O‘zbekistan Respublikasi sertifikasiyalashtirish Milliy tizimida
mahsulotni sertifikasiyadan o‘tkazish tartibi va qoidalari
Sertifikasiyalashtirilgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini
(setifikatsiyalashtirish xususiyatlarini) barqarorligini tekshiruv nazorati
mahsulotni ishlab chiqarash jarayonida sertifikat bergan tashkilot tomonidan
maxsus reja asosida amalga oshiriladi. Kerak bo‘lgan hollarla betaraf
mutaxassislarni, savdo jamoalaridan, sog‘liqni saqlash, Davlat qurilish kabi boshqa
mutaxassislardan, tekshiruv nazoratiga jalb qilinadilar.
Tekshiruv nazorati natijalariga ko‘ra sertifikasiyalashtirish tashkiloti
muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik "Belgisi faoliyatini bekor qilish va to‘xtatib
qo‘yish" quyidagi hollarda bo‘lishi mumkin:
- me’yoriy texnik hujjatlardagi talablari o‘zgarsa;
- mahsulotning tarkibi, tuzilishi o‘zgarsa;
- tashkilot yoki ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgarsa;
- sifatni ta’minlovchi tizim texnologiyasi va sinash uslublari o‘zgarsa.
Tekshiruv nazorati tomonidan aniqlangan kamchilik, yetishmov-chiliklarni
bartaraf qilgunga qadar tadbirlar tuzilib, muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik
belgisi to‘xtatilib turadi. Shu muddatda ahvol o‘zgarmasa, muvofiqlik sertifikati
bekor qilinadi. Sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisini qo‘yish quyidagi
hollarda bekor qilinadi:
- mahsulotda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib bo‘lmasa;
- ishlab chiqaruvchi o‘zini moliyaviy majburiyatlarini bajarmay qo‘ysa;
- ishlab chiqaruvchi sertifikatni vaqtincha to‘xtatib qo‘yganidan keyin tegishli
choralar ko‘rmasa;
192
- ishlab chiqaruvchi sertifikasiyalashtirish muddatini uzaytirgisi kelmasa;
- mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtagan bo‘lsa.
Sertifikasiyalashtirish tashkiloti barcha qiziquvchi sertifikasiyalashtirish
Tizimi a’zolariga bu haqda rasmiy axborot beradi va mazkur mahsulot, sifat yoki
ishlab chiqarish tizimini Davlat ro‘yxatidan chiqaradi. Bu haqida matbuotda e’lon
qilinishi mumkin.
Informatka ta’minoti sertifikasiyalashtirish tashkiloti ishtirokchilari bilan
hamjihatlikda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston standartlashtirish agentligi bir turli mahsulotni
sertifikasiyalashtirish tashkilotlarini va muvofiqlik sertifikatlari berilgan
mahsulotlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ularni-matbuotda e’lon qiladi.
So‘rovchi tashkilot o‘z mahsulotini reklama qilish, matbuotda chiqish xuquqiga
ega "Sistema"da paydo bo‘lgan noroziliklar RD Uz NSSda ko‘rsatilgan tartibda hal
qilinadi.
Sertifikasiyalashtirish tashkilotilari:
- ishlab chiqarish uyushmalari;
- asosiy iste’molchi yoki iste’molchilar guruxi;
- yirik savdo tashkilotlari;
- standartlashtirish bo‘yicha Milliy tashkilot;
- xususiy tashkilotlar(kompaniyalar);
- korxona yoki maxsus sinash laboratoriyalari.
Sinov jihozlarini tekshirib turuvchi metrologik xizmatlar bo‘lishi mumkin.
O‘z NSS miqyosida sertifikasiyani o‘tkazish uchun respublika yoki xorijiy
davlatlarning talabgorlariga bir turdagi mahsulotni sertifikasiyalashtirish bo‘yicha
akkreditlangan idoraga bog‘liqligida deklarasiya-talabnoma jo‘natiladi.
Idora shartlari bilan talabnoma birgalikda sertifikasiyalashtirish bo‘yicha
talabgor butunlay sertifikasiyalashtirish uchun kerakli hujjatlarni ko‘rsatadi.
Sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idora talabnomani uzatish davridan xolis
bo‘lganda, deklarasiya-talabnoma sertifikasiyalashtirish bo‘yicha Milliy idoraga
jo‘natiladi.
193
Berilgan mahsulotni sertifikasiyalashtirish bo‘yicha bir qancha idoralar
mavjud bo‘lsa, talabgor istagan bittasiga deklarasiya-talabnomani jo‘natish
huquqiga ega.
Sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idora deklarasiya-talabnomani ko‘rib chiqadi,
hamda keltirilgan hujjatlarni tekshiradi va tahlil etadi. Shu bilan birgalikda
hujjatlarni qabul qilgandan 15 kun o‘tgandan keyin talabgorga xulosasini
yetkazadi, sertifikasiyalashtirish sxemasini va me’yoriy hujjatlar kerakligini
ko‘rsatadi.
Undan tashqari, xulosada sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni
sertifikasiyalashtirishni kim o‘tkazishini akkreditlangan sinov laboratoriyasini
ko‘rsatadi.
Mahsulotni sertifikasiyadan o‘tkazish muddati bir oydan ko‘p bo‘lmagan
holda mahsulot va sinov uslubida belgilangan me’yoriy hujjatlarda nazorat va
sinov muddatiga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Sertifikasiyalashtirilgan sinov berilgan mahsulotni sertifikasiya-lashtirishda
ishlatilgan me’yoriy hujjatlarda sinov o‘tkazish huquqiga egaligi ko‘rsatib o‘tilgan
akkreditlangan tizimdagi sinov laboratoriyasida o‘tkaziladi. Butunlay sinov
berilgan mahsulotga me’yoriy hujjatlarga bog‘liqligini va mahsulotning haqiqiy
sifat ko‘rsatkichlari haqidagi obyektiv va ishonchli ma’lumotlarni oladi.
To‘dadan olingan mahsulotlarni sertifikasiyalashtirishda sinovdan o‘tkaziladi.
Namunalar soni, tanlash tartibi, qonun-qoidalari va saqlanishi
sertifikasiyalanayotgan mahsulot va sinov uslublaridagi me’yoriy hujjatlarda
belgilanadi.
Namuna tanlash sinalayotgan joyga namunalarni o‘z vaqtida yetkazib berishni
ta’minlash, hamda talabgorning ishtirokida sertifikasiya-lashtirish va sinov
laboratoriyasi bo‘yicha idora tomonidan amalga oshiriladi. Tanlash aniq mahsulot
to‘dasidan olingan namunalarni barobarlashtirishni o‘tkazish zarur. Kerakli paytda
maxfiyligini saqlagan holda tanlangan namunalar bosilishi yoki kodlanishi
mumkin. Uning uchun ikki nusxada tanlangan namunalar bo‘yicha akt tuziladi.
194
Bojxona nazoratida turgan, import qilinayotgan mahsulotdan namuna tanlash
ishlari bojxona nazoratchisi va tovar egasi ishtirokida bojxona idorasi ruxsati bilan
sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idora tomonidan olib boriladi. Uning uchun tanlash
akti uchta nusxada tuzilib, undan ikkinchi nusxasi bojxona idoralariga topshiriladi.
Talabgor o‘z mahsulotini sinash paytida ishtirok etish huquqiga egadir. Uning
uchun laboratoriyada maxfiyligi va normal saqlanish sharoitini ta’minlash bo‘yicha
chora-tadbirlar ko‘riladi.
Saqlanishi, sifati va sinov namunalarining ishonchliligi uchun javobgar
namunalarni akkreditlangan sinov laboratoriyasiga olib boradi. Sinov bayonnomasi
mutaxassis vakil tomonidan tuziladi va laboratoriya rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Sinov bayonnomasi talabgor va sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idoraga
topshiriladi. Sinov bayonnomasining nusxasi sertifikat muddati ishga tushmaganga
qadar saqlanib turiladi. Agar mahsulot sinovi turli akkreditlangan sinov
laboratoriyalarida alohida ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, mahsulotning qoniqarli
baholanish muvofiqligi qoniqarli sinov natijalari bilan barcha kerakli
bayonnomalar bilan hisoblanadi.
Sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idora qoniqarsiz sinov natijalariga ega bo‘lsa,
unda talabgorga sertifikat berishda e’tirof qilish sabablarini ko‘rsatgan holda o‘z
xulosasini beradi.
Ta’minlovchi va sinov laboratoriyasi tomonidan tuzilgan shartnomaga
muvofiq mahsulot namunalari sinalgandan keyin ta’minlovchiga qaytariladi.
Ishlab chiqarish holatini tekshirishdagi sertifikasiyalanayotgan mahsulot bir
turdagi mahsulotni sertifikasiyalashtirishni o‘tkazish tartibida belgilaydi. Ishlab
chiqarishni to‘liq tekshirishda shu korxonaning ishlab chiqarayotgan mahsuloti
sertifikatni ishlash muddatigacha sertifikat olish imkoniyatiga egaligini tasdiqlaydi.
Tekshirish jarayonida muhim ko‘rsatkichlar va mahsulot ishlab chiqarish sharoiti,
hamda sifat tizimlarining elementlari tahlil etiladi.
195
Sertifikasiyalanayotgan mahsulotning konstruktorlik, texnologik, me’yoriy
hujjatlarga tenglashtirish va sinash uslublariga, sifatni nazorat qilish va uni
tashkillashtirish uslublariga, metrologik ta’minotga rioya qilishni tekshiradi.
Tekshirish natijalari bo‘yicha sertifikat berish haqidagi akt tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |