(me’yori) deb qarash mumkin. Awalo, buyuk olimning bunday axloq
dasturi uning dunyoqarashini belgilab beradi. Shuning uchun boisa
kerak, u o6z hayotini insoniyat baxt-saodatiga bagishlaydi.
Al-Xorazmiyning
tabiiy-ilmiy,
ma’rifiy-pedagogik
qarashlari
algebra fanining kelib chiqishi va unga bagishlab asar yozishi sababini
bayon etishda ham aniq ko‘rinadi: «...men arifmetikaning oddiy va
murakkab masalalarini o ‘z ichiga oluvchi «Aljabr va-al-muqobala
hisobi haqida qisqacha kitobmi ta ’lif qildim, chunki meros taqsim
qilishda/ vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida,
savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer o ‘lchashda,
kanallar o ‘tkazishda, handasa va boshqa shunga o ‘xshash . turlicha
ishlarda kishilar uchun bu zarurdir». Demak, al-Xorazmiyning bu
so‘zidan ravshanki, risola hayot taqozosi tufayli vujudga kelgan.
Al-Xorazmiyning ilmiy jasorati, bashariyat oldidagi buyuk xizmati
shundaki, u o‘z asarlari bilan zamonasining buyuk matematik, mohir
geodezist, ajoyib geograf, zabardast astronom, yetuk tarixnavis olimi va
murabbiysi sifatida tabiiy-ilmiy fanlar, yosh avlod kamoloti va tafakkuri,
ilm-fan ravnaqi uchun xizmat qildi, insoniyatning ma’rifiy yuksalishiga
katta hissa qo‘ shdi.
Allomaning asarlari nazariy-amaliy ishlar bilan uzviy bogiangan
o‘rta asrlar riyoziyotining ajoyib namunasidir. Hayotda tabiiy kuchlar
bilan kurashda insonga ko‘maklashish, uning og‘irini yengil qilish al-
Xorazmiy asarlarining asosiy maqsadidir. Uning «arifmetikasi» va
«algebrasi» hammaga birdek qoilanma boigan va hamon kishilarga
xizmat qilib kelmoqda, jahondagi hamma maktablarda arifmetika va
algebra ofirgatiladi. Hisoblashning har xil mashinalari, jumladan,
elektron hisoblash mashinalari al-Xorazmiy tamoyillari asosida xalq
xo‘jaligiga xizmat qilmoqda.
Al-Xorazmiyning qomusiy ilm tizimi jahon ma’rifat ko‘zgusidagi
mo‘jizalar lavhasi boiib, uni hozirgi va kelgusi avlodga targib qilish
muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu bilan Sharq xalqlari o‘zligini
anglashga yaqindan yordam beradi.
Muhammad al-Xorazmiyning «Al-kitob al-muxtasarfi-hisob al-jabr
va-l-muqobala» asari fiqh ilmi taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Alloma
mazkur asami yozilishi sababini quyidagicha bayon etadi: «...men
arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o ‘z ichiga oluvchi
«Aljabr va-l-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»ni ta ’lif qildim,
chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda
va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer
246
o ‘lchashda, kanallar o ‘tkazishda, handasa va boshqa shunga o ‘xshash
turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».
Demak, Muhammad al-Xorazmiyning bu asardan asosiy maqsadi
musulmon huquqiga qat’iy amal qilgan holda merosxo‘rlar o‘rtasida
mulkni taqsimlash masalasini nazariy va amaliy jihatdan yoritishga
qaratilgan. Bu murakkab masalani sof arifmetik usulda hal qilish qiyin
bo‘lganligi sababli, obyektiv ravishda algebraik usulni qo‘llaydi va
algebraning asosiy bo‘limi - tenglamalami meros taqsimlashga mohirlik
bilan tatbiq qiladi. Garchi al-Xorazmiydan avval meros taqsim qilish
masalasi bilan Bobil, Misr va yunonlar shug‘ullangan bo‘lsalar-da, al-
Xorazmiy bu masalani musulmon huquqi asosida meros taqsim
qilishning nazariy va amaliy asoslarini birinchi bo‘lib ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham Muhammad al-Xorazmiyni meros taqsim qilish
nazariyasi va amaliyotining asoschisi deyishimiz mumkin.
Darvoqe, Muhammad al-Xorazmiy «Al-kitob al-muxiasar fi-hisob
al-jabr va-l-muqobala» asarining oxirgi qismini
«Vasiyatlar kitobi»
nomi bilan ataydi va bu qism hajm jihatidan asaming beshdan ikki
qismini tashkil qiladi. Bu qismda, o‘z zamonasining kundalik talablariga
va musulmon huquqiga qat’iy amal qilgan holda, merosxo‘rlar o‘rtasida
mulkni taqsim qilishga doir bir necha bobda turli nomlar bilan murakkab
masalalar beriladi. Masalalar shartiga ko‘ra, tenglama tuzishda hech
qanday belgi va ramz ishlatilmaydi va uni yechish qoidasi so‘z orqali
bajariladi. Biz quyida ana shunday meros taqsim qilishga doir murakkab
masalalami ikki-uchtasini yechish namunalarini izohlari bilan kelti-
ramiz:
1-masala. Vafot etgan kishidan ikki o‘g‘il qolgan va u molining
uchdan birini boshqa odamga vasiyat qilgan. U naqd o‘n dirham va
o ‘g‘illaridan birining (ulushiga teng) qarzga bergani qoldirgan. Qoidasi
bunday: Qarzdan olinadigan narsa deb qabul qil va uni naqdiga, ya’ni
o‘n dirhamga qo‘sh. 0 ‘n va narsa hosil bo‘ladi. Bundan uchdan birini
ayir, chunki u molining uchdan birini vasiyat qilgan, bu uch - u uchdan
bir dirham va narsaning uchdan biri. Olti-yu uchdan ikki dirham va
narsaning uchdan ikkisi qoladi. Buni o‘g'illar orasida taqsimla. Shunda
har bir o‘g‘ilning ulushi - uch - u uchdan bir dirham va narsaning
uchdan biridir. Bu olinadigan narsaga teng. Shu yerda narsaning uchdan
birini narsaning uchdan biriga ro‘para qo‘y. Qolgani uchdan ikki
dirhamga teng uch dirham va narsaning uchdan ikkisidir. Sen narsani
to‘ldirishga muhtojsan (bunga uning yarmiga tengini qo‘sh va uch - u
247
uchdan birga uning yarmiga tengini qo‘sh, besh dirham hosil bo‘ladi.
Mana shu narsa bo‘lib), u qarzdan hosil bo‘ladi.
1- izoh. Agar qarzga berilgan X desak, butun mol 10+X bo‘ladi.
Ikkala o‘g‘ilga va vasiyat qilinganga tegadigan ulushlaming har biri
Do'stlaringiz bilan baham: