Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 

Sutni  qayta  ishlash. Sutni  qayta  ishlashdan  olingan  sariyog‘,  qaymoq,  tvorog,  kefir  va 

pishloq  tannarx  hisoblash  obekti  hisoblanadi.  Sutni  qayta  ishlashdan  olingan  ayrim  turdagi 

mahsulotlar  tannarxini  hisoblash  uchun  qayta  ishlashga  sarflangan  xarajatlarning  umumiy 

summasidan  foydalansa  bo‘ladigan  ayron,  zardob  va  boshqa  qo‘shimcha  mahsulotlar  qiymati 

chegirib  tashlanib,  qolgan  summa  ayrim  mahsulot  turlariga  ularning  xarid  narxi  bo‘yicha 

aniqlangan qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 

 

Hisobning bunday soddalashtirilgan usuli sutni qayta ishlab chiqarish hajmining unchalik 



katta bo‘lmagan hollarida qo‘llanilishi mumkin.  

 

Sutni  qayta  ishlash  xo‘jalikda  doimiy  ishlab  turuvchi  ishlab  chiqarish  mavjud  bo‘lgan 



holda xarajatlar hisobi quyidagi bosqich (qayta ishlash) lar bo‘yicha  yuritiladi: sutni qaymoqqa 

aylantirish, yog‘i olingan olingan sutni yog‘siz tvorogga aylantirish, qaymoqni yog‘ga aylantirish 

va boshqalar. Bunda har bir qayta ishlashga analitik schot ochiladi. Sex sarflari alohida hisobga 

olinadi. Sutni qayta ishlash bo‘yicha asosiy xrajatlar va sex sarflarini hisobga olish belgilangan 

xarajat moddalari bo‘yicha yuritiladi.  

 

Sut  mahsulotlari  tannarxini  hisoblab  chiqarish  ishlab  chiqarishning  har  bir  bosqichi 



bo‘yicha  hisobga  olingan  xarajatlar  va  mahsulotning  chiqishi  ma’lumotlari  asosida  amalga 

oshiriladi.  

Birinchi  qayta  ishlash  bosqichida  qaymoqning  tannarxi  qayta  ishlab  chiqariladi.  Buning  uchun 

uning qayta ishlashdagi xarajatlar umumiy summasidan (qo‘shimcha xarajatlar summasi ham shu 




 

hisobga kiradi) realizatsiya  narxlarida qaymog‘i olingan sut qiymati chiqarib tashlanadi va qolgan 

xarajatlar summasi qaymoqdan olingan asosiy mahsulot soniga tegishli bo‘ladi.  

 

Ikkinchi  bosqichda  sariyog‘  tannarxi  hisoblab  chiqiladi.  Buning  uchun  taqsimlangan 



qo‘shimcha  sarflarni  ham  hisobga  olingan  holda  qayta  ishlashda  hisobga  olingan  xarajatlar 

summasidan  qo‘shimcha  mahsulot  –  ayronning  belgilangan  narxlardagi  qiymati  chiqarib 

tashlanadi va qolgan xarajatlar summasi olingan asosiy mahsulot – sariyog‘ga tegishli bo‘ladi.  

 

Xarajatlarni alohida hisobga olish mavjud bo‘lgan boshqa qayta ishlashlar bo‘yicha ham 



mahsulot tannarxi mana shunday yo‘l bilan aniqlanadi (pishloq, yog‘li tvorog, quyultirilgan sut 

ishlab chiqarish). 

 

Sutni qayta ishlab chiqarishda sut xom-ashyosining (sut, qaymoq, yog‘i olingan sut) sarfini 



va  tayyor  mahsulotning  chiqishini  doimiy  nazorat  qilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Sut  va  sut 

mahsulotlarini  qayta  ishlash  qaydnomalari  (124-shakl)  mana  shu  maqsadda  yuritiladi.  Ularda 

xronologik izchillikda qayta ishlov berishga kelgan sut mahsuloti, qayta ishlashdan keyin olingan 

sut mahsulotlari nomi, ularning soni va  yog‘ning miqdorini qayd qilinadi. Qaydnomaning orqa 

tomoni ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblab chiqish uchun foydalaniladi. Sutni qayta 

ishlashdan  olingan  mahsulotlar  sarfi  ham  mana  shu  yerda  aks  ettiriladi.  Bunda  mahsulotning 

qayerga,  kimga  berilganligi,  hujjatning  tartib  nomyeri,  soni,  yog‘ining  miqdori  ko‘rsatiladi. 

Qaydnoma asosida har kuni xom ashyo sarfi va tayyor mahsulotning chiqishi nazorat qilinadi.  


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish