Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/118
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#270892
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118
Bog'liq
Alisher Navoiy - Majolis un nafois 2-qism

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
104 
library.ziyonet.uz/ 
 
Darvesh Dehakiyning yana 8 baytini keltiradi. 
 
23. Tarj.: Devordagi suvratga oʻxshab jonsiz boʻlib qolganman; Orqamni devorga qilib, 
yuzimni senga oʻgirib, hayronlikda qolganman. 
 
24. Tarj.: Tikan yulqilab yuruvchi Laylining tuyasidan boshqa, Majnunning 
yoʻlovchiligidan kimning tashvishi bor. 
 
25. Qozi Iso — Muhammad Qazviniy Navoiy soʻzlariga ilova qilib, «Qozi Iso Sulton 
Ya’qubxonni hamisha adolatga undar edi. Adolat bilan koʻpchilikning qalbida hurmat 
imoratini qurgan edi», deb yozadi va Sulton Ya’qubning hamshirasini (sutdosh singlisini) 
yaxshi koʻrib qolgani, Sulton ularning qovushishi yoʻlida uringani, lekin turklarga xos 
johilligi ustun kelib, bu ishdan qaytganini ham bayon etadi. Shoir she’riyatidan yana 6 
bayt keltiradi. 
 
26. Tarj.: Har kim gulshan va gulzor gashti bilan mashgʻul, biz va gʻunchadek dilimiz oʻz 
giriftorligʻimiz bilan ovoramiz. 
 
27. Shayx Najm — Muhammad Qazviniy Navoiy bilan bu shaxs orasida maktublar orqali 
munosabatlar bogʻlanib turganini qayd qiladi va shoir she’riyatidan yana 8 bayt keltiradi. 
 
28. Tarj.: Bir qonxoʻr koʻz shoʻxlik bilan yuragim qonini ichadi, ul fitna qoʻzgʻatuvchi 
jon ofati va sitamkor ekan. 
 
29. Xoja Afzal — Xondamirning «Dastur ul-vuzaro» (Vazirlar dasturi) asarida bu shoir 
va davlat arbobining nomi Xoja Afzaliddin Muhammad Kirmoniy tarzida, «Kirmon 
shoirlari tazkirasi» nomli kitobda (tuzuvchi Eron olimi Husayn Bexzodiy) esa Xoja 
Afzaliddin Mahmud ben Xoja Ziyoviddin Muhammad deb beriladi. Fazlu kamolotda, 
davlat devoni ishlarini tartibga solishda benazir boʻlgan Xoja Afzal 878 (1473) yilda 
vazirlik lavozimini egallaydi. 1487 yilda Husayn Boyqaro Marvda qishlab qolgan paytida 
Majdiddin Muhammad Xoja Afzal payiga tushadi. U esa Astrobodga Navoiy huzuriga 
panoh istab keladi. Navoiy maslahati bilan Xoja Afzal Iroq va Ozarbayjonga Sulton 
Ya’qubbek qoshiga joʻnaydi. 893 (1488) yilda Xoja Afzal haj safariga boradi. 903 
(1497—98) yilda esa Hirotga qaytadi va Navoiy qoʻllab-quvvatlashi bilan yana vazir, 
keyinchalik devon boshi qilib tayinlanadi. Xondamir yozishicha, Xoja Afzal 
mansabdorlik vaqtida madrasa va xonaqoh qurdirgan zkan. U 906 (1501) yil rajab 
(fevral') oyida vafot etgan. Hirot Gozurgohida Xoja Abdulloh Ansoriy yoniga dafn 
qilingan. 
 
30. Tarj.: Har bir alanga dunyo ekinzorida urugʻ bogʻlaguncha koʻngil oʻti jon xirmonini 
yelga sovuradi. 
 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish