12.2. Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi
Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi.
Baho – qiymatning puldagi ifodasidir. Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan
bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy zahiralar»
nomli 4-son BHMAdan foydalaniladi. 4-sonli BHMAning 7-bandiga binoan tayyor mahsulotlar
eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida.
Hisobot davri oxirida mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini aniqlash mumkin.
Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi har kuni sodir bo‘ladi, shu sababdan joriy hisobda
mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlarning operativ hisobi ishlab chiqarish
reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda yuritiladi.
Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21-22 bandlar) tartibi
quyidagicha bayon qilingan:
Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa xom-
ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past
narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi materialdan
tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish
sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning
mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin.
Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog‘liq
bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob-kitob narxidir.
Demak, mazkur BHMAdagi baholashga muvofiq, agar korxona ishlab chiqargan
mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa,
korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi
hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin:
6. Zahiralarni sotish narxi arzonlashganda;
7. Zahiralarga zarar yetganda;
8. Zahiralar to‘la va qisman eskirganda.
Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri yakunida tartibga
solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan
belgilanadi. Hisobot davri oxirida haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
Tayyor mahsulotlar qaysi hisobvaraqlarda hisobga olingan bo‘lsa, og‘ishishlar ham shu
hisobvaraqlarda tejalgan bo‘lsa - qizil storno usulida, ortiqcha xarajat bo‘lsa – oddiy siyohda aks
ettiriladi.
Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona tomonidan ishlab
chiqiladigan buyum turlari nomining ro‘yxati - nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga
ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab
chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum belgilari yotadi.
Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda asos qilib quyidagi belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka
va hokazo. Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat
bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi xizmatlarida
foydalaniladi:
• dispetcherlik xizmat turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat
qiladi;
• tsexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentini qilishda, omborga tayyor mahsulotni
topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi;
• marketing bo‘limi - jo‘natish bo‘limi shartnomalarini bajarish imkoniyatlarini nazorat
qilish uchun;
buxgalteriya - tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy ma’lumotlar va
hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |