Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
112
library.ziyonet.uz/
8. «Tajohil ul-orif» she’riy san’at boʻlib, lugʻaviy ma’nosi bilib bilmaslikka olishlikni
anglatadi. She’riyatda shoir iztirobli, hayajonli lahzalarda oʻzi oʻziga savol berib, javobda
fikrlarini yanada teranlashtiradi, adoni ta’sirliroq qiladi. Bu baytda shoir yorning
tabassumini gʻunchaning ochilishi emas, loladagi dogʻ emas uni mening koʻnglim
qonatdi der ekan, ana shu san’atning bir koʻrinishini namoyon etadi.
9. Bu baytda Husayn Boyqaro she’r san’atidagi «talmeh» (lugʻ. ma’nosi: yashin
chaqnashi, koʻz qirini bir narsaga daf’atan qaratish demakdir)ni ishlatgan. Bu san’atda
tarixiy shaxslar, voqia, qissa, afsonalarga va ulardagi personajlarga ishora qilmoqni
anglatadi. Baytdagi Farhod va Majnunlar ana shunday qahramonlardandir.
10. Yaqiniy — qarang: ushbu kitob, 240-bet, 124-izoh.
11. Bu baytda ham «talmeh» san’ati ishlatilgai. Vomiq — «Vomiq va Azro» nomida 20
dan ziyod dostonlar mavjud. Asli yunonga borib taqaluvchi bu turkum dostonlardan ilk
namunalar VI asrlarda uchraydi XI asrda fors shoiri Unsuriy «Vomiq va Azro» nomli
doston yaratgan. (Vomiqning ma’nosi doʻstlashuvchi, doʻsti borni anglatadi, Azro esa
bokira ma’shuqa deganidir). Keyinchalik koʻp shoirlar shu nomda doston yaratganlar. Bu
dostonlarning mazmunida farqlar oz boʻlib, faqat birida Vomiq Yaman shohining oʻgʻli,
Azro Hijoz hokimining qizi, boshqasida esa turli mamlakatlar hukmronlarining
farzandlari sifatida qalamga olinadi.
12. «Bu she’rning qofiyasidan soʻngra «atv vovin» kalimaning asl harfi oʻrnigʻa tutulib,
gʻarib ixtiro’ qilibdur» — «atv vovi» «va» bogʻlovchisini anglatadi. Baytda shoir «ey
jafo tigʻi, kel va majruh koʻksumni yor» deyish oʻrniga «va»ni yor soʻzidagi asosiy
harflarga tutash yozgan. Navoiy buni ajoyib ixtiro’ deb baholaydi. Navoiyning “Favoyid
ul-kibar” devonida xuddi shunday san’at ishlatilgan gʻazal bor boʻlib, matlai shunday:
Ey sabo, ovvora koʻnglum istayu har yon boru,
Vodiyu togʻu biyobonlarni bir-bir axtaru.
13. «Majolis» soʻngidagi bu «Xilvat» deb berilmish ikki lavha: Husayn Boyqaro
huzurida oʻtadigan adabiy anjumanlar (Navoiy «Oliy majlis» deydi) haqida, ularda yangi
she’rlar, badiiyat masalalari muhokama qilinishi haqida tasavvur yaratib beradi. Birinchi
lavhada Navoiy Xusrav Dehlaviyning hindcha she’rlaridagi bir ma’no yomgʻir
rishtasining nozik yorga madad boʻlganligi haqidagi Lutfiydan eshitgan hikoyat va unga
e’tiroz bildirgan Husayn Boyqaromana bu bayt esa e’tiroz uygʻotmaydi, deb bir baytni
keltiradi. Bu bayt Husayn Boyqaro devonidan topilmadi. Uning Navoiy ilk devonidagi
bir gʻazal tarkibida mavjudligiga bizning e’tiborimizni prof. H.Ne’matov tortdi. Faqat
«Majolis»da «devorgʻa» soʻzi devonda «devorda» tarzida yozilgan.
Ikkinchi lavhada esa hisorlik yosh shoir Qabuliy gʻazali bilan bogʻliq boʻlib, shoir
Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
113
library.ziyonet.uz/
she’rida chiqmay qolgan bir baytni Navoiy yozib bergani va Husayn Boyqaro bu xolni
darhol payqagani haqida soʻz boradi. Bu lavha Husayn Boyqaro Navoiy she’riy uslubini
naqadar puxta bilganligi, shuningdek, yosh iste’dodlarga marhamatli boʻlganligidan
dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |