jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin:
bir turdagi kichik tashkilotlar bo’yicha - veterinar uchastkalar va punktlar
hamda boshqa tashkilotlar bo’yicha;
bir turdagi yirik tashkilotlar bo’yicha, qachonki ularga xo’jalik xizmatlarini
ko’rsatish xo’jalik
xizmatlarni ko’rsatuvchi maxsus
guruhlar orqali
markazlashtirilgan holda amalga oshirilsa;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bo’yicha;
ozodlikdan mahrum etilgan joylardan qaytgan shaxslarga ijtimoiy moslashuv
markazlari hamda voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish
markazlari bo’yicha.”*
*Izoh: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda
2634-son bilan ro’yxatga olingan
“Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari
oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va
ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom “dan.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta – tashkilotlar tomonidan
joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, unda tashkil
bo’lish manbalari va ushbu mablag’larning qonunchilikka muvofiq foydalanish
yo’nalishlari ko’rsatilgan holda byudjetdan tashqari daromadlar tushumlarining
prognoz hajmlari aks ettiriladi. Masalan, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida talabalarni o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
mablag’lar va ularni ishlatish yo’nalishlari byudjet qonunchiligi (xususan, 2157-
sonli Nizom) bilan belgilangan tartibda byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha
smeta asosida rejalashtiriladi.
“Tashkilotlar quyidagi byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni
tuzadilar:
Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi;
371
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish
jamg’armasi;
ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan
tushumlar;
qonunchilikda belgilangan boshqa barcha byudjetdan tashqari
mablag’lar, jumladan, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari
jamg’armalariga yo’naltirilayotgan davlat bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan
to’lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha (Byudjet tashkilotlarini
rivojlantirish jamg’armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va
rivojlantirish jamg’armasi bundan mustasno) smetalar tegishli moliya
organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda
ro’yxatdan o’tkaziladi.”*
115
Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar – vazirliklar, idoralar va
hokimiyatlar boshqarmalari va bo’limlari tomonidan markazlashtirilgan holda
amalga oshiriladigan xarajatlar bo’yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir
uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilarini qishki
kiyim-bosh bilan ta’minlash, birinchi sinf o’quvchilariga o’quv qurollari va
anjomlari komplekti taqdim qilish bilan bog’liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik
darajasida markazlashgan tadbirlar uchun smetalar ishlab chiqiladi.
“O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari,
idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari va bo’limlari markazlashtirilgan holda
amalga oshiriladigan xarajatlar bo’yicha ularning o’zini saqlash uchun xarajatlar
smetasidan tashqari tashkilotning markazlashtirilgan tadbirlari uchun xarajatlar
smetasini tuzadilar. Bunda, O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston
115
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro’yxatga olingan
“Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish,
tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom“
372
Respublikasi vazirliklari, idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari va bo’limlari
tomonidan markazlashtirilgan holda bir necha tadbirlar (tizimdagi barcha
tashkilotlar bo’yicha qo’riqlash xizmatini to’lash, xizmat kiyimini sotib olish,
yagona axborot-kompyuter tizimiga xizmat ko’rsatish, seminarlar o’tkazish va
boshqalar) bo’yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda, xarajatlar smetasiga har
bir to’lanadigan markazlashtirilgan tadbirlar bo’yicha hisob-kitoblar ilova
qilinadi.
Xarajatlar smetasi va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta bir yillik
muddatga - 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan davrga tuziladi (mavsumiy
tadbirlar uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo’yicha
esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko’rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi).
Byudjet qonunchiligida kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti yil
boshlangunga qadar qabul qilinmagan holatdagi xatti-harakatlar belgilab berilgan.
Xususan, agar moliya yili boshlangunga qadar shu yilga mo’ljallangan davlat
byudjeti mamlakat qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul qilinmasa, byudjet
tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash ular tomonidan tuzilgan vaqtinchalik
Do'stlaringiz bilan baham: |