RETSEPTLAR VA UNI YOZISH QOIDASI
Retsept shifokorning farmatsevtga xat orqali qilgan murojaati boMib,
unda bemor doridan qanday foydalanishi kcrakligi ko‘rsatiladi. Rctsept
deyarli barcha mamlakatlarda lotin tilida yoziladi.
Rctscptni yozishda shoshmaslik va juda ehtiyot boMish talab etiladi,
chunki pala-partish va noto‘g‘ri yozilgan retsept dori tayyorlashni
kcchiktirishi, qiyinlashtirishi, qo'pol xatoga yo‘1 qo‘yilganda esa, baxtsiz
hodisa ro‘y berishiga sabab boMishi mumkin. Shuning uchun ham retscpt
yozishga alohida e'tibor berish lozim. Shifokorlar va boshqa tibbiyot
xodimlari retsept yozganda SogMiqni saqlash vazirligi tomonidan
tasdiqlangan retsept yozish qoidalariga amal qilishlari shart.
Retscpt faqat tibbiyot nuqtayi nazaridan emas, balki yuridik, texnik
va xo'jalik jihatidan ham ahamiyatlidir.
Dorilarning to‘g‘ri tayyorlanganligini tekshirish uchun retsept asosiy
hujjat hisoblanadi, shuning uchun u yuridik hujjatlarga qo‘yiladigan
talablar asosida yozilishi kerak. Ikkinchidan, dorivor moddalarni olib,
qaysi turdagi dorini tayyorlash kerakligi texnologik va texnik ahamiyatga
ega. Uchinchidan, retsept xo‘jalik hujjatlaridir, ya’ni retseptlarga ko‘ra
ikkinchi darajali dori moddalar ro'yxatdan o‘chiriladi.
Retseptlaming hammasi bir xil nusxadagi va bir xil razmerdagi
(8,5x15 sm) blankalarga yozilib, yuqori qismida tibbiyot muassasasining
nomi, manzili va telefon nomeri ko'rsatilgan boMadi. Retseptni xususiy
28
www.ziyouz.com kutubxonasi
amaliyot bilan shug‘ullanuvchi shifokor yozsa, uning familiyasi, uy adrcsi
va tclcfon nomeri ko'rsatilgan bo'lishi shart. Retsept siyoh bilan aniq,
ravon va tushunarli qilib yozilishi kerak. Unga hech qanday o'zgartirish
kiritishga yoM qo'yilmaydi.
Retsept quyidagi asosiy qismlardan tashki! topadi:
Sarlavha (Inscriptio) da quyidagilar bo'ladi: bemor familiyasi (nomcn
aegroti): retsept yozilgan kun (datum): shifokor familiyasi (nomen
mcdici), shifokorning farmatsevtga murojaati (invocatio): dori moddalar
nomi (designatio metriarum); dorini tayyorlash va bcrish haqidagi ko‘r-
satma (subsriptio) shifokor imzosi (subscription medici).
Shifokorning farmatsevtga murojaati qaratqich kelishikda yoziladi.
(Resipc - «ol» ma'nosini anglatadi) va qisqacha Rp.: shaklida ifoda
qilinadi. Rctseptga kiradigan dori moddalarning har biri lotin tilida
yangi qatordan, ta'siri kuchli preparatlar csa birinchi navbatda yoziladi.
Dorilarning nomini qisqartirmasdan yozish kcrak, hech qanday shubha
tug'ilmaydigan hollardagina qisqartirishga ruxsat etiladi. Qisqartirilib
yozilgan rctseptni o'qishda qiynalish va ayrim hollarda xatolarga yo‘l
qo‘yish mumkin.
Masalan, rctsept Natr. Sulfur. deb qisqartirib yozilgan bo'lsa, uni uch
xil ma'noda o'qish mumkin: 1) Natriy sulfas - natriy sulfat (Na^SOJ;
2) Natrium sulfuratum - natriy sulfid (Na,S); 3) Natrium sulfurosum -
natriy sulfat (N a,S03). Vaholanki, bu uch xil modda har xil xossalarga
ega va ularning ta'siri ham turlichadir. Bundan xulosa shuki, zaharli va
kuchli ta'sir ctuvchi moddalarning nomlarini rctseptda qisqartirib yozish
aslo mumkin emas.
Bir qancha dori moddalar retseptda bir xil miqdorda beriladigan
baMsa, so'nggi dori miqdorini ko'rsatuvchi son oldiga aa (ana) belgisi
qo'yiladi, bu bclgi bab-baravar degan ma'noni bildiradi.
Shifokor ayrim hollarda ta'sir ko'rsatmaydigan qo‘shimcha moddalar
miqdorini retscptda ko‘rsatmay, uni farmatsevt ixtiyoriga havola qiladi va
bunday hollarda q.s. (kuantum satis - kcrakligicha) deb yozib qo'yadi.
Retscptga kiradigan suyuqliklar 1 g dan kam bo'lsa, ularni tomchi-
larda yoziladi va dori moddaning nomidan kcyin gtt. (guttas - tomchi)
so‘zi bilan ifodalanadi, tomchi miqdori csa rim raqami bilan ko‘rsatiladi.
Masalan, gtt.Il; gtt.IV va hokazo (ikki tomchi, to‘rt tomchi).
Bir xil moddadan tashkil topgan rctsept oddiy rctscpt va bir necha
xil moddalardan tashkil topgan rctscpt murakkab retscpt deb ataladi.
29
www.ziyouz.com kutubxonasi
Murakkab retseptlarning tarkibiga kiradigan moddalarni quyidagicha
ajratish mumkin: 1) basis - asosiy yoki retsept tarkibidagi eng muhim
modda; 2) adjuvans - dori ta'sirini kuchaytiruvchi yoki kamaytiruvchi
qo'shimcha moddalar; 3) corrigens - dorining mazasi yoki hidini
yaxshilash maqsadida qo‘shiladigan moddalar; 4) constituens - doriga
ma'lum shakl (forma) berish uchun qo‘shiladigan, organizmga deyarli
ta'sir qilmaydigan moddalar (suv, qand va boshqalar). Murakkab
retscptlarning hammasida yuqorida ko'rsatilgan moddalar bolishi shart
emas, ayrim hollarda bir xil modda ayni bir vaqtda ikki xil vazifani
bajarishi mumkin. Masalan, resteptda kodein bilan qand yozilgan bo‘lsa,
qand juda oz miqdorda yozilgan kodcinning hajmini ko'paytirish bilan
birga, dorining taxir mazasini ancha yo‘qotadi.
Retseptning dori tayyorlash haqidagi qismida dorini qaysi shaklda,
qanday upakovkada yoki idishda berish haqida ko'rsatma beriladi
(ampulada, poroshok holida, qog'oz xaltachada, qora shishada va
hokazo). Dorini bemor qanday qilib va necha marta qabul qilishi haqidagi
ko'rsatma retseptda S (signa, signetur - belgilar, ko‘rsatma) harfi bilan
ifodalanib, odatda mahalliy tilda yoziladi.
Rctsept bolalar yoki yoshi 60 dan oshgan kishilar uchun yoziladigan
bo‘lsa, albatta bcmorning yoshi ko'rsatilishi kcrak, chunki bu rctseptda
ko'rsatilgan dozani tekshirishga imkon beradi. Shifokor retseptni o‘zi
uchun yozgan bo‘lsa, pro me (men uchun) yoki pro autore (avtor uchun)
deb ko'rsatishi mumkin.
Zaharli dori moddalar («A» ro'yxati) va etil spirti saqlovchi
retseptlar shifokorning shaxsiy muhri (rctsept xususiy praktika bilan
shug'ullanuvchi shifokor tomonidan yozilsa), yoki davolash muassasa-
sining muhri (dumaloq yoki uchburchak) bilan tasdiqlanishi kerak.
Relseptda yozilgan dori tarkibiga narkotik moddalar kirsa, retsept
Sog'liqni saqlash vazirligining ko'rsatmasiga binoan maxsus blankalarda
yozilishi shart. Bitta retsept blankasiga zaharli modda saqlovchi dori
turidan faqat bittasini, boshqa dori turlaridan esa ikkitasini yozishga
ruxsat etiladi.
Ba'zan retseptda shifokor tomonidan ayrim belgilar ko'rsatilgan
boMadi. Masalan, «Sito» - tez!; «Citessimc» - tezroq!; «Statim» darhol,
o‘sha zahotiyoq!; «Periculum in mora» - kechiktirish hayot uchun xavfli!;
«Antidotum!» - ziddi zahar! Retseptlarning bir qanchasida «tez» deb
belgilanganlari boMsa, birinchi navbatda ular ziddi zahardir, shuning
30
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchun kislorod, tez yordam ko'rsatish dorilari, yurak kasalliklarida
qoilaniladigan dori-darmonlar va boshqalar berilishi kerak.
Ayrim hollarda bir xil dorini bemorga qayta yozishga to‘g‘ri keladi.
Bunda shifokor retseptni qayta yozmasdan, retseptning eng yuqori
burchagiga (odatda hamma qo'shimcha so'zlar shu holda yozilishi kerak)
«Rcpct.» (Repetatur - qaytarilsin, takrorlansin) deb yozib qo'yishi
mumkin. Bunday holda u Rcpetatur so'zini o‘z imzosi bilan tasdiqlashi
zarur. Bcmorlar bitta retsept bilan takror dori olmasligi kerakligini
ko'rsatmoqchi bo'lsa, shifokor retsept tepasiga «non repctatur» (qayta-
rilmasin, takrorlanmasin) deb yozishi kcrak.
Tarkibida narkotik moddalar va etil spirt saqlaydigan dorilar retsep-
tiga qaytarilsin deb yozilmay (qayta olish bcmor uchun boMsa), balki
yangi blankaga boshqa retsept yozib bcriladi.
Bitta blankada ikkita retsept yozilgan bo'lsa, ularni «#» belgisi
bilan ajratish lozim. Rctsept blankaning bir tomoniga sig'masa, u holda
ikkinchi tomonga (orqasiga) davom ettiriladi va 1-bct oxiriga verte
(orqasini o'giring) deb yoziladi. Zaharli moddalar va ularni saqlovchi
dorilarga yozilgan rctseptlar odatda dorixonada olib qolinadi va kamida
2 yil saqlanadi. Bu holda dori bilan birga retscpt nusxasi (signatura)
beriladi. Signatura toza, to‘g‘ri ko‘chirilgan boMishi kcrak. Qolgan hamma
dorilaming retscptlari dorixonaning dori bcrilganligi haqidagi belgisi
bilan bemorlarga qaytariladi.
Tarkibida zaharli va kuchli ta'sir ko'rsatuvchi moddalar boMgan
retseptlar yozilgan kunidan boshlab 30 kun davomida o‘z kuchini saq-
laydi. Bu muddatdan keyin retsept dorixona tomonidan qabul qilinmasligi
va dori tayyorlab berilmasligi mumkin.
Noto‘g‘ri yozilgan har bir retsept uchun shifokor javobgardir.
Retseptlarning to‘g ‘ri yozilishini nazorat qilish dorixonaga yuklangan.
Retscpt yozish qoidalariga oid talablardan chetga chiqilgan va retseptda
bir-biriga mos kelmaydigan dori moddalar yozilgan boMsa, unday
retscptlar bo'yicha dori tayyorlanmaydi Rctseptni yozgan shifokor yoki
davolash muassasasining bosh shifokori bemorga darhol kcrakli retseptni
to‘g‘rilab yozib bcrishi shart.
Dorixonaga noto‘g‘ri yozilgan retsept kclsa, undan 2 nusxa ko‘chirma
olinadi. Asosiy retseptnmg ustiga «yaroqsiz retscptw deb yozib, bemor-
ga qaytarib beriladi. Ko'chirmaning bir nusxasi dorixonada bir yil
mobaynida saqlanadi. Ko'cbirmaning ikkinchi nusxasi esa darhol retsept
31
www.ziyouz.com kutubxonasi
yozilgan tashkilotning bosh shifokoriga, agar o‘rta tibbiyot xodimi yoki
xususiy praktika bilan shug‘ullanuvchi shifokor yozgan bo'lsa, tegishli
chora ko‘rish uchun mahalliy Sog'liqni saqlash tashkilotining bosh
shifokoriga, yoki mahalliy Sog'liqni saqlash fashkilatining boshlig'iga
yuboriladi.
Ichiladigan dorilar idishiga oq, sirtga qo‘llaniladiganlarga sariq yoki
qizil va parcnteral (inyeksiya qilinadigan) dorilarga yashil yoki ko‘k
signaturalar yopishtiriladi. Bundan tashqari, har qaysisini o'ziga mos
rangdagi yorliq («Ichiladigan», «Sirtga», «Teri ostiga» va «Venaga») bilan
ta'minlash kerak.
Bemor dorini chtiyotlik bilan ishlatishi kerak bo'lsa, dori solingan
idishga tcgishli so'zlar yozilgan qo'shimcha yorliq yopishtiriladi.
Masalan, «Salqin joyda saqlansin», «Ishlatish oldidan chayqatiladi»,
«Qorong‘i yerda saqlansin» va hokazo.
Quyida retscpt yoziladigan blanka nusxasini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |