Kommutativ aloqa uchun maxsus aloqa tarmog‘i bo‘lishi shart
emas. U telefon aloqasi orqali ulanadi.
Kompyuterga Internet xizmatini to ‘g‘ri o‘rnatish uchun tar
moqqa ulanadigan dasturni quyidagi tartibda yuklash zarur: «Мой
компьютер», «Удаленный доступ к сети», «Новое соеди
нение». Dasturni yuklashda Internet xizmatini berayotgan kishi
quyidagi m a’lumotni berishi kerak:
• telefon raqami;
• foydalanuvchining ismi (login);
• parol (password);
• DSN serverning IP manzili.
Ushbu m a’lumotlar Internetga ulanish uchun yetarli.
Internet yoki har qanday boshqa TSPli tarmoqlarga ulangan har
bir kompyuter «tushunadigan» bo‘lishi kerak. Ushbu holat bo‘lmasa,
tarmoq xabarlarni kompyuteringizga qanday yuborishni bilmaydi. IP
manzili ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq manzili va xost manzili
IP manzilining tuzilishiga asosan har xil tarmoqdagi kompyuter
nomlari bir xil bo‘ladi. Manzillarni sonli belgilash kompyuter uchun
tushunarli bo‘lsa-da, foydalanuvchi uchun aniq ma’lumot bermaydi.
Shuning uchun manzillashning domen usuli foydalaniladi.
Internetning informatsion funksiyasi, birinchi navbatda, tar
moq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik
bilan yetkazib berish bo‘lsa, ikkinchidan, u axborotlarni keng
ommaga, jahon miqyosidagi nihoyatda tez sur’atda e’lon qilish
(nashr qilish) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Internetning
yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va
nashrchiligida keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, Internet
yordamida Nyu-York yoki Parijdagi eng so‘nggi xabarlarni Tosh-
kentga yetkazib berish, gazeta va o‘quv darsliklarni tayyorlash, nashr
qilish hamda ularni keng o‘quvchilar ommasiga tarqatish, hozirgi
mavjud usullardan bir necha o‘n barobar arzon, tez va samara-
liroq bo‘ladi. Internetning kommunikatsion funksiyasi foydalanuv-
7
chilarning masofadan turib o‘zaro muloqot qilish imkonini yaratib
berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida Internet elektron
pochtasi, Internet-telefon va real vaqt oralig‘idagi bevosita xabar
almashish, Chat — konferensiya yordamida amalga oshirilayotgan
muloqotlarni keltirishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Internetning kommunikatsion funksiyasi
uning foydalanuvchilariga videomuloqot qilish, videokonferen-
siyalar uyushtirish, bir shahardan turib ikkinchisining ko‘chalarini
(masofadagi w eb-kam eralar yordam ida) tom osha qilish va
muzeylarga tashrif buyurish hamda tabiat manzaralaridan rohat-
lanish imkonini beradi. Internet yordamida m a’lumotlarni uzatish,
qabul qilish, boshqarish va tasvirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |