Internet tizimi p65



Download 45,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/90
Sana31.12.2021
Hajmi45,07 Mb.
#272450
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Bog'liq
5808b111f0e4f

Internetda  manzil  tushunchasi  va  Internet  resurslari  manzili. 

Sahifa,  fayl  yoki  boshqa  resursning  Internetda  joylashishini 

aniqlovchi noyob manzil — URL deb ataladi.  Internetdagi manzil, 

odatda,  quyidagi  elem en tlard an   tarkib  topadi:  resursdan 

foydalanish  protokoli  (masalan,  http://,  ftp://)  va  domen  nomi 

(masalan,  domain.uz).  Internetdagi  manzil,  shuningdek,  URL 

manzil  deb  ham  ataladi.

Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi  quyida- 

gicha:  http://www.tuit.uz,  http://www.aci.uz.

Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga 

chiziladi.

Namunadan  ko‘rinib  turibdiki,  kompyuter  manzili  bir  necha 

qismdan  iborat.  O ‘ng  tom ondan  manzilning  birinchi  qismi 

(namunada  uz)  domenning  birinchi  sathi  deb  qabul  qilinadi, 

keyingisi  (namunada  tuit)  —  domenning  ikkinchi  sathi  va  h.k. 

Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi 

sath  domenlar  umumjahon  reja  yoki  geografik  joylar  bo‘yicha 

nomlanadi.

Saytlar nomlari  quyidagicha umumiy ko‘rinishda  ifodalanadi: 

http://www.  sayt nomi.  sayt sohasi.  davlat kodi.

30



Yangi  saytni  tashkil  qilishdagi  tashkiliy  masalalardan  bin  bu 

domen  nomini  tanlash  va  uni  ro‘yxatga  olishdir.  Ushbu jarayon 

O‘zbekistonda ham nomarkazlashgan tartibda tashkil etilgandir. Ya’ni 

Internetning UZ hududida taqsimlangan ro‘yxatga olish tizimi amal 

qiladi.  Unga  ko‘ra,  uch  darajali  o‘zaro  aloqalar  modeli  tashkil 

etilgan.


UZ domenining administ.rat.ori  UZ domenining asosiy ro‘yxati 

(reyestr)ni boshqaruvchi davlat tomonidan vakolatlangan tashkilot 

bo‘lib, u UZ domenining rivojlanish yo‘nalishlarini ham belgilaydi. 

M illiy  axborot  resurslarining  rivojlanishi  va  jah o n   axborot 

hamjamiyatiga kirib borishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘i 

milliy  segmentni  rivojlantirish  dolzarb  masala  hisoblanadi.

2000-yil  27-martda  Internet  manzillari va nomlarini belgilash 

Korporatsiyasi  (ICANN)  tomonidan  imzolangan  ccTLDuz  ga 

hom iylik  qilish  kelishuviga  k o ‘ra,  O ‘zbekiston  A loqa  va 

axborotlashtirish  agentligining  U ZIN FO C O M   Kompyuter  va 

axborot  texnologiyalarini  rivojlantirish  va  joriy  etish  markazi 

O‘zbekistonning  yuqori  darajali  UZ  (ccTLDuz)  domen  zonasi- 

ning  m a’muri  etib  belgilangan.

Milliy  axborot  resurslarini  rivojlantirish  b o ‘yicha  hukumat 

qarorlari va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida UZ 

milliy  domen  hududidagi  domen  nomlarining  soni  yildan  yilga 

ortmoqda.  Jumladan,  2015-yil 4-dekabr holatiga ko‘ra,  UZ milliy 

domen  hududidagi  domen  nomlarining  soni  25060  tani  tashkil 

etadi,  yil boshiga nisbatan bo‘lgan  o‘sish  124  %  ga teng.

Ro‘yxatga  oluvchi  UZ  domenlarini  ro‘yxatga  oluvchi  yuridik 

shaxs bo‘lib,  UZ domenining m a’muriyati bilan o‘zaro shartnoma 

asosida domenlarni ro‘yxatga olish va domen nomi haqidagi zarur 

m a’lumotlarni  asosiy  ro‘yxat  (reyestr)ga  kiritilishini  ta’minlovchi 

xizmatni  amalga  oshiradi.  Domen  nomining  m a’muriyati  (sayt 

egasi)  — yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lib,  domen uning nomiga 

ro‘yxatga  olinadi.  Demak,  mazkur  uchlikdagi  har  bir  a’zo  o‘z 

vazifasi va o‘z vakolatlariga egadir. Ta’kidlash kerakki, bizning UZ 

milliy  Internet  hududimizning  tarkibi  ko‘p  jihatdan  bularning 

eng  so‘nggisi,  ya’ni  domen  nomining  m a’muriyatiga  bog‘liq. 

Negaki,  aynan  sayt  egalari  m am lakat  axborot  m akonining 

mazmuni va tarkibini yaratadi.


Download 45,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish