4. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish
ruxsatnomalari
G’aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi va
ko’p qirraligi shundaki, g’aznachilik faoliyatini joriy qilishda zamonaviy
avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa byudjet ijrosi
jarayonida nafaqat bank tizimini bog’laydi. Balki, bu jarayonlarda turli darajadagi
moliya organlari, byudjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli jamg’armalari,
358
byudjetdan tashqari fondlar, bank, bojxona, soliq organlarining o’zaro aloqasi
o’rnatiladi.
G’aznachilikning axborot tizimi har bir byudjet tashkiloti bo’yicha uning
xarajatlari va tushumlari to’g’risida doim tezkor ma’lumot olishga imkon beradi.
G’aznachilik byudjetning ijrosi jarayonini yaxshilaydi, yuqori boshqaruv
organlarini byudjet ijrosi haqida yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi.
G’aznachilikda byudjet tashkilotlari kelgusida to’lov xabarnomalarini
banklarga to’g’ridan-to’g’ri berish o’rniga g’azna bo’limlariga nazorat uchun
jo’natiladi, g’azna nazorati faqat muvofiqlashtiruvchi nazorat bo’ladi, g’azna
mazkur to’lovni amalga oshirish uchun haqiqatda to’lov xabarnomasi to’g’ri
asoslanganligini smetalar, kassa limitlari bilan tekshiradi. Byudjet tasnifi bo’yicha
kassa hisoboti g’azna tomonidan amalga oshiriladi. Banklar solishtirish uchun
operatsiyalar bo’yicha har kuni hisobot berib boradi. Shartnomaviy
majburiyatlar va solishtirish natijalarini g’azna jurnallarida ro’yxatdan o’tkazilib
boriladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarga ular uchun G’aznachilikda yoki uning
hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlaridan ko’chirmalar,
ularning
xarajatlarini
qoplashga
byudjet
mablag’lari
o’tkazilganligini
tasdiqlaydigan to’lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi va manbalar
bo’yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi. Moliya
organlarining topshirig’i bo’yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali
dotatsiyalar, subventsiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa to’lovlarni
quyi byudjetlarning g’aznachilik hisob raqamlariga o’tkazadi. Byudjet tashkilotlari
va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar
doirasida va maqsadga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida
shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazadi. Byudjet tashkilotlarini, mudofaa va
xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan
foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular
tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga
359
muvofiqligi va narx-navo echimi qoidalariga ko’ra, vositachilik xizmatlaridan voz
kechishni nazarda tutadi.
Schyot-fakturalar va tovarlar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar
ko’rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan yoki byudjetdan mablag’ oluvchilarga soliqlar,
yig’imlar hamda byudjetga va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg’armalariga
majburiy to’lovlar uchun byudjet mablag’larini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan
boshqa hujjatlar asosida byudjet mablag’i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari
hisobini yuritadi.
Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, “Rossiya Federatsiyasida ayrim
holatlarda (davlat boshqaruv organlari va mas’ul shaxslarning noqonuniy qarorlari
asosida yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilganligi uchun byudjetdan
kompensatsiya berish to’g’risida sud qarori mavjud bo’lsa) byudjet hisobraqamlaridan
G’aznachilik Departamenti ruxsatnomalarisiz xarajatlar uchun mablag’larni
o’tkazishga ruxsat beriladi»
111
.
G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish byudjet mablag’lari oluvchilarning
yuridik majburiyatlari asosida moliyaviy majburiyatlarni bajarilishi deb
tushuniladi.
Hozirgi kunda respublikamiz barcha hududlarida Hududiy g’azna hisob
raqami ochilgan bo’lib, g’aznachilik tizimining joriy etilishi bilan mahalliy
byudjetlarda bo’ladigan kassa uzilishlarni oldi olinmoqda, bu bilan mablag’larning
o’z vaqtida va manzilli moliyalashtirish ta’minlanmoqda, amalga oshirilgan
xarajatlar va daromadlar to’g’risida tezkor axborot olinmoqda. G’aznachilik
organlari byudjet tashkilotlari va oluvchilar uchun muhim rol o’ynaydi. Byudjetdan
mablag’ oluvchilar tasdiqlangan tartibda g’aznachilik organlarida shaxsiy hisobvaraq
ochadilar, bu hisoblarda davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mablag’ saqlanadi.
111
Zolotareva A. Sovershenstvovanie protsedur razrabotki, utverjdeniya, ispolneniya i kontrolya za
ispolneniem Gosudarstvennogo byudjeta. Monografiya. Moskva. 2008. – S31.
360
Davlat byudjetning barcha xarajatlari har bir byudjet oluvchi uchun o’zining
qat’iy yo’nalishiga ega. Bu yo’nalish byudjet tasnifi kodlariga ega: bob, bo’lim,
bo’linma, maqsadli bo’linma, xarajat turi. Shundan kelib chiqqan holda, har bir
byudjet oluvchiga bir necha shaxsiy hisob raqami ochiladi. Har bir hisob raqam
bo’yicha iqtisodiy tasnifga asosan bir necha yo’nalish beriladi. G’aznachilikda
byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjet mablag’laridan qonunga muvofiq
maqsadli foydalanishi ustidan yakuniy nazoratni Moliya vazirligining Nazorat-
taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari amalga oshiradi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning raxbari va bosh buxgalteri qonunga muvofiq
to’g’ri rasmiylashtirganlik, etkazib beruvchilar bilan shartnomalar asosliligi,
tovarlar etkazib berilishini va etkazib beruvchilardan qarz mavjudligini
tasdiqlaydigan birlamchi hujjatlarning haqqoniyligi uchun javobgar bo’ladi.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, g’aznachilik bo’linmalari zimmasiga
yuklatilgan eng asosiy vazifalar qatoriga byudjetdan mablag’ oluvchilar
shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy
muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o’rnatish asosida mazkur
shartnomalarni majburiy ro’yxatdan o’tkazish, xarajatlar smetasi va ro’yxatga
olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovarlar etkazib
beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi)larning bevosita hisob raqamlariga
byudjetdan mablag’ oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i bo’yicha
to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan
ta’sirchan nazoratni ta’minlash kiradi. Biroq byudjetdan mablag’ oluvchining
xarajatlar smetasida belgilangan mablag’ doirasida shartnoma imzolanmaydigan va
imzolanadigan yo’nalishlarda yuridik majburiyatlar qabul qilingan yoki ushbu
yuridik majburiyatlarning ikkinchi ko’rinishi yuzasidan tovarlar etkazib beruvchi
(ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi)lar taqdim qilgan turli hisob-kitob hujjatlari
asosida moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan sharoitlarda to’lovlarni amalga
oshirish uchun mablag’ tanqisligi muammosini ko’pincha ushbu paytda tegishli
mahalliy byudjetda vaqtinchalik kassa uzilishlari oqibatida etarli mablag’
361
bo’lmasligi omili keltirib chiqishi holati amaliyotda ko’p kuzatilishi barchamizga
ma’lum. Shu sababli byudjetdan mablag’ oluvchining xarajatlar smetasida
belgilangan mablag’ doirasida shartnoma imzolanmaydigan yoki imzolanadigan
muayyan xarajat turining ma’lum bir davr (yil yoki oy) uchun summasidan shu
davr bo’yicha sarflanishi mumkin bo’lgan qismini xarajatlar smetasidan emas, bal-
ki mahalliy byudjet bo’yicha kutilayotgan daromadlar prognozi asosidagi kassali
rejalashtirishdan (soddaroq aytganda, mavjud imkoniyatdan) kelib chiqib oldindan
belgilab qo’yish tartibi iqtisodiyotda majburiyatlarning bajarilmay qolishi, xo’jalik
aloqalari va to’lov intizomi buzilishi, nizolar va ular asosida ortiqcha moliyaviy
sanktsiyalar yuzaga kelishi, shuningdek, debitorlik qarzlarini undira olmagan
tomonning soliqlarni o’z vaqtida to’lay olmaslik va boshqa masalalarda
qiyinchiliklarga duchor bo’lishi kabi bir qator salbiy holatlarning oldini oladi.
Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar pul oqimini rejalashtirishning
asosiy maqsadi Davlat byudjeti pul mablag’larini boshqarish uchun asoslangan
hisob-kitoblar ko’rinishida poydevor bo’lib xizmat qilish bo’lsa, o’z navbatida
Davlat byudjeti pul mablag’larini boshqarishning maqsadlari quyidagilardan
iborat:
– byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik kassa
uzilishlarini operativ bartaraf etish;
– byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar to’lovini o’z vaqtida amalga
oshirish;
– hududiy (respublika) g’azna hisobvaraqlari (HG’H (RG’H))dagi pul mab-
lag’laridan samarali foydalanish.
Nizomga ko’ra aniq belgilab berilgan tushuncha – kassali rejalashtirishning
mazmuni tushumlarning hajmi va manbalari, shuningdek, to’lovlarning yo’nalishi
va maqsadlari bo’yicha respublika va mahalliy byudjetlar kassa rejalarini tuzish
yo’li bilan amalga oshiriladigan hududiy (respublika) g’azna hisobvaraqlari orqali
o’tadigan pul mablag’larining aylanmasini rejalashtirish va boshqarishdan iborat.
362
Davlat byudjeti ijrosi uchun yangi jarayonni ifodalovchi tushunchalardan biri
– xarajatlar to’lovi ruxsatnomasi (tayinlash sertifikati) ( XTR) – xarajatlar to’lovi
ruxsatnomasida ko’rsatilgan vaqt davridan boshlab, uning doirasida byudjetdan
mablag’ oluvchi yuridik majburiyatni qabul qilishi mumkin bo’lgan g’aznachilik
bo’linmasi tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchiga beriladigan byudjetdan
ajratilgan mablag’lar summasini aks ettiradigan hujjat.
Respublika va mahalliy byudjetlarning yillik kassali rejalashtirilishi tegishli
byudjetlarning oylik daromadlar va xarajatlar yoyilmasiga asosan amalga
oshiriladi. Nizom orqali joriy kassali rejalashtirilish bilan bog’liq amaliyotga
kiritilgan yangiliklardan biri sifatida g’aznachilik bo’linmalari tomonidan
byudjetdan mablag’ oluvchilarga XTR berilishi asosida respublika va mahalliy
byudjetlar ijrosi amalga oshiriladigan sharoitda ushbu ikki darajadagi
byudjetlarning oylik daromad prognoziga asosan kassali rejalashtirilishi uchun
zarur axborot –
k
k
u
u
t
t
i
i
l
l
a
a
y
y
o
o
t
t
g
g
a
a
n
n
d
d
a
a
r
r
o
o
m
m
a
a
d
d
l
l
a
a
r
r
t
t
u
u
s
s
h
h
u
u
m
m
i
i
t
t
o
o
’
’
g
g
’
’
r
r
i
i
s
s
i
i
d
d
a
a
g
g
i
i
t
t
e
e
z
z
k
k
o
o
r
r
(
(
o
o
p
p
e
e
r
r
a
a
t
t
i
i
v
v
)
)
m
m
a
a
’
’
l
l
u
u
m
m
o
o
t
t
l
l
a
a
r
rdan foydalanilishini alohida ta’kidlab o’tish kerak.
Hozirgi kunda byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar to’lovini o’z
vaqtida amalga oshirish hamda byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o’rtasidagi
vaqtinchalik kassa uzilishlarini bartaraf etish uchun G’aznachilik bo’linmalari
tegishli byudjet bo’yicha mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda o’zlari
uchun belgilangan quyidagi imkoniyatlardan samarali va o’z o’rnida
foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi:
• g’azna hisobvaraqlaridagi aylanma kassa mablag’larini belgilangan tartibda
ishlatish;
• tegishli byudjetlar tomonidan byudjet ssudalari olinishi tashabbusi bilan
chiqish;
• mablag’larni jalb qilishda qonun hujjatlarida ko’rsatilgan boshqa
manbalardan (respublika byudjeti bo’yicha) foydalanish.
Daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi kassa uzilishlarini bartaraf etish
maqsadida XTR faqat tegishli davrda HG’H (RG’H)ga tushishi kutilayotgan
summalar doirasida beriladi.
363
Do'stlaringiz bilan baham: |