vakili hisoblanadi.
Internet tarmog‘ining tuzilishi. Internet o‘z-o‘zini
shakllantiruvchi
va boshqaruvchi murakkab tizim b o ‘lib, asosan, uch tarkibiy
qismdan tashkil topgan: texnik, dasturiy, axborot.
Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyu
terlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va
boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik
vositalari majmuyidan tashkil topgan.
Internet tarm og‘ining dasturiy ta ’m inoti (tarkibiy qismi)
tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini
yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti unda mavjud bo‘lgan
turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir,
web-sayt va h.k. ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil
topgan. Internetning birinchi vazifasi axborot makoni b o ‘lsa,
ikkinchisi kommunikatsion vositasidir.
Internetga bog‘lanish. Internetga ulanish uchun avval tarmoqqa
ulanish va kompyuter orqali axborot almashishni tashkil etib beruvchi
vositachini, ya’ni provayderni tanlash lozim. So‘ng kompyuterni
tarm oqqa ulanishi uchun zaruriy uskunalar (modem, kabel,
adapter)ni xarid qilish lozim. Tashkiliy masalalar hal etilganidan
keyin web-sahifalar bilan ishlash uchun brauzer dasturini o‘rnatish
va sozlash kerak. Bundan tashqari, shaxsiy kompyuterni Internetning
ayrim xizmatlaridan foydalanish uchun (masalan, e-pochta,
fayllarni ko‘chirish, videoma’lumotlar namoyishi, animatsion va
flesh fayllarni aks ettirishga ko‘maklashuvchi) bir necha qo‘shim-
cha dasturlar bilan ta’minlash kerak bo‘ladi.
Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (shisha tolali,
sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiya-
lanmaydigan telefon tarmog‘i) b o ‘yicha doimiy ulanish, shu-
ningdek, kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib ulanadigan ulanish
(Dial-up access, Dial-up) ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Internetga ulanish turlarining hammasi ikki katta guruhga
mansub — seansli va doimiy ulanish.
Seansli ulanish. Bu ulanish turida foydalanuvchi Internetga
doimiy emas, qisqa muddatga telefon tarmog‘i orqali ulanadi. To‘lov
esa Internetda qancha muddat bo‘lishga qarab, ya’ni soatbay amalga
oshiriladi. Ma’lumotlar tarmoq orqali analog aloqa tartibida uzatiladi.
Doimiy ulanish. Bunda kompyuter Internetga doimiy va tezkor
kanal orqali ulangan bo‘lib, yuborilayotgan va qabul qilinayotgan
14
ma’lumotlar raqamli tartibda bo‘ladi. To‘lov esa faqat «trafik» —
qabul qilingan ma’lumotlar hajmi uchun amalga oshiriladi.
Bu ikki xildagi ulanish, nafaqat, Internetdan foydalanish vaqti
bilan, balki tarmoqning ishlash tezligiga ko‘ra ham farqlanadi. Bundan
tashqari, doimiy ulanish rejimida kompyuteringiz Internetga
to ‘laqonli qayd qilinib, o‘zining doimiy IP manzili (shaxsiy
raqami)ga ega bo‘ladi va undan boshqalar ham foydalanishi imkoni
mavjud. Bu, ayniqsa, kompyuter server hisoblanib, u web-saytning
faoliyatini ta’minlovchi asosiy vosita, fayl arxivlari saqlanadigan
kompyuter bo‘lganida muhimdir. Seansli ulanish turida IP manzil
kompyuterga faqat Internetdan foydalanish vaqti uchungina ajratiladi,
shu sababdan, u dinamik IP manzil deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: