Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


 O‘zbekiston respublikasining sertifikatlashtirish idoralari



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

9.2. O‘zbekiston respublikasining sertifikatlashtirish idoralari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston
standartlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish
idorasidir.
 O‘zbekiston standartlashtirish agentligi mazkur Qonunga muvofiq:
-sertifikasiyalashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi,
sertifikasiyalashtirish o‘tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular
to‘g‘risida rasmiy axborotlarni e’lon qilib boradi;
-sertifikasiyalashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini
ishlab chiqadi, hamda ularni hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda
sertifikasiyalashtirishning xalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul
qiladi, shuningdek sertifikasiyalashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida
bitimlar tuzadi, sertifikasiyalashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan
o‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi
nomidan ish ko‘radi;
-majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yxatini belgilaydi;
-bir turdagi mahsulotlarni sertifikasiyalashtirish idoralarini va sinov
laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditasiya qiladi;
-sertifikatlangan mahsulotlarning, akkreditasiya qilingan
sertifikasiyalashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining),
ekspertlarning Davlat reyestrini yuritadi;
-bir turdagi mahsulotlarni sertifikasiyalashtirishga akkreditasiya qilingan
idoralar va sinov laboratoriyalari (markazlari) sertifikasiyalashtirish qoidalariga
rioya etish ustidan va sertifikatlangan mahsulotlar ustidan davlat tekshiruvi va
nazoratini amalga oshiradi;
-qonun hujjatlarining me’yorlarini buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlari
va muvofiqlik belgilarini bekor qiladi hamda amal qilishini to‘xtatib qo‘yadi,
sertifikasiyalashtirish idoralarining akkreditasiya qilinganlik to‘g‘risidagi


177
guvohnomalarini bekor qiladi, sinov laboratoriyalarining (markazlarining)
faoliyatini tugatadi.
O‘zbekiston standartlashtirish agentligining sertifikasiyalashtirish sohasidagi
faoliyatini moliyaviy ta’minlash manbai — davlat byudjeti mablag‘i, shuningdek
O‘zbekiston standartlashtirish agentligi ko‘rsatayotgan xizmat uchun olinadigan
xaqdan iborat.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikasiyalashtirishga akkreditasiya qilingan
idoralar:
-bir turdagi mahsulotlarni sertifikasiyalashtirish tizimlarini tuzadilar va
ularning amal qilishini ta’minlaydilar;
-sertifikasiyalashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar;
-milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el
muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadilar;
-sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va sertifikasiya-lashtirish idoralarini
akkreditasiya qilish bilan bog‘liq sarf - harajatlarni arizachi qoplaydi.
Tegishli sertifikasiyalashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditasiya
qilingan sinov laboratoriyalari  (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini
yoki muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikasiyalashtirish
maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar.
O‘zbekiston standartlashtirish agentligi o‘z vazifalarining bir qismini bir
turdagi mahsulotlarni sertifikasiyalashtirish idoralariga va sinov laboratoriyalariga
(markazlariga) o‘tkazishga haqlidir.
O‘zDST 5.2-93 standarti joriy etilgan bo‘lib, bu standart
cyertifikasiyalashtirish  idorasiga   O‘zbekiston   Respublikasi-ning Milliy
tizimining vakolatli idorasi sifatida tan olinishi uchun zarur bo‘lgan talablarni
belgilaydi. Bu standart Xalqaro ISO/MEK ning 40, 28, ISO.27, ISO MEK 2
ko‘rsatmasiga binoan ISO 8402 standartiga muvofiq keladi.
Sertifikasiyalash tashkilotiga quyiladigan talablar quyidagi mezonlarga
muvofiq:


178
1. Sertifikasiyalash tashkilotining mustaqilligi.
2. Sertifikasiyalash masalalarining aniq bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy
tizimning mavjudligi.
3. Sertifikasiyalashni o‘tkazishga muvofiq keluvchi sifat tizimi, mahsulot va
sinash usullari uchun me’yoriy va texnikaviy hujjatlar fondlarining mavjudligi.
4. Sertifikasiya o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan akkreditlangan sinov
laboratoriyalarining mavjudligi.
5. Maxsus tayyorgarlik va attestasiyadan o‘tgan malakali xodimlarning
mavjudligi.
6. Sertifikasiyalash Milliy idorasi O‘zbekiston Davlat standartlarining talabiga
binoan sertifikasiyalash sohasidagi zarur xizmatlarni ko‘rishda o‘zining
imkoniyatlarini tegishli saviyada namoyish eta bilish qobiliyati. Idora
mustaqilligini ta’minlovchi zaruriy shartlar: ma’muriy, iqtisodiy va yuridik
jihatdan mustaqil yuridik shaxs bo‘lishi kerak. Quyidagilar bo‘lmasligi kerak:
a) sertifikasiyalashtirilayotgan mahsulot yetkazib beruvchilar yoki
ishlatuvchilar bilan tijoratdagi manfaatdorlik;
b) sertifikasiyalashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqariщda yoki loyihalashda
xo‘jalik faoliyati;
Sertifikasiyalash idorasining sifat tizimiga bo‘lgan talablar:
a) sertifikasiyalash idorasi haqida nizom;
b) sifat bo‘yicha ko‘rsatma;
v) xodimlarni o‘qitish va attestasiyalash;
g) mahsulot sifati va ishlab chiqarish tizimining tartibi;
d) har bir hodimlar uchun yo‘riqnoma;
ye) mahsulot tizimlarini sertifikasiyalash uchun eksport-auditorlarning
ro‘yxati;
yo) muvofiqlik sertifikasiyalarini ro‘yxatga olish uchun sertifikasiyalash
natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
j) appellasiyani ko‘rib chiqish;
z) sertifikasiyalashtirish idorasi o‘z faoliyatini o‘zi baholash tartibi;


179
i) sertifikasiyalashtirish hujjatlarini hisobga olish va saqlash tartibi.
O‘zini o‘zi baholashda tahlil qilinadigan obyektlar:
- sertifikasiyalash idorasining amaliy faoliyati qabul qilingan sifat siyosatiga
mos kelishi;
- sertifikasiyalashtirish natijalari haqidagi hisobotlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, hodimlar malakasi to‘g‘risida hisobotlar;
- sertifikasiyalashtirish idorasining faoliyatini sertifikasiyalashtirish bo‘yicha
Milliy idora tomonidan tekshiruvchi nazorat haqida xulosa.

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish