Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

12.3. Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi 

Korxonalarda  tayyor  mahsulot  hisobi  vazifalarini  aniq  tashkil  qilish  maqsadida  ular 

omborda va buxgalteriyada hisobga olib boriladi. 

Pirovard,  iste’molga  yaroqli  bo‘lgan  mahsulot  texnik  nazorat  bo‘limi  tomonidan 

tekshirilgandan so‘ng omborga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga qabul qilishda topshirish 

nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi 

tsex, topshirilish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning soni, reja tannarxi va tegishli 

moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko‘rsatiladi. O‘abul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot 

topshirish  vedomostini  yuritadi.  Bajarilgan  ish  yoki  xizmatlar  qabul  qilish-topshirish 

dalolatnomasi  bilan  rasmiylashtiriladi.  Omborlarda  mahsulot    harakatining  miqdor 

ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqlarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida 

mahsulot harakati bilan bog‘liq operatsiyalar yozib boriladi. 

Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usulida tashkil qilinadi, ya’ni 

har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (№ M-17-

shakl).  Tayyor  mahsulotning  kelib  tushishi  va  chetga  berilishi  bilanoq  ombor  xodimi  hujjatlar 

asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo‘yadi va har bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab 

qo‘yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan hujjatlarni qabul qilib olishi kerak 

(qabul qilish-topshirish nakladnoyi, buyruq-nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi).  

Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning  imzosi 

bilan  tasdiqlanadi.  Moddiy  javobgar  shaxs  ombor  hisobi  kartochkalari  asosida  har  oyda  tayyor 

mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi 

vedomostini  to‘ldiradi.  Bu  yerda  hisob  baholari  bo‘yicha  qoldiqlar  taksirovka  qilinadi  va 

buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. 

Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog‘liq operatsiyalar rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlar 

ombor varaqalariga yozilganidan keyin buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda hujjatlar tekshiriladi, 




 

guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul 

shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buxgalteriyada yuritiladi.  

Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi: 

2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» 

2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot» 

2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot». 

2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» hisobvarag‘i korxonaning omborida mavjud bo‘lgan 

tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu hisobvaraqning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa 

hisobvaraqlarning  krediti  bilan  korrespondentsiyada  korxona  omboriga  qabul  qilingan  tayyor 

mahsulotlar qiymatini ifodalaydi. 

Hisob-kitobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-qaydnomada 

yuritiladi. Bu qaydnoma to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib ular quyidagilardir: 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish