DORIXONA IDISHT ARI VA YORDAMCHI MATERIALLAR
Dori turlarining sifati va turg'unligi qanday idishlarda saqlanishi,
joylanishi va berilishiga hogMiq. Odatda dori turlarini har xil idishlarda
olib kclish, saqlash va berishga to‘g‘ri keladi Dorilarning barqarorligi va
sifatiga ko'pincha yorugMik, havo, namlik va harorat tasir qiladi. Bundan
tashqari, dorilar idishlarning tarkibidagi moddalar bilan reaksiyaga
kirishishi natijasida ham o'zgarishi mumkin. Shu munosabat bilan
dorixona idishlari quyidagi talablarga javob berishi:
1. Dori moddalarning fizik, kimyoviy xossalarini o'zgartirmasligi;
2. Kichik hajmli va yengil boMishi;
3. Mcxanik ta'sirlarga bardosh berishi;
4. Dorilarni yorugMik, namlik va havo ta'siridan saqlashi;
5. Arzon va oson tayyorlanadigan bo'lishi kerak.
Dorixona idishlari quyidagi matcriallardan tayyorlanadi:
33
www.ziyouz.com kutubxonasi
A) Anorganik materiallar - temir, tunuka, aluminiy, qo‘rg‘oshin,
po'lat, shisha, chinni, fayans va hokazo.
B) Organik materiallar - qog'oz (yozuv qog‘ozi, parafinlangan va
mumlangan qog‘oz), karton, pergament, yog‘och va boshqalar.
C) Plastmassa materiallari - polietilen, karbolit, sellofan.
SHISHA IDISHLAR
Shishadan suyuq dorilar uchun flakonlar, mazlar uchun bankachalar,
tabletka va granulalar uchun silindrsimon naychalar tayyorlanadi. Shisha
idishlar turli shaklda (konussimon, silindrsimon, qirrali va hokazo) va har
xil rangda (qo‘ng‘ir, to‘q sariq, qora va hokazo) boMishi mumkin.
Shisha idishlarning og'zi silindrsimon bo‘lishi lozim. Ular turli
bajmda chiqarilib, ayrimlari jips yopiladigan shisha probka (tiqin) bilan
ta'minlanadi. Dori solib beriladigan shisha idishlarning hajmi 5 ml
dan 500 ml gacha, dorixonada har xil maqsadlarda qoMlaniladigan
idishlarning hajmi esa 25 ml dan 19-20 / gacha bo‘ladi.
Shisha idishlar chidamli bo‘lishi, hech qanday boshqa moddalar
saqlamasligi, bir xil qalinlikda bo'lishi zarur. Inyeksiya qilinadigan
dorilarni tayyorlash va saqlash uchun maxsus neytrai shishadan
tayyorlangan idishlardan foydalanish lozim. (Bunday idishlarga boMgan
talablar ampulaga doir bobda batafsil kcltiriladi.)
Shisha idishlarning chidamliligi quyidagicha tekshirib ko'riladi.
Idishning 3/4 qismiga xlorid kislota bilan metil qizili eritmasidan iborat
suyuqlik solinib, 30 daqiqa suv hammomiga qo‘yiJadi (suyuqlik tarkibi:
I litr suv, 1 ml 0,1 n. xlorid kislota va 5 tomchi metil qizili). Shundan
keyin idish ichidagi qizil bo‘yoq o‘z rangini o'zgartirmasa, shisha talabga
muvofiq deb topiladi
Dorixonalarda mazlar berish va saqlash uchun ham har xil shisha
bankachalar ishlatiladi Ularning katta-kichikligi turlicha.
Bankachalar qanday maqsadlarda ishlatilishiga ko‘ra qopqoqli, ayrim
hollarda qopqoqsiz chiqariladi. Bunday bankachalarga qo‘yiladigan
talablar shisha idishlarga qo'yiladigan talablarga o‘xshashdir.
Yuqoridagi idishlardan tashqari, tabletkalar, piiulalar va granulalar
uchun silindrsimon shisha naychalar ham ishlatiladi.
Bayon qilingan shisha idishlardan tashqari, dorixonada dori modda-
larni saqlash uchun turli hajmdagi idishlar mavjud boMib, ular odatda,
34
www.ziyouz.com kutubxonasi
shtanglas deb yuritiladi. Bu idishlarga quruq moddalar solib qo‘yiladi.
Kuchli kislotalar va ishqorlar saqlash uchun mo'ljallangan shtang-
laslarning og'zi kislota, ishqorlar va issiqqa chidamli bo'lgan qalpoqcha
va shisha probka bilan berkitilib qo‘yiladi. Salga sinishi va yorug'Iikni
qisman o'tkazishi ularning kamchiligidir. Keyingi vaqtda shisha
idishlarning ichki devorlari yupqa qilib silikonda qoplanib, kimyoviy
moddalar bilan ishlov berib va issiqqa chidamli qilib chiqarilmoqda.
METALL IDISHI AR
Bu xildagi idishlar surtmalar, malhamlar uchun ishlatiladi. Zavod-
larda surtmalarni «siqma
moy»
holida
tubiklarga, tabletkalarni
naychalarga joylashda qo'llaniladi. Metall sifatida oq tunuka, qalay,
aluminiy va boshqalar ishlatiladi. Dorixona sharoitida saqlanadigan
quyuq dorilar va yordamchi moddalar (surtmalar, malham, lanolin,
vazclin va hokazo) har xil hajmdagi oq tunuka qutichalarga solib
qo'yiladi.
Shamchalar va malhamlarning o'rash uchun yupqa zar ishlatiladi
YOG‘OCH IDISHLAR
Bular asosan zavod, fabrika va omborlardan dorixonalarga tovarlar
yuborishda, ko‘p miqdordagi ayrim dorivor moddalar va yordamchi
materiallarni joylash hamda saqlashda ishlatiladi. Bu maqsadda yashiklar,
bochkalar va qutichalardan foydalaniladi. Jo‘natiladigan mollami to'kilish
va sochilishdan saqlashda yog‘och idishlar katta ahamiyatga ega.
Filtr qog‘oz asosan scllulozadan iborat. Bu qog'oz g'ovak bo'lib,
mexanik ta'sirlarga chidamsizdir. Filtrlash materiali sifatida ishlatilib,
joylash materiallan sifatida undan kam foydalaniladi.
Yozuv qog‘ozi ko'pincha joylash materiallari sifatida qoMlanilib,
qog‘oz qop va xaltachalar, konvertlar, poroshoklar uchun kapsulalar
tayyorlashda hamda yashiklarning ichki tomonini qoplash uchun
ishlatiladi.
Paraiinlangan va mumlangan qog‘ozlar (charta parafinnata, charta
cerata) - oddiy yozuv qog‘ozga parafin va mum eritmalarini shimdirish
yo‘li bilan tayyorlanadi. Bunday qog‘ozlarga gigroskopik, hidli va
moysimon poroshoklar o‘rab beriladi. Parafin va mumlarni erituvchi
35
www.ziyouz.com kutubxonasi
hamda ular bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalarni bunday qog‘ozlarga
o'rab berish mumkin emasligini hisobga olish kerak (masalan, efir
moylari saqlovchi poroshoklar).
Pergament qog‘oz (charta pergamenata) oddiy yelimlanmagan
qog'ozni sulfat kislota bilan ishlash, yuvish va quritish yo'li bilan olinadi.
Bu qog'oz moyni va ma'lum darajada suvni o'tkazmaydi. Pergamentdan
tayyorlangan kapsulalar efir moylari saqlovchi poroshoklarni o'rash,
suyuq dorilarni berishda probka ostiga qo'yish, suyuqlik quyilgan
shishalarning og'zini bog'lashda keng qoMlaniladi.
K arton fizik xususiyati va ishlatilishi jihatidan qog‘ozdan deyarli farq
qilmay, faqat qalinligi bilan ajralib turadi. Karton asosan, poroshok va
surtmalarni hovonchada aralashtirganda, poroshoklarni dozaga boMishda
kapsulalar sifatida, shuningdek, karton qutichalar yasashda ishlatiladi.
Plastmassa idishlar hozirgi vaqtda mayda narsalarni, havoni o‘tkaz-
maydi. Plastmassa idishlarning kislota va ishqorlarga nisbatan turg‘un
xillari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |