassasalarni saqlash, markazlashtirilgan tadbirlarni o’tkazish,
kapital qo’yilmalar va boshqa maqsadlar uchun to’lovlarni tasdiqlangan xarajatlar
smetasi, shuningdek, kapital qo’yilmalar limitlari doirasida amalga oshiradi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |