Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

Xarajatlar  smetasida  tasdiqlangan  byudjet  mablag’larini  oluvchilarga 

etkazish.  Respublika  va  mahalliy  byudjetlardan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar 

e’tiboriga  byudjetdan  ajratiladigan  mablag’larning  xarajatlar  smetasida 

tasdiqlangan  miqdori  etkaziladi.  Bu  bosqichning  asosiy  vazifasi  -    xarajatlarni 

amalga oshirishdagi majburiyatlarni qabul qilishda byudjet tashkilotlariga byudjet 

majburiyatlari  limitini  belgilash  va  etkazishdir.  Byudjet  majburiyatlarining  limiti 

byudjet  ijrosini  amalga  oshiruvchi  byudjet  mablag’larini  taqsimlovchi,  oluvchi 

organlar  uchun  aniqlangan  va  tasdiqlangan  byudjet  majburiyatlarining 

yig’indisidir.  

Boshqacha  qilib  aytganda,  byudjet  tashkilotlarini  moliyalashtirish  rejasining 

hajmi  davlatning  byudjetdan  mablag’  oluvchiga  byudjet  majburiyatlarini  qabul 

qilish huquqining berilishidir. Byudjet xarajatlarini kassali ijro etishda belgilangan 

tartibda  va  chegaralangan  mablag’lar  doirasida  tasdiqlangan  xarajatlar  smetasiga 

asosan qabul qilingan byudjet majburiyatlarini to’lovi amalga oshiriladi.  

Davlat  byudjetidan  majburiyatlarning  to’lovi  belgilangan  tartibda  ras-

miylashtirilgan  byudjet  mablag’i  oluvchilarining  taqdim  qilgan  va  byudjet 

majburiyatlari  ijrosini  tasdiqlovchi  hujjatlar  asosida  xarajatlarning  amalga 

oshirilishi  ko’zda  tutilgan.  Ta’kidlab  o’tish  kerakki,  alohida  mahalliy 

byudjetlarning  xarajatlar  tarkibi  bir  xil  bo’lmaydi,  shu mintaqadagi  turli  darajada 

bo’lgan xo’jalik va idoralarning hajmiga bog’liq bo’ladi.  

         Davlat  byudjetining  to’la  hajmda  moliyalashtiriladigan  birinchi  navbatdagi 

xarajatlarga  ish  haqi,  ish  haqidan  ajratmalar,  stipendiyalar,  nafaqalar,  ovqatlanish 



339 

 

va  dori-darmonlarni  sotib  olish  uchun  sarflanadigan  xarajatlarni  ko’rsatish 



mumkin.  

Byudjet  tashkilotlarining  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilarning  xarajatlar 



smetalari  uch  nusxada  tuziladi.  Moliya  organlari  va  byudjet  mablag’larini 

taqsimlovchilar  byudjet  tashkilotlari  hamda  byudjet  mablag’lari  oluvchilarning 



xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.  

Byudjet  mablag’larini  taqsimlovchi  o’z  tasarrufidagi  tashkilotlardan  kelib 

tushgan  xarajatlar  smetalarini  moliya  yili  uchun  byudjet  mablag’larini 

taqsimlovchiga  byudjetdan  ajratiladigan  mablag’lar  doirasida  ko’rib  chiqadi  va 

byudjet  mablag’larini  taqsimlovchining  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi.  

Xarajatlar  smetasining,  jamlanma  xarajatlar  smetasining  va  ularga  doir 

ilovalarning  shakllari,  shuningdek  ularni  tuzish  tartibi  O’zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.   

Byudjet  tashkilotlari  xarajatlar  smetasi  tashkilot  bosh  buxgalteri  (uning 

o’rinbosari)  va  moliya-iqtisod  bo’linmasi  boshlig’i  (shtat  jadvaliga  muvofiq 

moliyaviy-iqtisodiy  masalalar bo’yicha  mutaxassis)  tomonidan  imzolanadi  hamda 

tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.  

Byudjet  tashkilotlari  o’zlarining  xarajatlarini  hisoblab  chiqishda  va 

smetalarni rejalashtirishda quyidagilarga amal qiladilar: 

– O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  qarorlari,  Prezident  farmonlari  va  qarorlari,  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari,  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligining normativ hujjatlariga; 

– byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga; 




340 

 

– tovar  va  xizmatlarning  davlat  tomonidan  tartibga  solinadigan  baholari  va 



tariflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va 

xizmatlari baholariga; 

– yuqori  turuvchi  tashkilotlar  rahbarlarining  o’zlari  tasarrufidagi 

muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo’yicha 

ko’rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid bo’lmasa,  

– bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan 

xarajatlar  summasi  tashkilotlarning  ayrim  turlari  uchun  qonun  hujjatlari  bilan 

tasdiqdangan  ovqatlanish  me’yorlari  va  ovqatlanish  kunlari  sonidan  kelib  chiqib 

hisoblanadi; 

– dori-darmonlarga  ketadigan  xarajatlar  summasi  qonun  hujjatlari  bilan 

belgilangan pul xarajatlari me’yoriga qarab hisoblab chiqiladi;  

– ijtimoiy-madaniy  tashkilotlarning  ayrim  guruhi  uchun  kiyim-kechak, 

poyafzal,  choyshab,  yotoq  anjomlari  va  boshqa  yumshoq  jihozlar  sotib  olishga 

ketadigan  xarajatlar  moddiy  ta’minotning  amaldagi  me’yorlari  asosida,  lekin 

ajratilgan mablag’lar doirasida hisoblanadi.  

Markazlashtirilgan  buxgalteriyalar  tashkil  etilgan  tegishli  davlat  boshqaruv 

organlari  (bosh  tashkilotlar)  rahbarlari  va  tegishli  hudud  hokimlari  (ular  vakolat 

bergan  mansabdor  shaxslar)  jamlanma  xarajatlar  smetasi  bo’yicha  byudjetdan 

ajratilgan mablag’larni taqsim qiluvchilar bo’lib hisoblanadilar. 

Jamlanma  xarajatlar  smetasi,  xizmat  ko’rsatiladigan  tashkilotlarning 

rahbarlaridan 

olingan 


buyurtmalar 

asosida 


hamda 

markazlashtirilgan 

buxgalteriyada mavjud bo’lgan hisob va hisobot, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy 

rivojlanish  ko’rsatkichlariga  muvofiq  markazlashtirilgan  buxgalteriya  tomonidan 

tuziladi. 

Jamlanma  xarajatlar  smetasini  tuzish  uchun  buyurtmalar  hokimiyatlarning 

tegishli  boshqarma  va  bo’limlari  tomonidan  belgilangan  shakllar  yoki 

ko’rsatkichlar  ro’yxati  bo’yicha  xarajatlarning  guruhlari  bo’yicha  va  ilovalarni 

hamda  smetalarga  qilingan  hisob-kitoblarni  ilova  qilgan  holda  tashkilotlar 



341 

 

tomonidan taqdim qilinadi. 



Buyurtmalarda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi: 

  isitish, yoritish, suv ta’minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural 

ko’rsatkichlar; 

  sotib olish uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro’yxati; 

  kapital va joriy ta’mirlash bo’yicha asosiy ishlar ro’yxati; 

  o’rmon xo’jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi; 

  qonunchilikka muvofiq belgilangan kadastr yuritish bo’yicha ishlar hajmi 

va boshqa ko’rsatkichlar hisobi; 

  bino  va  inshootlarni  kapital  ta’mirlash  bo’yicha  manzilli  ro’yxatga 

kiritish uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi; 

  byudjetdan  mablag’lar  ajratishni  asoslash  uchun  boshqa  kerakli  hisob-

kitoblar. 

Tashkilotlar 

tomonidan 

berilgan 

buyurtmalar 

markazlashtirilgan 

buxgalteriyalar  tomonidan  tegishli  tashkilotlarning  vakillari  ishtirokida  oldindan 

ko’rib chiqiladi hamda jamlanma xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi. 

Markazlashtirilgan  buxgalteriya  tomonidan  tuzilgan  jamlanma  xarajatlar 

smetasining loyihalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqiladi va 

tasdiqlanadi. 

Markazlashtirilgan  buxgalteriyalar  tomonidan  xizmat  ko’rsatiladigan 

tashkilotlarning  xarajatlar  smetasi  tashkilotlar  bilan  markazlashtirilgan 

buxgalteriyalar bosh (katta) hisobchilari yoki iqtisodchilari ishtirokida tuziladi

Byudjet  mablag’larini  taqsimlovchining  jamlanma  xarajatlar  smetasi  byudjet 

mablag’larini  taqsimlovchining  bosh  buxgalteri  (uning  o’rinbosari)  va  moliya-

iqtisod  bo’linmasi  boshlig’i  (shtat  jadvaliga  muvofiq  moliyaviy-iqtisodiy 

masalalari  bo’yicha  mutaxassis)  tomonidan  imzolanadi  hamda  byudjet 



342 

 

mablag’larini  taqsimlovchining  rahbari  yoki  u  vakolat  bergan  shaxs  tomonidan 



tasdiqlanadi. 

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalari 

bo’yicha xarajatlar smetalari O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 

bosh  buxgalteri  va  moliya-iqtisod  boshqarmasi  boshlig’i  tomonidan  imzolanadi 

hamda O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  ishlar  vaziri  va O’zbekiston  Respublikasi 

moliya vaziri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.   

Kapital  qurilish  ob’ektlari  bo’yicha  xarajatlarning  smetalari  buyurtmachi 

tomonidan  tasdiqlangan  qurilishlarning  manzilli  ro’yxatlari  va  ob’ektlarning  titul 

ro’yxatlari asosida tuziladi.  


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish