3. G’aznachilikda byudjet xarajatlarini to’lash tartibi
G’aznachilik organlari tomonidan «O’RMV» ATda daromadlar va xarajatlar
yoyilmasini shakllantirish, belgilangan tartibda ro’yxatga olingan xarajatlar
smetalari va kelgusida ularga o’zgartirishlar bo’yicha ma’lumotlarni kiritiladi.
Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari «O’RMV» ATga quyidagi
ma’lumotlarni kiritadi:
a) byudjet mablag’lari bo’yicha:
xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida
ro’yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli
346
moliya organlarida ro’yxatga olingan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari
oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;
xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida
ro’yxatga olinganidan so’ng — oylar kesimida tegishli moliya organlarida
ro’yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o’zgartirishlar, shuningdek byudjet
mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining
ro’yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o’zgartirishlar bo’yicha
ma’lumotlarni;
b) byudjet tashkilotlarining tegishli byudjetdan tashqari jamg’armalari
bo’yicha — byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bo’yicha
daromadlar va xarajatlar smetalari hamda ularga o’zgartirishlar bo’yicha
ma’lumotlarni.
Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar taqsimlovchi
organlari «O’RMV» ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
xarajatlar smetalari ro’yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun
oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro’yxatga
olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;
xarajatlar smetalari ro’yxatga olinganidan so’ng — oylar kesimida tegishli
DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro’yxatga olingan xarajatlar
smetalari va ularga o’zgartirishlar bo’yicha ma’lumotlarni.
G’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’lgan yuridik
majburiyatlar, shuningdek ularga o’zgartirish va qo’shimchalar ular g’aznachilik
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng kuchga kiradi. Bunda yuridik
majburiyatlar
yuzaga
kelganligini
tasdiqlovchi
hujjatlar
g’aznachilik
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazish uchun joriy moliya yilining 25 dekabridan
kechiktirmay taqdim qilinadi.
Buyurtmachilarning I va II guruh bo’yicha xarajatlar to’lovi birinchi
navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari
to’lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan
tashqari). Tegishli byudjetda I va II guruh xarajatlari to’lovi uchun zarur
347
mablag’larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo’lganda, I va II guruh xarajatlarini
to’liq amalga oshirgan tashkilotlar bo’yicha III va IV guruh xarajatlarini amalga
oshirishga ruxsat etiladi.
IV guruh bo’yicha mablag’larning sarflanishi belgilangan limitlar doirasida
quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
- oziq-ovqat va dori-darmon;
- kommunal xizmatlar;
- yonilg’i va yoqilg’i-moylash materiallari;
- boshqa xarajatlar.
Bunda IV guruh hisobidan amalga oshiriladigan quyidagi xarajatlar I guruh
to’lovlarga tenglashtiriladi va I guruh xarajatlariga belgilangan muddatlarda
to’lanishi mumkin:
- pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
- etim bolalarga va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga
nafaqalar;
- natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
- yolg’iz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari.
G’aznachilik bo’linmalari “Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosi
Qoidalari”da belgilangan muvofiq shakldagi to’lov topshiriqnomalari va g’azna
memorial orderlari asosida to’lovlarni amalga oshiradi.
Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar to’lov topshiriqnomalari
va g’azna memorial orderlarini qog’oz shaklda rasmiylashtirgandan so’ng ularni
«UzASBO» DMga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda
g’aznachilik bo’linmalariga elektron shaklini yuboradi. «UzASBO» DM orqali
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmalariga
yuborilgan elektron to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlarining
qog’oz ko’rinishdagi asli g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etilmaydi va
buyurtmachilarda saqlanadi. To’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial
orderlarining qog’oz va elektron shaklda rasmiylashtirilishi, ulardagi
348
ma’lumotlarning to’g’riligi, o’zaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun
buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Xarajatlarni to’lashga to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial
orderlari g’aznachilik bo’linmalariga to’lov amalga oshiriladigan sanadan kechi
bilan bir ish kuni oldin taqdim etiladi. Buyurtmachilar elektron to’lov
topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlarini g’aznachilik bo’linmalariga
«UzASBO» DM orqali to’lovni amalga oshirish kunida yuborishi mumkin.
Bunda
g’aznachilik
bo’linmalariga
taqdim
qilingan
to’lov
topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlari o’n kun muddatgacha amal qiladi.
Buyurtmachilar g’aznachilik bo’linmalaridan tegishli shaxsiy g’azna
hisobvaraqlaridan ko’chirmalar va ularga ilovalarni oladi.
Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar ko’chirmalarni elektron
hujjat ko’rinishida «UzASBO» DMdan oladi va elektron tarzda taqdim qilingan
ko’chirmalar buyurtmachilarga qog’oz ko’rinishida taqdim etilmaydi.
YaG’H bilan qamrab olinmagan byudjet tashkilotlari va byudjet
mablag’lari oluvchilarni O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan
moliyalashtirish
g’aznachilik
bo’linmalari
tomonidan
ularning
bank
hisobvaraqlariga Qoidalarda nazarda tutilgan shaklda Moliya vazirligining
sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasi tomonidan taqdim qilinadigan
Byudjet mablag’larini o’tkazish (so’zsiz undirish) uchun so’rovnomaga asosan
YaG’Hdan amalga oshiriladi.
YaG’H orqali xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar moliyaviy
hisobotlarni yuqori turuvchi tashkilotlarga, byudjet mablag’lari taqsimlovchilariga
va hududiy moliya organlariga taqdim qilishdan oldin moliyaviy hisobotlar
ko’rsatkichlarini tegishli hisobot davrida g’aznachilik bo’linmalari tomonidan
amalga oshirilgan kassa xarajatlariga muvofiqligini ularga xizmat ko’rsatuvchi
g’aznachilik bo’linmalari bilan solishtiradi. Buyurtmachilarning hisobotlari to’g’ri
bo’lganda ular belgilangan shakldagi shtamp qo’yilgan holda g’aznachilik
bo’linmalarining byudjet hisobi bo’yicha vakolatli xodimlari tomonidan
imzolanadi.
349
Bunda «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan
holda g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan elektron moliyaviy hisobotlarining
qog’oz ko’rinishdagi asli g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etilmaydi va
g’aznachilik bo’linmalarining shtampi va imzosi bilan tasdiqlanmaydi. Elektron
moliyaviy hisobotlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning
to’g’riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Buyurtmachi rahbarining buyrug’i bilan g’aznachilik bo’linmasi bilan
ishlash uchun buyurtmachining mazkur Qoidalar talablari bilan tanishtirilgan
mas’ul xodimlari belgilanadi. Buyurtmachining ushbu buyrug’ining nusxasi
tegishli g’aznachilik bo’linmasiga buyurtmachining kuzatuv xati bilan taqdim
qilinadi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishi, ssuda va
kreditlar olinishi, shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari
oluvchilar tomonidan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobiga lizing
shartnomalarini tuzish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |