Mol so‘yish. Chorva mollari va parrandalar korxonaning ichki ehtiyojlari uchun
noilojlikdan so‘yiladi. Mol va parrandalarni so‘yishdan asosiy mahsulot – go‘sht, qo‘shimcha
mahsulotlar – tyeri, tuyog‘i,shoxi, pat va boshqalar olinadi. Mol va parrandalarni so‘yishdan
olingan mahsulotlar tannarxi ularning har bir turi bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, go‘shtning
tannarxini hisoblash uchun qilingan jami xarajatdan (so‘yilgan chorva mollari qiymatini ham
qo‘shgan holda) qo‘shimcha mahsulotlar, shox, tuyoq, pat va boshqa yordamchi mahsulotlar sotish
bahosida baholanib chegirib tashlanadi va qolgan summa olingan go‘sht miqdoriga bo‘linadi. I
tonna go‘sht tannarxini uning massasiga tegishli xarajatlar summasini olingan go‘sht miqdoriga
(tonna) bo‘lib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |