Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/118
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#270892
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
Alisher Navoiy - Majolis un nafois 2-qism

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
112 
library.ziyonet.uz/ 
 
8. «Tajohil ul-orif» she’riy san’at boʻlib, lugʻaviy ma’nosi bilib bilmaslikka olishlikni 
anglatadi. She’riyatda shoir iztirobli, hayajonli lahzalarda oʻzi oʻziga savol berib, javobda 
fikrlarini yanada teranlashtiradi, adoni ta’sirliroq qiladi. Bu baytda shoir yorning 
tabassumini gʻunchaning ochilishi emas, loladagi dogʻ emas uni mening koʻnglim 
qonatdi der ekan, ana shu san’atning bir koʻrinishini namoyon etadi. 
 
9. Bu baytda Husayn Boyqaro she’r san’atidagi «talmeh» (lugʻ. ma’nosi: yashin 
chaqnashi, koʻz qirini bir narsaga daf’atan qaratish demakdir)ni ishlatgan. Bu san’atda 
tarixiy shaxslar, voqia, qissa, afsonalarga va ulardagi personajlarga ishora qilmoqni 
anglatadi. Baytdagi Farhod va Majnunlar ana shunday qahramonlardandir. 
 
10. Yaqiniy — qarang: ushbu kitob, 240-bet, 124-izoh. 
 
11. Bu baytda ham «talmeh» san’ati ishlatilgai. Vomiq — «Vomiq va Azro» nomida 20 
dan ziyod dostonlar mavjud. Asli yunonga borib taqaluvchi bu turkum dostonlardan ilk 
namunalar VI asrlarda uchraydi XI asrda fors shoiri Unsuriy «Vomiq va Azro» nomli 
doston yaratgan. (Vomiqning ma’nosi doʻstlashuvchi, doʻsti borni anglatadi, Azro esa 
bokira ma’shuqa deganidir). Keyinchalik koʻp shoirlar shu nomda doston yaratganlar. Bu 
dostonlarning mazmunida farqlar oz boʻlib, faqat birida Vomiq Yaman shohining oʻgʻli, 
Azro Hijoz hokimining qizi, boshqasida esa turli mamlakatlar hukmronlarining 
farzandlari sifatida qalamga olinadi. 
 
12. «Bu she’rning qofiyasidan soʻngra «atv vovin» kalimaning asl harfi oʻrnigʻa tutulib, 
gʻarib ixtiro’ qilibdur» — «atv vovi» «va» bogʻlovchisini anglatadi. Baytda shoir «ey 
jafo tigʻi, kel va majruh koʻksumni yor» deyish oʻrniga «va»ni yor soʻzidagi asosiy 
harflarga tutash yozgan. Navoiy buni ajoyib ixtiro’ deb baholaydi. Navoiyning “Favoyid 
ul-kibar” devonida xuddi shunday san’at ishlatilgan gʻazal bor boʻlib, matlai shunday: 
Ey sabo, ovvora koʻnglum istayu har yon boru, 
Vodiyu togʻu biyobonlarni bir-bir axtaru. 
13. «Majolis» soʻngidagi bu «Xilvat» deb berilmish ikki lavha: Husayn Boyqaro 
huzurida oʻtadigan adabiy anjumanlar (Navoiy «Oliy majlis» deydi) haqida, ularda yangi 
she’rlar, badiiyat masalalari muhokama qilinishi haqida tasavvur yaratib beradi. Birinchi 
lavhada Navoiy Xusrav Dehlaviyning hindcha she’rlaridagi bir ma’no yomgʻir 
rishtasining nozik yorga madad boʻlganligi haqidagi Lutfiydan eshitgan hikoyat va unga 
e’tiroz bildirgan Husayn Boyqaromana bu bayt esa e’tiroz uygʻotmaydi, deb bir baytni 
keltiradi. Bu bayt Husayn Boyqaro devonidan topilmadi. Uning Navoiy ilk devonidagi 
bir gʻazal tarkibida mavjudligiga bizning e’tiborimizni prof. H.Ne’matov tortdi. Faqat 
«Majolis»da «devorgʻa» soʻzi devonda «devorda» tarzida yozilgan. 
 
Ikkinchi lavhada esa hisorlik yosh shoir Qabuliy gʻazali bilan bogʻliq boʻlib, shoir 


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
113 
library.ziyonet.uz/ 
 
she’rida chiqmay qolgan bir baytni Navoiy yozib bergani va Husayn Boyqaro bu xolni 
darhol payqagani haqida soʻz boradi. Bu lavha Husayn Boyqaro Navoiy she’riy uslubini 
naqadar puxta bilganligi, shuningdek, yosh iste’dodlarga marhamatli boʻlganligidan 
dalolat beradi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish