Bundan tashqari Feruz farmoniga muvofiq 1904-yilning 10-
noyabrida Urganchda yangi usul maktabi ochildi. Bu maktab
o‘quvchilarining soni 55 nafar bo‘lib, shundan 45 nafari mahalliy millat
farzandlari edi.
Husayn Qo‘shayev 1906-1907 o‘quv yilida xonlikdagi ota-
onalaming va ilg‘or ma’rifatparvar kishilaming orzu-istaklarini hisobga
olib, Urganchda qizlar maktabini tashkil etdi. Bu muhim voqeadan
xursand boigan Feruz Urganchga borib, mazkur maktabdagi ta’lim-
tarbiya ishlari bilan o‘zi tanishdi va Husayn Qo‘shayevning boshlagan
foydali tadbiri uchun uni qoilab-quwatlab bosh-oyoq sarupo kiygizdi
va xazina hisobidan maktabga moddiy yordam berib turishga qaror
qildi.1
Muhammad Rahimxon Feruz atrofidagi ilg‘or fikrli kishilar Komil
Xorazmiy, Xudoybergan Devonov, Sayid Islomxo‘janing tashabbuslari
bilan 1891-yilda Xivada rus-tuzem maktabi ochildi. Feruz bu maktabni
ham o‘z homiyligiga oldi. Rus-tuzem maktabida rus tili va adabiyoti,
riyoziyot, tarix, jug‘rofiya, tabiat kabi fanlardan tashqari ona tili va
islom fani asoslari ham o‘qitilardi. Shunday qilib, Feruz Xorazmda
maktab va madrasalarda taiim-tarbiya ishlarini rivojlantirishga alohida
e’tibor bilan qaradi, talabalarga va mudarrislarga doimo g‘amxo‘rlik
qilib turdi.
Muhammad Rahimxon Feruzning ma’rifatparvarlik faoliyati haqida
gapirar ekanmiz, uning oilaparvarligi, xotin va bolalariga mehribonligini
ham alohida ta’kidlashimiz lozim. Bolalaming tarbiyasiga qarash uchun
enagalar birkitilgan boiib, o‘g‘il bolalarning yurish-turishlaridan
xabardor boiib turish o‘z mahramlariga topshirilgan edi.
Feruz uyda juda ham oddiy va kamtarin inson boiib, har doim
oddiy kiyimda o‘tirar edi, o‘g‘il-qizlari va nevaralari bilan saboqlar olib
borar, xushchaqchaqlik qilib o‘ynashni juda ham yoqtirardi. Nevaralari
Sa’dulla to‘ra va Nosir to‘ra bobosi Feruz yordamida savod chiqardi,
she’riyatga va rassomchilikka mehr qo‘yib ulg‘aydilar. Feruzning
muallimlik xizmatlari behuda ketmadi, uning oilasidan, avlod-ajdodlari
orasidan Komyob, Oqil, Sodiq, Murodiy, Sultoniy, Sa’diy, Asad kabi
yigirma nafardan ortiq yetuk qalam sohiblari yetishib chiqib, qator
tarixiy asarlar va she’riy devon yaratdilar, xattotlik va tarjimonlik bilan
shug‘ullanib, madaniyatimiz xazinasini boyitdilar.
Feruz mohir tarbiyachi sifatida oila baxti, farzandlar istiqboli uchun
ko‘pgina ibratli ishlami qildi. Chunki u oilaning hayotda muhim o‘rin
Do'stlaringiz bilan baham: