Majburiy sertifikasiyalashtirish ishlarining davlat tomonidan
moliyaviy ta’minoti
Quyidagi ishlar:
- sertifikasiyalashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, hamda uni o‘tkazish
qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;
- sertifikasiyalashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;
- xalqaro (mintaqaviy) sertifikasiyalashtirish tashkilotlari ishida qatnashish,
hamda chet el milliy sertifikasiyalashtirish idoralari bilan birgalikda ishlar
o‘tkazish;
- sertifikasiyalashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar
ishlab chiqish, hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;
- sertifikasiyalashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-
tadqiqot ishlari va boshqa ishlar olib borish;
- sertifikasiyalashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda
sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi nazorati olib borish ishlari
davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |