ikkinchi
nusxasi
g’aznachilik
bo’linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi,
g’aznachilik bo’linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YaG’Hdan
xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi;
-
G’aznachilik bo’linmalarining «TO’LANDI» belgisi bilan va to’langan
sana qo’yilgan to’lov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi shaxsiy
g’azna hisobvarag’idan ko’chirma bilan birga buyurtmachilarning mas’ul
xodimlariga qaytariladi.
Bunda to’lov topshiriqnomalarining:
«Mablag’larni to’lovchining nomi» ustunida - g’aznachilik bo’linmasining
nomi,
«Mablag’larni to’lovchining hisobvarag’i» ustunida — YaG’H,
«To’lov maqsadi» ustunida — buyurtmachining shaxsiy g’azna
hisobvarag’i raqami, STIRi va nomi, byudjet tasnifining tegishli kodlari, to’lovni
o’tkazishga asos bo’ladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini
tasdiqlovchi hujjat, shuningdek to’lov maqsadi ko’rsatiladi.
Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari
mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo’lganda, g’aznachilik bo’linmalarining
mas’ul xodimlari to’lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga «TEKShIRILDI»
belgisini, to’lov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va o’zining imzosini
475
qo’yadi. To’lov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo’lgan
hollarda
g’aznachilik
bo’linmalarining
mas’ul
xodimlari
to’lov
topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko’rsatgan holda ularni
buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradilar. To’lov topshiriqnomalarining
ikkinchi nusxasini g’aznachilik bo’linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari
imzolari va g’aznachilik bo’linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish
tekshiruvlar tugaganidan so’ng amalga oshiriladi.
Bir shaxsiy g’azna hisobvarag’idan boshqa shaxsiy g’azna hisobvarag’iga
mablag’lar o’tkazish uchun buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga
uch nusxada g’aznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi va bu nusxalar
tegishli ravishda taqsimlanadi, ya’ni, bir nusxasi - g’aznachilik bo’linmalariga
buyurtmachilarning g’aznachilik bo’linmalariga shaxsiy g’azna hisobvarag’i
bo’yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi,
ikkinchi nusxasi g’aznachilik bo’linmalari tomonidan rasmiylashtirilib
buyurtmachilarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan mablag’larni o’tkazish
uchun asos bo’ladi, g’aznachilik bo’linmalarining «TO’LANDI» belgisi bilan va
to’langan sana qo’yilgan g’aznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi -
shaxsiy g’azna hisobvaraqlardan ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachilarning
mas’ul xodimlariga qaytariladi.
Bunda g’aznachilik memorial orderlarining «To’lov maqsadi» ustunida
To’lov turlari bo’yicha ma’lumotnomaga asosan tegishli to’lov kodi,
buyurtmachilarning shaxsiy g’azna hisobvarag’i raqami, STIRi va nomi, byudjet
tasnifining tegishli kodlari, to’lovni o’tkazishga asos bo’ladigan hujjat, shuningdek
to’lov maqsadi ko’rsatiladi.
Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan g’aznachilik memorial
orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo’lganda g’aznachilik
bo’linmalarining mas’ul xodimlari g’aznachilik memorial orderlarining ikkinchi
nusxasiga «TEKShIRILDI» belgisini, g’aznachilik memorial orderi qabul qilingan
sanani va o’zining imzosini qo’yadi. G’aznachilik memorial orderlari mazkur
Qoidalar talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda g’aznachilik bo’linmalarining
476
mas’ul xodimlari g’aznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish
sabablarini ko’rsatgan holda uni buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradi.
G’aznachilik
memorial
orderlarining
ikkinchi
nusxasini
g’aznachilik
bo’linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g’aznachilik
bo’linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so’ng
amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida chorak (yil)
oxirida qolgan, iqtisod qilingan byudjet mablag’lari (kapital qo’yilmalar bo’yicha
to’lovlar uchun nazarda tutilgan mablag’lardan tashqari) Byudjet tashkilotining
rivojlantirish jamg’armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va
rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va sarflanadi. Yil oxirida shaxsiy g’azna
hisobvaraqlarda qolgan iqtisod qilingan byudjet mablag’larini Byudjet
tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy
rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilishi moliya yiliga
qo’shimcha davr mobaynida amalga oshiriladi.
Xarajatlar smetasining tegishli moddasida nazarda tutilgan rejali ajratilgan
byudjet mablag’lari belgilangan muddatlarda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy
rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasiga shartnomalar tuzilmasdan Yuridik
majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtma va belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan g’aznachilik memorial orderi asosida o’tkaziladi.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari buyurtmachilarning
shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi bo’yicha shaxsiy
g’azna hisobvaraqlardan ko’chirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy g’azna
hisobvaraqlaridan berilgan ko’chirmalarni ro’yxatdan o’tkazish jurnalida
ro’yxatdan o’tkazadi. Buyurtmachilar ko’chirmalarni «UzASBO» DMdan elektron
tarzda olgan hollarda Shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridan berilgan ko’chirmalarni
ro’yxatdan o’tkazish jurnali yuritilmaydi.
477
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo’yicha undiruvni nazarda
tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini
ijro etish to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ushbu moddada belgilangan
o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda sud ijrochilari tomonidan amalga
oshiriladi. Byudjet tashkilotlaridan ijro yig’imi undirilishiga yo’l qo’yilmaydi
145
.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo’yicha undiruvni nazarda
tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish:
birinchi navbatda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armasi
mablag’lari hisobidan;
to’lanishi lozim bo’lgan qarz byudjet tashkilotining xarajatlar smetasi
bo’yicha xarajatlar moddasiga muvofiq bo’lganda – byudjetdan ajratiladigan
mablag’lar hajmi doirasida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |