teng bo‘lib, u - (10 + X) /3 + X bo‘lgani uchun bundan 10/3=-2/3*x
va x=5
2-masala. Yafot etgan kishining xotini, uning bitta ota va onadan
ikki ukasi va ikki singlisi qolgan va u boshqa bir odamga o‘z molining
to‘qqizdan birini vasiyat qilgan. Qoidasi bunday: agar sen merosning
bo‘laklarini qirq sakkiz qismdan iborat desang, uning (sanog‘ini)
aniqlagan bo‘lasan. Sen bilasanki, agar molning hammasidan to‘qqizdan
birini
ayirsang,
sakkizdan
to‘qqizi
qoladi
va
ayrilayotgan
qolayotganning sakkizdan biriga teng. To‘qqizdan sakkizta uning
sakkizdan birini qo‘sh va qirq sakkizta uning sakkizdan birini, bu olti,
qo‘sh, bu bilan sening moling to‘liq bo‘ladi. Ellik to‘rt hosil bo‘ladi.
To‘qqizdan biri vasiyat qilingan kishi bundan oltisini, ya’ni butun
molning to‘qqizdan birini oladi. Qolganini, ya’ni qirq sakkizni
merosxo‘rlar orasida ulaming ulushiga ko‘ra taqsimlanadi.
1- izoh. Islomda meros taqsim qilish huquqi shariat qonuniga ko‘ra
belgilangan bo‘lib, unga Qur’oni Karimdagi «Niso» surasining 11-12-
oyatlari asos qilib olingan: «Alloh farzandlaringizga (tegishli meros)
haqida bir o‘g‘il uchun ikki qiz ulushi barobarida meros berishni amr
qilur. Agar merosxo‘rlar ikkidan ortiq bo‘lsa, ularga yer qoldirgan
narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bo‘lsa, unga (merosning) yarmi
tegur. Agar marhumning farzandi bo‘lsa, ota-onasining har biriga
qoldirgan merosidan oltidan biri tegur. Endi agar farzand bo‘lmay, faqat
ota-onasi (merosxo‘r) bo‘lsa, u holda onasiga uchdan bir tegur (qolgani
otasiga qoladi). Agar uning aka-ukalari bo‘lsa, onasiga oltidan biri tegur.
(Qolgan qismi otasiga tegadi, zero, marhumning aka-ukalarini yedirib-
kiydirish va uylab-joylash otaning zimmasidadir. Bu taqsimotlar).
Marhum qilgan vasiyat va uning qarzlari ado etilganidan keyin bo‘lur.
Ota-onalaringizning qaysi birlari sizlar uchun foydasi teguvchiroq
ekanini bilmaysizlar. (Binobarin o‘zingizga qolsa, meros taqsimotini
ham adolat bilan hal qila olmaysiz. Shu boisdan kimga qancha meros
tegishi) Alloh tomonidan qat’iy farz qilib qo‘yildi. Albatta, Alloh bilim
va hikmat egasi bo‘lgan zotdir. Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan
merosdan — agar ulardan farzand qolmagan bo‘lsa, yarmi tegur. Endi
agar ulaming farzandlari qolgan bo‘lsa, sizlarga ulaming merosidan
to‘rtdan bir tegur. (Bu taqsimot) marhuma qilgan vasiyat va uning
248
qarzlari ado etilgandan keyin boiur. Ularga (xotinlaringizga) sizlar
qoldirgan merosdan agar - sizlardan farzand qolmagan boisa - to‘rtdan
bir tegur. Endi agar sizlaming farzandingiz qolgan boisa, ularga sizning
merosingizdan sakkizdan bir tegur. (Bu taqsimotlar) sizlar qilgan vasiyat
va qarzlaringiz ado qilingandan keyin boiur. Agar merosi qolayotgan
erkak yoki ayolning na ota va na onasi boimay, (ona tomonidan) bir aka
yoki ukasi yoxud bir opa yoki singlisi qolgan boisa, ulaming ikkovidan
har biriga oltidan bir tegur. Endi agar ular birdan ortiq boisalar, ular
merosini uchdan bir hissasiga teng sherik boiur. (Bu taqsimotlar)
merosxo6rlari zarar yetkazmaydigan holda qilingan vasiyat va qarzlar
ado qilingandan keyin boiur».
Demak, Islomda meros ulashishning sha’riy huquqiga ko6ra, onasi
molning oltidan bir qismini, xotini sakkizdan bir qismini olgani uchun
kerakli yoki zaruriy meros, ya’ni onasi, xotini, aka-ukalari va opa-
singillariga qoldirgan merosi 48 qismga boiinadi, bundan sakkiz qismi
onasiga, 6 qismi xotiniga tegadi, qolgani esa aka-uka, opa-singillar
orasida taqsim qilinadi. Kerakli meros 9 dan 8 qism boigani uchun
butun mol 8 dan 9 ko6paytiruv 48 barobar 54 qismga boiinadi, bundan 9
qismi-vasiyat qilingan kishiga tegadi, 8 qismi onasiga, 6 qismi xotiniga,
qolgan qismlari esa aka-uka va opa-singillar orasida taqsim qilinadi.
Umuman olganda, shariat va islom huquqshunosligida meros taqsim
qilishda bunday murakkab masalalami hal qilish qozilaming qoiidan
kelmasdan, ular madrasada maxsus tayyorlangan «Faroyiziyon»larga,
ya’ni «meros boiuvchi» matematiklarga murojaat qilishga majbur
boiardilar. Shu jihatdan Muhammad al-Xorazmiyning «Al-kitob al-
mwctasar fi-hisob al-jabr va-l-muqobala») asarining «Vasiyatlar kitobi»
qismi kvadrat tenglamalar orqali shunday meros taqsim qilishning
murakkab masalalarini hal qilishga moijallangan qoilanma desak
boiadi. Chunki al-Xorazmiyning bu asari uzoq vaqt Sharq
mamlakatlarida madrasalarda meros taqsim qilishning ilmiy va amaliy
nazariyasini biluvchi mutaxassislar, ya’ni «Faroyiziyon»lar tayyorlashda
asosiy qoilanma vazifasini bajarib keldi.
3-masaia. Bir kishi oiadigan kasal boia turib, bir ayolga yuz
dirhamga uylandi va uning bundan boiak moli yo‘q edi, ayolning o‘zi
baravar mahri o‘n dirham edi. So‘ngra ayol oidi, u molining uchdan
birini vasiyat qilgan edi. Keyin eri oidi. Qoidasi bunday: u ayoldagi
yuzdan uning mahrini, ya’ni o‘nni ayir. Unda to‘qson dirham qoladi,
vasiyat qilganini ana shundan hisoblanadi. Vasiyat qilganni narsa deb ol
va uni shunday ayir. Narsasiz to‘qson qoladi. Ayolning qoiida o6n
249
dirham va narsa qoladi. U o‘z molining uchdan birini, ya’ni uch - u
uchdan bir dirham va uchdan bir narsaning vasiyat qilgan. Olti-yu
uchdan ikki dirham va uchdan ikki narsa qoladi. Bundan eri merosining
o‘ziga qaytadigan - yarmi, ya’ni - uch - u uchdan bir dirham va uchdan
bir narsa. Erining merosxo‘rlari qoiida narsaning uchdan ikkisisiz
to‘qson uch - u uchdan dirham qoladi. Mana shu xotini merosining ikki
baravaridir, ya’ni narsa, chunki xotin eri qoldirgan merosning uchdan
birini vasiyat qilishga haqi bor. Uning vasiyat qilganining ikki baravari
ikki narsadir. To‘qson uch - u uchdan birni uchdan ikki narsa bilan
toidir va buni ikki narsaga qo‘sh. Hosil boiadi: to‘qson uch - u uchdan
bir dirham ikki-yu uchdan ikki narsa teng. Bitta narsa shuning sakkizdan
uchi, ya’ni o‘ttiz besh dirhamdir.
1- izoh. Mahr - islom shariat huquqida uylanuvchi kishi ayolning
«mahriga iushgan» pulni toiashi kerakligi qonuniylashtirilgan boiib,
ayol esa o‘z «mahriga tushgan» pulni xohlaganicha sarflash huquqiga
egaboigan.
2.
Ayol vasiyat qilayotgan narsani X desak, mahri bilan birga 10+X
boiadi, erining qaramogidagi pul esa 100-(10+X)~90-X boiadi. Ayol
o‘z molining uchdan birini vasiyat qilishi mumkin, bu 3 dan 1 (10+X)
boiadi. Eriga undan qolganining yarmi, ya’ni 3 dan 1 (10-X) tegadi,
qolganning ikkisi yarmini ayolning vorislari oladi. Shuning uchun
erining vorislariga 90X+3 dan 1 ayiruv (10+X) tegadi. Boshqa jihatdan,
xotin eridan qolganning faqat uchdan biriga egalik qilishi mumkin
boigani uchun erining vorislariga 2X tegadi. Shuning uchun 90-X+3
dan 1 (10+X)-2X, ya’ni X-35 boiadi.
Xulosa qilib aytganda, Muhammad al-Xorazmiyning matematik
asarlaridagi meros taqsim qilishga doir masalalar qaysi zamonda, qaysi
davrda boimasin, na faqat musulmon huquqi uchun, balki hozirgi
kundagi huquqshunoslik fani taraqqiyoti uchun ham nazariy va amaliy
ahamiyatga egadir.1
Sharqning buyuk qomusiy olimi «Muaiiimi soniy (Ikkinchi
muaiiim) Abu Nasr Forobiy (873-950) taiim-tarbiyaga bagishlangan
«Fozil odamlar shahri»f «Ilmlarning kelib chiqishi» asarlarida barkamol
shaxsni tarbiyalashda nimalarga e’tibor berish zarurligi, taiim bilan
tarbiya birligi haqida qimmatli fikrlar bildiradi.
Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to ‘g ‘risida» nomli risolasida
taiim-tarbiya birligi haqida fikr yuritar ekan, unda taiim berish
Do'stlaringiz bilan baham: |