Mualliflar mazkur «Umumiy pedagogika» o ‘quv qoHlanma-
sining I kitobi bo*yicha bildirilgan barcha tanqidiy mulohaza va
takliflarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar.
9
Ibob. PEDAGOGIKA TARIXIFANINING UMUMIY ASOSLARI
1.1. PEDAGOGIKA TA’LIM-TARBIYA HAQIDAGIFAN
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har
tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi
boiib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib
yosh avlodga o‘rgatish, ulami komillikka yetaklash yoilari, usullari va
qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insonning ma’rifiy va
ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa
orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol
shaxslami tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ortib, o‘zgarib, yangilanib
borgan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida taiim-
tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlami o‘qitish va tarbiyalash
sohasidagi tajribalami nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va
hayotga tatbiq qilish jarayonida pedagogika fani shakllandi.
«Pedagogika» atamasi yunoncha boiib, «bola yetak!ovchi»
degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalaming ko‘rsatishicha, qadimgi
Yunonistonda o‘z xo‘jayining bolalarini sayr qildirgan, maktabga olib
boradigan qullami «boIa yetaklovchi», ya’ni tarbiyachini «pedagogos»
deb atashgan. Keyinchalik esa bolalar taiim tarbiyasi bilan
shug‘ullanishga maxsus tayyorlangan o‘qimishli donishmandlami
«pedagog» deb atay boshlaganlar.
Shuningdek, Yunonistonda bolalaming «donishmand»lar bilan
suhbatini esa «maktab» deb atashgan. Garchi «maktab» yunoncha so‘z
boiib, «bo‘sh vaqt, mehnatdan dam olish» ma’nosini anglatgan
bo‘lsa-da, hozirda «maktab» esa taiim-tarbiya muassasasi sifatida
xizmat qilmoqda. Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hozirgi
0 ‘zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi asori atiqalar, o‘zbek xalq
pedagogikasi, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto», turkiy
xalqlaming eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklari «Urxun — Enasoy
yodgorliklari» va «Irq bitiklari», islom taiimotining asosiy manbalari
Qur’oni Karim va Hadislarda, shuningdek, tasawuf taiimotida ilgari
surilgan komil inson tarbiyasi va taiim-tarbiyaning mazmuniga oid
g‘oyalar ma’rifiy-pedagogik ahamiyatga ega boiibgina qolmasdan,
balki pedagogikaning fan sifatida shakllanishida, taiim va tarbiya
10
mazmunining boyib borishida hamda komil insonni tarbiyalashda
muhim manba ekanligi namoyon boiadi.
Sharq qomusiy olimlari va ma’rifatparvar pedagoglari Muso al-
Xorazmiy «Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr val-muqobala», Al-
Kindiy «Insoniy bilimlar tasnifi», Abu Nasr al-Forobiy «Ixso al-ulum»
(«Ilmlar tasnifi») va «Fozil odamlar shahri», Abu Ali ibn Sino
«Donishnoma», «Tadbiri manzil» va «Aqsom al-ulum aqliyya», Abu
Rayhon Beruniy «Minerologiya», «Hindiston», «Saydona», Abu
Abdulloh al-Xorazmiy «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kaliti»), Ismoil al -
Buxoriy «Al-Jome’ as-sahih» va «Al-adab al-mufrad», Abu Iso at-
Termiziy «Al-Jome’ as-sahih», Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig»,
Kaykovus «Qobusnoma», Zamaxshariy « 0 ‘git va nasihatlaming oltin
shodalari», Najmiddin Kubro «Odob qoidalari», So‘fi Olloyor «Sabot ul-
ojizin» Burxoniddin Zarnudjiy « 0 ‘quvchiga taiim yoiida yo‘llanma»,
Ahmad Yugnakiy «Hibat ul -haqoyiq», Amir Temur «Temur tuzuklari»,
Ulug‘bek «Zij» va «Tarixi arba’ ulus», Alisher Navoiy «Hamsa» va
«Mahbub ul-qulub», Abdurazzoq Samarqandiy «Matlai sa’dayn va
majmai bahrayn», Abdurahmon Jomiy «Bahoriston», Sa’diy «Guliston»,
Davoniy «Axloqi Jaloliy», Husayn Vaiz Koshifiy, «Axloqi Muhsiniy»,
Bobur «Bobumoma», Abdulg‘oziy «Shajarai turk» va «Shajarai
tarokima», Munis Xorazmiy «Munis ul-ushshoq» va «Savodi taiim»,
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar
odobi»), Muhammadrizo Ogahiy «Ta’vizul-oshiqin», Furqat «Ilm
xosiyati», «Ko‘rgazma» va «Gimnaziya», So‘fi «Ustod», «Mudarris» va
«Dars», Ahmad Donish «Navodirul vaqoe» («Nodir voqealar»),
Saidrasul Saidazizov «Ustodi awal», Ali Askar Kalinin «Muallimi
Soniy», Munawar Qori «Adibi awal», Abdulqodir Shakuri «Rahnamoi
savad»,
Abdulla Avloniy
«Adabiyot yoxud milliy she’rlar»
(«Adabiyotdan xrestomatiya»), «Adibi awal», «Ikkinchi muallim» va
«Turkiy guliston yoxud axloq», Mahmudxo‘ja Behbudiy «Bolalar uchun
kitob», «Islomning qisqacha ta’rifi», «Amaliyoti islom», Sadriddin
Ayniy «Taxzib us-sibyon» («Bola tarbiyasi»), Abduxoliq Usmon Qori
«Tahsil ul-tavjid», «Yengil adabiyoti», Muhammadjon Qori Naimjon
«Odobli bola», Rahimov Muhammadjon Mirza «Taiimiy hisob»
(«Arifmetika taiimi»), Saidahmad Siddiqiy «Mir’ati adab» («Odob
ko‘zgusi»), Abdurauf Fitrat «Rahbari najot» va «Sayyohi hindi
bayonoti», H.H.Niyoziy «Qiroat» («Yengil adabiyot», « 0 ‘qish kitobi»
kabi ma’rifiy-pedagogik asarlarida, G‘arbda esa Platon «Davlat»,
Aristotel «Siyosat», Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika», logann
11
Genrix Pestolossi «Gertruda o‘z bolalalarini qanday qilib o‘qitadi»,
Iogann Gerbart «Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy
pedagogika», «Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to‘g‘risidagi
xatlan>, «Pedagogikaga doir leksiyalar ocherki», Adolf Distverg «Nemis
o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma», Konstantin Dmitrievich
Ushinskiy «BolaIar dunyosi», «Muallimlar uchun qoilanma», «Kishi -
tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba»), Lev
Nikolaevich Tolstoy «Alifbe» va « 0 ‘qish kitobi», Anton Semenovich
Makarenko «Pedagogik poema», «Ota-onalar kitobi», «Bolalar tarbiyasi
to‘g‘risida leksiyalar», «Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi xulosalar»,
Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy «Pavlish maktabi», «Bolalarga
jonim fido» kabi asarlarida va o‘zlarining ijodiy pedagogik faoliyatlarida
pedagogikaning bosh masalasi - tarbiya muammosi va taiim
mazmuniga turlicha munosabat bildirib, pedagogika taiim -tarbiya
haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar.
Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy taiim va tarbiyaga birinchi marta
shunday ta’rif bergan edi: «Ta’lim, - degan so‘z xalqlar va shaharliklar
o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar
o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish
degan so‘zdir.
Taiim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina boiadi. Tarbiya esa, amaliy
ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan
iborat
boigan
ish-harakat,
kasb-hunarga
berilgan
boiishni,
o^rganishidir)).1
Ma’rifat darg‘asi A.Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida
esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: «Tarbiya
pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur...
«Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot —
yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir...»2
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, pedagogika tushunchasini
tarixiy taraqqiyotiga quyidagi umumlashgan ta’rifni bersak boiadi:
pedagogika jamiyatning taiim va tarbiyaga boigan ehtiyojini
qondirishga yo‘naltirilgan ilm-fan va amaliy faoliyat sohasidir.
Pedagogika tarixi fani predmeti - mustaqil 0 ‘zbekiston
Respublikasida taiim-tarbiyaning jahon xalqlari pedagogik-tarixiy
taraqqiyoti bilan uzviy bogiiq holda, yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida
o‘rganishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |