«Kitob surat al-arz» deb ataladi. Bu lotincha «geografiya» so‘zining
arabchaga aynan tarjimasi boiib, arz - yer, grafa - tasvirlash, surat
degani. Al-Xorazmiy bu asarini 836-847-yillar orasida yozib tugatgan.
Shundan 1037-yilda ko‘chirilgan yagona nusxasi bizgacha yetib kelgan.
Al-Xorazmiyning «Kitob at-tarix» asarida miloddan awalgi 312-
yildan to milodning 828-yilgacha xalifalikda yuz bergan voqealar hikoya
qilinadi. Shunday qilib, al-Xorazmiyning «Kitob-at-tarix» asari xalifalik
tarixining unchalik maium boimagan taraflarini yoritadigan muhim
harakatlar, xalq qo‘zg‘olonlari haqida muhim xabarlar, fan va madaniyat
tarixiga oid qimmatbaho dalillar keltiriladi.
Endi «Kitob at-tarix»ning o‘rta asrlar tarixnavisligida tutgan o‘miga
qisqacha to‘xtaladigan boisak, olimning bu asari butun o‘rta asrlar
mobaynida Sharq tarixnavisligiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelgan.
Shunga ko‘ra, al-Xorazmiy o‘rta asr tarixnavisligida muayyan an’anaga
asos solgani va uning ilk vakillaridan biri boigani shubhasizdir.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, al-Xorazmiyning «Quyosh
soatlari haqida risola», «Musiqa haqida risola», «Yahudiylami eralari va
bayramlarini aniqlash haqida risola» kabi asarlari ham boigan.
Shunday qilib, al-Xorazmiyning eng sermazmun davri xalifa al-
Ma’mun davri boiib, u xalifalikda birinchilar qatorida kundalik hayotda
turli tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlaming kerakligini va ilmsiz rivojlanish
boimasligini tushunib yetgan edi. U ilm-ma’rifat inson hayotini
osonlashtirishini, uning kundalik faoliyatida yordam berishini anglab
yetgan olimlardan edi. Al-Xorazmiy olamni bilishga intilib, diniy va
milliy yoki irqiy chegaralami tan olmay, turli din va millatga mansub
xalqlaming ilmiy yutuqlarini o‘zlashtirgan edi. U moddiy olam
hodisalarini talqin qilishda, undagi qonuniyatlami bayon etishda faqat
ilmga va tajribaga tayangan. Al-Xorazmiy arifmetikaga doir «Hisob al-
244
hind» risolasida aytadi: «Men hindlar 9 ta harfdan (ularni o ‘zlari
xohlaganlaricha joylashtirishlariga ko ‘ra) istagan sonlarini tuzishlarini
ko ‘rganimdan keyin, o ‘rganayotganlarga osonlik bo‘lishi uchun bu
harflardan nima hosil bo ‘lishini ko ‘rsatishni azm qildim».
Al-Xorazmiy o‘z ilmiy izlanishlarida insonparvarlik g6oyalariga
asoslanib inson hojatini chiqarish va uning manfaati uchun ijod etar edi.
Al-Xorazmiyning quyidagi so6zlari uning dunyoqarashini belgilab
beradi. Algebraga^doir «Aljabr muqobala hisobihaqida qisqacha kitob»
asarida u aytadi: «Men kishilarga hisoblashda nima kerakligini
(tekshirib) qaraganimda, buning hammasi son ekanligini ko‘rdim».
Agar al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkala asari ham umumari
olganda hisob va songa taalluqli ekanligini nazarda tutsak, olim bu
asarlari bilan insonning kundalik hayotida hisobga ehtiyojini
qondirishga harakat qilganligini ko‘ramiz.
Al-Xorazmiy
inson
tafakkurining
quwatiga,
kishilaming
imkoniyatiga ishonar va o‘z asarlarini ularga bag‘ishlar edi. U algebraga
bag‘ishlangan risolasida... «bu asarniyozishdan maqsadi kishilar unga
o ‘z nigohini qaratar degan umid» ekanligini uqtiradi. Demak, u insonni
kundalik hayotida o‘z aql-idroki, tafakkur quwatiga tayanishga undaydi.
Al-Xorazmiyning insonparvarlik g‘oyalari olimlaming vazifasi va
burchi, ulaming insoniyat oldidagi mas’uliyati haqida aytgan so‘zlarida
ham namoyon boigan: « 0 ‘tmish davrlarda o ‘tganxalqlaming olimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |