Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 MAVZU. TAYYOR MAHSULOTLAR VA TOVARLAR HISOBI



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 

12 MAVZU. TAYYOR MAHSULOTLAR VA TOVARLAR HISOBI 

 

12.1. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) va uni hisobga olish vazifalari 

Tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni  sotish  xalq  xo‘jaligi  va  aholining  ehtiyojlarini 

ta’minlashga  qaratilgan  har  bir  korxona  ishlab  chiqarish  faoliyatining  yakunlovchi  bosqichi 

hisoblanadi. 

Tayyor mahsulot deb - korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, tayyor 

holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob 

beradigan  hamda  texnika  nazorati  bo‘limi  tomonidan  qabul  qilingan  yoki  buyurtmachilarga 

topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish, 

xizmatlar  hamda  ushbu  korxonaga  qarashli  ishlab  chiqarishdan  tashqari  xo‘jaliklar  uchun 

bajarilgan ish va xizmatlar  ham kiradi. 

Korxona  mahsulotni  iste’molchilar  bilan  tuzilgan  shartnomalar  reja  topshiriqlari  asosida 

bozor talablarini o‘rganish kabi masalalarga katta e’tibor bergan holda ishlab chiqaradi.  

Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko‘rsatkichida hisobga olinadi. Natura ko‘rsatkichlari 

mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga qarab, miqdori, soni va og‘irligini tavsiflab beradi, bu 

ko‘rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi. Tayyor 

mahsulot (ish, xizmat) ni natura ko‘rsatkichlarining puldagi ifodasi uning qiymat ko‘rsatkichini 

ifodalaydi. 

Korxonalarda  buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilish  tizimida  tayyor  mahsulot,  uni  ortib 

jo‘natish vazifalariga quyidagilar kiradi: 

1.  Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma xo‘jalik operatsiyalarini 

hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish; 

2.  Mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish; 

3.  Sotilgan  mahsulotning  assortiment  va  hajmi  bo‘yicha  hamda  sotish  rejasining 

bajarilishini nazorat qilish; 




 

4.  Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr xarajatlarini o‘z vaqtida 

aniq hisob-kitob qilish; 

5.  Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini 

to‘g‘ri aniqlash  va boshqalar. 

Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor 

xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, xo‘jalik operatsiyalarining hujjatlarda o‘z 

vaqtida rasmiylashtirilishiga bog‘liqdir. 

«Tovar-moddiy  zahiralar»  nomli  4-son  BHMAga  muvofiq  (5.3-band)  tayyor  mahsulot 

xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  bo‘lgan  aktivlar  hisoblanadi  va  ular  xo‘jalik  yurituvchi 

sub’ektning  kundalik  faoliyatida  sotish  uchun  mo‘ljallangan  tayyor  mahsulot,  tovarlar  sifatida 

korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiradi. 

Tayyor  mahsulotni  hisobga  olish  shu  mahsulotning  ishlab  chiqarishdan  olinishi,  uning 

harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.  




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish