Internet radio va televideniye. WWW tarm og‘idagi m a’lu-
motlardan foydalanish uchun faqatgina brauzerlarning xizmati
kamlik qiladi. Ya’ni audio hamda video hujjatlarni aks ettiruvchi
tezkor dasturlar ham mavjuddir. Bu dasturlar serverlarda joylashgan
yoki to ‘g‘ridan to ‘g‘ri uzatilayotgan audio hamda video hujjatlardan
foydalanishga imkoniyat yaratadi. Real player, Quick player, Cosmo
player, Media player dasturlari shu kabi vazifalarni bajaradi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham Internet texnologiyalarining
rivojlanishi natijasida ko‘pgina radio eshittirishlarini Internet orqali
tinglash mumkin. Avvaliga brauzer yordamida kerakli radiokanalning
web-sahifasi topiladi va shundan so‘ng eshittirish to ‘g‘ridan to ‘g‘ri
Internet tarmog‘iga uzatilayotgan kanalga bog‘lanadi. Shunda
operatsion tizimda mavjud bo‘lgan namoyish dasturlaridan biri
ishga tushishi natijasida foydalanuvchi ushbu radiokanalni tinglash
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, Internet tarmog‘i orqali televizion ko‘rsa-
tuvlarni ham tomosha qilish mumkin. Ushbu holatda ham radio-
eshittirishlar kabi m a’lum web-saytlarga bog‘lanish va ular orqali
ko‘rsatuvlarni tomosha qilish imkoni mavjud. Bunday web-saytlarga
mtrk.uz, oriat.uz saytlarini misol qilib keltirish mumkin.
Xosting xizmati va axborotlarni joylashtirish. Foydalanuvchi web-
sahifalarini Internet provayderi (xosting provayderi) serverida
joylashtirish va joriy qilish amali xosting deb ataladi. Xosting so‘zi
to ‘la qonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi
kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan. Xosting xizmati
pulli va tekin hamda oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin.
Xosting xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur:
1. Axborot makoni;
2. Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi);
3. Fayllarni boshqarish usullari;
4. Standart skriptlar to ‘plami;
5. Server tomonida dasturlash mumkinligi;
6. Serverda m a’lumotlar bazalaridan foydalanish;
7. Bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish;
8. Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta ’minlash.
Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy
va salbiy tomonlari. Proksi kompyuter tarmog‘i xizmatidir. Bunda
proksi xizmati orqali kompyuter tarmoqlari mijozlariga boshqa
25
tarmoq xizmatlaridan bevosita foydalanish imkoni beriladi. Mijoz
avval proksi serverga ulanadi va u orqali boshqa serverda joylashgan
biron-bir resursga murojaat qiladi. Bunga misol tariqasida shuni
keltirish mumkinki, ko‘pgina hollarda kompyuter tarmoqlaridagi
bir guruh foydalanuvchilar yagona Internetga ulangan kompyuter
orqali kompyuter xizmatlaridan foydalanishadi.
Ba’zi hollarda mijoz so‘rovi yoki server javobi proksi-server
tomonidan muayyan maqsadlarda o‘zgartirilishi yoki to ‘xtatilishi
mumkin. Proksi-server, shuningdek, mijoz kompyuterini ba’zi
tarmoq hujumlaridan himoyalashga imkon beradi.
Anonim proksi-serverlar (Anonymous Proxy Servers). Anonim
proksi-serverlar ba’zi manzillarni berkitish yoki biror hujjatlarni
olishda o‘zini oshkor qilmaslik imkonini beradi.
Yuklash va k o ‘chirib olish (upload, download) tushunchalari.
Internet tarmog‘ida m a’lumotlar bilan ishlash vaqtida «Upload»
va «Download» tushunchalariga juda ko‘p duch kelinadi.
«Upload» yuklab qo‘yish. M a’lumotlar (fayllar)ni kompyuterdan
tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterga yoki serverga
yuklab qo‘yish.
«Download» yuklab olish. M a’lum otlar (odatda, fayl)ni
tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan
o‘z kompyuteriga yuklab olish.
Internet konferensiyalar. In tern et konferensiyalar — bu
muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining
Internet tarmog‘i orqali o‘zaro axborot almashinish jarayonidir.
Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kompyuter konferensiyasi
ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar ishtirokchilari
sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya
atamasini ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga
konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konfe-
rensiyalarini oladi.
Audiokonferensiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy
jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida
kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foy-
dalanadi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy texnika
vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini
ta ’minlaydigan qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon
aloqasi hisoblanadi.
26
Audiokonferensiyalarni tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab
etmaydi, faqat uning ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama
audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. Audiokonferensiyalardan
foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini yengillashtiradi, u
arzon hamda qulay.
Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday
m aqsadlarga m o ‘ljallan g an b o ‘lsa, shunday m aqsadlarga
m o‘ljallangan, lekin bunda videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni
o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya
jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada b o ‘lgan uning
ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlari va boshqa ishtirokchilarni
ko‘rib turishadi. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib
turadi.
Videokonferensiyalar transport va xizmat safari xarajatlarini
ancha qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki
firmalar ularni faqat shu sababga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar
bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan
ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlar va boshqa
xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |