To’lov turlari bo’yicha ma’lumotnomaga asosan tegishli to’lov kodi, kapital
qo’yilma buyurtmachilarining shaxsiy g’azna hisobvarag’i raqami, STIRi va nomi,
byudjet tasnifining tegishli kodlari, to’lovni o’tkazishga asos bo’ladigan hujjat,
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami
470
bo’linmalarining mas’ul xodimlari g’aznachilik memorial orderlarining ikkinchi
nusxasiga
«TEKShIRILDI» belgisini, g’aznachilik memorial orderi qabul qilingan
sanani va o’zining imzosini qo’yadi.
G’aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq
bo’lgan hollarda g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari g’aznachilik
memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko’rsatgan holda uni
kapital qo’yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga qaytaradi. G’aznachilik
memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g’aznachilik bo’linmalarining vakolatli
va mas’ul shaxslarining imzolari va g’aznachilik bo’linmalarining muhr izi bilan
rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so’ng amalga oshiriladi.
Mablag’larni bir shaxsiy g’azna hisobvarag’idan boshqasiga o’tkazishda
g’aznachilik memorial orderlariga mablag’larni o’tkazishga asos bo’luvchi yuridik
va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova
qilinadi. G’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan yoki hisobga olingan
yuridik majburiyatlarda nazarda tutilgan, belgilangan tartibda har bir hisobvaraq-
fakturadan chegirib qolinadigan, kafolat muddati tamom bo’lganidan so’ng
to’lanadigan kafolat summasi to’g’risidagi ma’lumot «O’RMV» ATga
kiritilmaydi. Kafolat muddati tugaganidan so’ng to’lanadigan ob’ekt qiymatidan 5
foiz kafolat summasini to’lash bo’yicha moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va
ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish bajarilgan ishlar qiymati to’g’risidagi
hisobvaraq-faktura va kapital qo’yilma buyurtmachisi va tovarlar (ishlar,
xizmatlar) etkazib beruvchi (pudratchi) o’rtasida tuziladigan solishtirish
dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi
143
.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo’yilma
buyurtmachilarining shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga
oshirilishi bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlardan ko’chirmalar beradi hamda
143
“O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” O’zbekiston
Respublikasi moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son
buyrug’iga
ko’ra O’zbekiston
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami
№2580
471
ularni Shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan berilgan ko’chirmalarni ro’yxatdan
o’tkazish jurnalida ro’yxatdan o’tkazadi. Shaxsiy g’azna hisobvaraqlardan
ko’chirma olishda kapital qo’yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlari jurnalga
ko’chirmani olganligi to’g’risida tegishli belgi qo’yadi. Bunda g’aznachilik
bo’linmalarida Shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan berilgan ko’chirmalarni
ro’yxatdan o’tkazish jurnali har bir kapital qo’yilma buyurtmachisi bo’yicha
alohida ochiladi va yuritiladi.
Kapital qo’yilma buyurtmachilari ko’chirmalarni «UzASBO» DMdan
elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan berilgan
ko’chirmalarni ro’yxatdan o’tkazish jurnali yuritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: