Naqd pul mablag’lari olish uchun chek — bu g’aznachilik
bo’linmasining ma’lum naqd pul summasini buyurtmachiga berish uchun yozma
topshirig’idir. Cheklar buyurtmachi tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan
qo’lda yoziladi. Cheklarda o’chirib yozish, tuzatish, to’g’rilashlarga hamda
faksimile ishlatilishiga yo’l qo’yilmaydi. Cheklar o’n kun davomida (ular yozib
berilgan kunni hisobga olgan holda) haqiqiy hisoblanadi.
G’aznachilik bo’linmalari chek daftarchalarini ularga xizmat ko’rsatuvchi
banklardan ularni keyinchalik buyurtmachilarga tarqatish uchun oladi. Bunda
buyurtmachilar g’aznachilik bo’linmalariga chek daftarchalarini olish uchun
mazkur buyurtmachi rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo’yilgan ishonchnoma va
so’rovnomalarni taqdim qiladi. Ishonchnoma bo’yicha bir buyurtmachiga berilgan
chek daftarchasidan boshqa buyurtmachi tomonidan foydalanilishiga yo’l
qo’yilmaydi. Olingan chek daftarchalari buyurtmachilarda saqlanadi.
Cheklar 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarida ochilgan hisobvaraqlarga
o’tkazilgan mablag’lar doirasida yoziladi. Buyurtmachilar 23212 va 23214 balans
hisobvaraqlariga mablag’lar o’tkazilganidan so’ng g’aznachilik bo’linmalariga
to’ldirilgan chek taqdim qiladilar. Bunda buyurtmachilar naqd pul to’lovlari
bo’yicha 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarga pul tushganidan so’ng o’n kun
ichida (ular yozib berilgan kunni hisobga olgan holda) naqd pul mablag’larini
umumiy summa doirasida yozilgan bir nechta chek bilan olish huquqiga ega.
Buning uchun buyurtmachilar g’aznachilik bo’linmalariga tegishli summaga
YuMMR buyurtmasi yoki pul oladigan sanalar va summalarini aniq va alohida
ko’rsatgan holda YuMMR buyurtmasini taqdim etadi.
Bunda bankning mas’ul xodimlari g’aznachilik bo’linmalari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan buyurtmachilarning mas’ul xodimi
tomonidan taqdim qilingan naqd pul mablag’larini olish uchun cheklarni ular
taqdim qilingan kunda qabul qilishi shart.G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul
xodimlari to’ldirilgan cheklarni qabul qilganidan so’ng chek va YuMMR
buyurtmasi summalari muvofiqligini tekshiradi, imzo va muhr qo’yadi hamda
tekshirishdan so’ng chekning nazorat markasini buyurtmachilarning mas’ul
460
xodimlariga beradi. Bunda yozilgan cheklar ikki nusxada chop etilgan qog’oz
shaklidagi yozilgan cheklar reestri bilan birga g’aznachilik bo’linmalarining
mas’ul xodimlari tomonidan buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga, xizmat
ko’rsatuvchi bankka taqdim qilish uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |