Buyurtmachilarning YaG’Hga mablag’ undirish bo’yicha inkasso
topshiriqnomalari va to’lov talabnomalarini ijro etish.
Buyurtmachilarning inkasso topshiriqnomalari va to’lov talabnomalari
O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi
nizom
(ro’yxat
raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va g’aznachilik
bo’linmasiga taqdim etiladi. Bunda inkasso topshiriqnomasi va to’lov
talabnomasining «Mablag’larni oluvchining nomi» ustunida «O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi», «Mablag’larni oluvchining
hisobvarag’i» ustunida — YaG’H, «To’lov maqsadida» ustunida — to’lov kodi,
buyurtmachining tegishli shaxsiy g’azna hisobvarag’i hamda inkasso
topshiriqnomasini yoki to’lov talabnomasini qo’yish uchun asos bo’lgan hujjatlar
rekviziti ko’rsatiladi.
350
Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan
birgalikda xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmalariga quyidagicha taqdim
etiladi:
-to’lovchiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko’rsatilganida
besh nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi
nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga inkasso topshiriqnomasini
qo’yish uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining
ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va beshinchi nusxalari g’aznachilik bo’linmasining
vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining
muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi.
Inkasso topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib,
YaG’Hga xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi;
- bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g’aznachilik
bo’linmasi to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki
tumanda) joylashgan bo’lsa) to’rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso
topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga
inkasso topshiriqnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. Inkasso
topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi nusxalari g’aznachilik
bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik
bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to’lovchiga xizmat
ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi
qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri
imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda
g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi;
351
- hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g’aznachilik bo’linmasi
to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki tumanda)
joylashgan bo’lsa) to’rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso
topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga
inkasso topshiriqnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. Inkasso
topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi nusxalari g’aznachilik
bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik
bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to’lovchiga xizmat
ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi
qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri
imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda
g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi.
Buyurtmachilar tomonidan to’lov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan
birgalikda xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmalariga quyidagicha taqdim
etiladi:
- to’lovchiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko’rsatilganida
to’rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov talabnomasining birinchi nusxasi
buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga to’lov talabnomasini qo’yish uchun
topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. To’lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va
to’rtinchi nusxalari g’aznachilik bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi
hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh
boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. To’lov talabnomasining
to’rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi
bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan
tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi.
352
- oluvchi va to’lovchiga turli banklarda xizmat ko’rsatilganida to’rt
nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov talabnomasining birinchi nusxasi
buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga to’lov talabnomasini qo’yish uchun
topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. To’lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va
to’rtinchi nusxalari g’aznachilik bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi
hamda bevosita to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To’lov
talabnomasining to’rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga
xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan
muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi.
- G’aznachilik bo’linmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to’lov
talabnomasi «Bank-mijoz» dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda
ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to’lov
talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi.
Bunda buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasi va to’lov
talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga
inkasso topshiriqnomasini va to’lov talabnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib
xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining shaxsiy g’azna hisobvarag’idan
ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining mas’ul xodimiga beriladi.
Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu
davr mobaynida o’tgan yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi amalga
oshiriladi. Moliya vazirligi byudjet tizimi byudjetlarining qo’shimcha vaqt
davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini
belgilaydi.
Qo’shimcha vaqt davrida moliya organlari, g’aznachilik bo’linmalari,
shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilari tomonidan
joriy moliya yili uchun Davlat byudjeti va DMJ byudjetlarini ijro etish bo’yicha
operatsiyalar, shu jumladan:
353
- byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish;
- byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning kreditorlik
qarzlarini to’lash;
- byudjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablag’lar summalarini
Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining
moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armalariga) o’tkazish;
- Davlat byudjeti va DMJ byudjetlari mablag’lari hisobidan boshqa ruxsat
etilgan to’lovlar amalga oshiriladi.
Bunda moliya yili uchun qo’shimcha vaqt davri byudjet tashkilotlarning
byudjetdan tashqari jamg’armalariga tatbiq etilmaydi, iqtisod qilingan mablag’larni
Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining
moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armalariga) o’tkazish bundan
mustasno.
Qo’shimcha vaqt davrida kreditor qarzdorliklar o’tgan yilgi xarajatlar
smetasining qaysi xarajatlar moddasi bo’yicha yuzaga kelgan bo’lsa, shu xarajatlar
moddasi bo’yicha to’lanadi.
Kreditor qarzdorliklarni to’lab berish uchun buyurtmachilar tomonidan
g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchi (pudratchi)
o’rtasida o’tgan yil yakuni bo’yicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi nusxasi;
- Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga)
buyurtma va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berilganligini tasdiqlovchi
hisobvaraq-fakturalar nusxalari;
- to’lov topshiriqnomalari (bunda to’lov maqsadida qo’shimcha ravishda
«o’tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to’lash» ko’rsatiladi);
- o’tgan yilning dekabr oyi uchun o’tuvchi kreditor qarzdorlikni to’lash
joriy moliya yilining xarajatlar smetasida (vaqtinchalik xarajatlar smetasini
hisobga olgan holda) nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar
hisobidan amalga oshiriladi.
354
- Qo’shimcha vaqt davrida kreditor qarzdorlikni qoplash yoki mablag’larni
Byudjet
tashkilotlarining
rivojlantirish
jamg’armalariga
va
Tibbiyot
tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armalariga
o’tkazish bo’yicha to’lov topshiriqnomalari va g’anachilik memorial orderlarini
to’ldirishda to’lov topshiriqnomalari va g’anachilik memorial orderlarining to’lov
maqsadida mos ravishda «20__ yil uchun kreditor qarzdorlikni qoplash» yoki
«20__ yil uchun iqtisod qilingan mablag’larni Byudjet tashkilotining rivojlantirish
jamg’armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va
rivojlantirish jamg’armalariga) o’tkazish» yozuvi yoziladi.
Iqtisod qilingan mablag’larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish
jamg’armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish
jamg’armasiga o’tkazish byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo’yicha — tegishli hududiy moliya
organlarining xulosalari asosida;
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan
byudjet tashkilotlari bo’yicha — ushbu byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil
ravishda ularning rahbarlari va bosh buxgalterlari imzolagan yozma shakldagi
murojaatlari asosida.
O’tgan yilgi kreditor qarzdorlikni qoplash, shuningdek
Byudjet
tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy
rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasiga iqtisod qilingan mablag’larni
o’tkazish bo’yicha to’lov topshiriqnomalar yoki g’aznachilik memorial orderlari
g’aznachilik bo’linmalariga moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri tugashidan besh
ish kuni oldin taqdim qilinishi lozim. Kreditor qarzdorlikni to’lash hamda shaxsiy
g’azna hisobvaraqlarida qolgan iqtisod qilingan mablag’larni o’tkazish uchun
to’lov topshirqnomalar va g’aznachilik memorial orderlari moliya yiliga
qo’shimcha vaqt davri tugashidan besh ish kuni oldin taqdim etilmagan hollarda
355
byudjetdan ajratilgan mablag’lar belgilangan maqsadni yo’qotadi va tegishli
byudjetlarning qoldiqlari bo’lib hisoblanadi.
Qo’shimcha vaqt davrida O’zbekiston Respublikasi respublika byudjeti,
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat
byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining tegishli shaxsiy g’azna
hisobvaraqlariga tegishliligi bo’yicha o’tgan yil mobaynida ishlatilmagan:
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalaridan ajratilgan;
- o’tgan yil uchun davlat tashqi qarzini to’lash uchun ajratilgan
mablag’larning tiklanishi amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalaridan ajratilgan,
shuningdek o’tgan moliya yili uchun davlat tashqi qarzini to’lanishiga oldin
ajratilgan va o’tkazilgan mablag’larning o’tgan moliya yili mobaynida
foydalanilmagan qismining majburiy ravishda tegishliligi bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika
byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar
byudjetiga qaytarib o’tkazilishi moliya yili yakunlangandan keyin keyingi yilning
10 yanvaridan kechikmagan muddatda amalga oshiriladi.
Agar zaxira jamg’armasidan mablag’lar ajratilgan tadbirlar muayyan
muddatga ega bo’lsa, foydalanilmay qolgan mablag’lar oluvchi tomonidan
tadbirlar o’tkazish muddati tugashi bilan o’n ish kuni mobaynida belgilangan
shakldagi hisobotni taqdim etish bilan birga qaytariladi.
Qo’shimcha vaqt davri yakunlanganidan so’ng byudjet tashkilotlarining
kreditor qarzdorligi birinchi navbatda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
jamg’armalari mablag’lari hisobidan to’lanadi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalarida mablag’lar
mavjud bo’lmaganda yoki etarli bo’lmagan hollarda o’tgan yilning kreditor
356
qarzdorligini joriy moliya yili xarajatlar smetalarida (vaqtinchalik smetalarni
hisobga olgan holda) nazarda tutilgan mablag’lar hisobidan to’lab beriladi. Bunda
joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (byudjet
tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan tasdiqlangan smetalar va yuzaga kelgan
kreditor qarzdorlik bo’yicha tegishli hisob-kitoblar asosida) to’lash uchun zarur
mablag’lar nazarda tutilganligi to’g’risidagi byudjet mablag’larini taqsimlovchilar
(O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan mablag’ oladigan
tashkilotlar bo’yicha), hududiy moliya organlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi
organlarning yozma xulosasi mavjud bo’lgandagina to’lovlar amalga oshiriladi.
Bunda byudjet mablag’lari bo’yicha joriy moliya yili uchun xarajatlar
smetasining tegishli moddasi bo’yicha qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar
summasi o’tgan yilning kreditor qarzdorligini to’lash uchun yo’naltirilgan
summaga kamaytiriladi. Buyurtmachilarning etkazib beruvchilar bilan davriy
asosda tuziladigan shartnomalari bo’yicha kreditor qarzdorlik summasi
shartnomada joriy moliya yili uchun qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar
summalari va kreditor qarzdorlik summalari alohida ko’rsatiladi.
Buyurtmachilar o’tgan moliya yilining kreditorlik qarzdorligini to’lash
uchun tegishli g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ikki asl nusxada To’lovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan
o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtma;
kreditor qarzdorlik to’lanishi nazarda tutilgan mablag’lar manbasi, tegishli
shaxsiy g’azna hisobvarag’i va boshqa rekvizitlar ko’rsatilgan xat;
ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan o’tgan moliya yilidagi shartnoma nusxasi;
Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga)
buyurtma va tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini tasdiqlovchi hisob-
fakturalar nusxasi;
buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchi (pudratchi)
bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomasi (qo’shimcha vaqt davrida amalga
oshirilgan hisob-kitoblarni inobatga olgan holda);
357
joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (kreditor
qarzdorlik byudjetdan ajratilgan mablag’lar hisobidan to’langan hollarda) to’lash
uchun zarur mablag’lar nazarda tutilganligi to’g’risidagi yozma xulosa;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomasi va
g’aznachilik memorial orderi (bunda to’lov maqsadida qo’shimcha ravishda
«o’tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to’lash» ko’rsatiladi).
Buyurtmachilarning tegishli g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan
o’tkazilmagan hamda hisobga olinmagan shartnomalari bo’yicha yuzaga kelgan
tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi kreditor
qarzdorliklari to’lab berilmaydi.
Byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlarining g’azna ijrosini amalga
oshirish jarayonida buyurtmachilar hamda kapital qo’yilma buyurtmachilari qonun
hujjatlariga muvofiq byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanilishiga, moliya
organlari va g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etilgan hujjatlarning
haqqoniyligiga va byudjet qonunchiligi talablariga rioya etilishga qonun
hujjatlariga muvofiq javobgardir.
G’aznachilik bo’linmalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarni o’z
muddatida va to’g’ri ro’yxatdan o’tkazilishi va hisobga olinishiga, to’lovlarning
amalga oshirilishi hamda talab qilinadigan hujjatlarning to’liqliligiga, shuningdek
o’z zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni mazkur Qoidalarga muvofiq
bajarishga javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |