Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


Sertifikasiyalashtirilgan mahsulotni inspeksiya nazorati



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

9.5. Sertifikasiyalashtirilgan mahsulotni inspeksiya nazorati
Inspeksiya nazorati mahsulotni sertifikasiyalashtirishdan o‘tkazishda
belgilangan me’yoriy hujjatlarga bog‘liqligini tekshirib boradi.
Sertifikasiyalanayotgan mahsulotni inspeksiya nazoratining ketma-ketligi va
davomiyligi qabul qilingan sertifikasiyalash-tirish sxemalarida keltirilgan.
Muvofiqlik sertifikatini berishgacha sertifikasiya-lashtirish bo‘yicha
idoraning xulosasiga muvofiq inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun talabgor bilan
shartnoma qilinadi.
Bu shartnomada ish turlari, o‘tkazish muddati va inspeksiya nazorati bo‘yicha
ishga haq to‘lash sharti belgilanadi.
Inspeksiya nazorati obyektlariga quyidagilar kiradi:
- mahsulotga me’yoriy hujjatlar, sinov uslublari va ishlab chiqarish
texnologiyasi;
- sertifikasiyalanayotgan mahsulot;
- ishlab chiqarish yoki sifat tizim;
- korxona-tayyorlovchilar va savdo tashkilotlarida sertifikasiya-lanayotgan
mahsulot sharoiti va saqlanish muddati;
- taxlash, transportlash;
- kuzatish hujjatlari;
-
muvofiqlik belgisiga tamg‘a qo‘yish.
Inspeksiya nazorati tasdiqlangan dasturga muvofiq o‘tkaziladi, ba’zida
komissiya mahsulot ishlab chiqarish sifatiga bog‘liq ravishda obyektlar va
jarayonlar dasturida xabardor qilmasdan tekshirish mumkin.
Ishlab chiqarishni tekshirishda komissiya qoniqarsiz natijalariga ega bo‘lsa,
unda bayonnomalar ko‘rinishidagi rasmiylashtirishda korxonani chetlashtiradi.
Bog‘liqsizlikning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
- sertifikasiyalashtirish davrida me’yoriy hujjatlarning talablari buzilganda;


200
- mahsulot yoki sinov uslublariga me’yoriy hujjatlarning o‘zgarishi;
- mahsulotning tarkibi yoki komplektligi o‘zgarsa;
- ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgarsa;
- texnologiyaga nazorat va sinov uslublariga rioya qilinmasa.
Inspeksiya nazorati mahsulot yoki ishlab chiqarishdagi belgilangan talablarga
bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmaganligini obyektiv jihatdan asoslashni belgilasa
tugallangan deb hisoblanadi.
Bog‘liqligi haqidagi qoniqarli xulosaga ega bo‘lgan akt asosida
sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idora muvofiqlik belgisini qo‘llashga muvofiqlik
sertifikati va lisenziya shartnomasini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.
Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatining ishlashi va
muvofiqlik belgisining qo‘llanilishini to‘xtatib qo‘yishi yoki bekor qilishi mumkin.
To‘xtatib qo‘yish haqidagi qarorlar tuzatuvchi korxona sertifikasiyalashtirish
bo‘yicha idora bilan kelishgan holda amalga oshiradi. Bunda talabgor o‘z
mahsulotini me’yoriy hujjatlarga bog‘liqlikda akkreditlangan sinov
laboratoriyasida qaytadan sinov ishlarini o‘tkazmaslikni bartaraf etishi yoki
tasdiqlashi mumkin. Agar buni amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, unda
sertifikatning ta’siri va muvofiqlik belgisining ishlatilish huquqi bekor qilinadi.
Shu davrdan boshlab bu bekor qilinish O‘z NSS resstrida qayd etiladi va kuchga
kiradi.
Bekor qilish haqidagi qaror muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan korxonaga
yuboriladi. Bu korxona sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idorasiga muvofiqlik
sertifikatiga bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlarning nusxasini yuborishi kerak.
Mahsulotga berilgan sertifikatning bekor qilinishidan keyin, savdo nuqtalariga
mahsulotni tarqatish yoki sotish bekor qilinadi.
Sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idoraning bekor qilish haqidagi qarorini
O‘zbekiston standartlashtirish agentligi, bojxona idoralariga va ommaviy vosita
ma’lumotlariga jo‘natadi.


201
Inspeksiya nazoratining bergan xulosasi talabgorni qoniqtirmasa, unda
sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idoraning appelyasiya komissiyasiga berishi yoki
O‘zbekiston standartlashtirish agentligiga murojaat qilishi mumkin.
Korxona muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lsa, unda ta’minlovchi ishlab
chiqarayotgan mahsulotiga muvofiqlik belgisini qo‘yadi va o‘z vaqtida qaytadan
muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatning ta’sir muddatini kuzatib boradi.

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish