Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/118
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#270892
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Alisher Navoiy - Majolis un nafois 2-qism



Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Majolis un-Nafois (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
Y
ETTINCHI 
M
AJLIS
 
Salotini izom va avlodi vojub ul-ehtiromlari zikridakim, ba’zi yaxshi mahallarda xub 
bayt oʻqubturlarkim, filhaqiqat oʻzlari aytqondek xubdur va ba’zi nazm latoyifiga 
mashgʻul boʻlubturlarkim, ul dagʻi matlub va margʻubdur 
Muluk shajarlarining boʻstoni va salotin gavharlarining ummoni, xoqoni jahongiri 
sohibqiron, ya’ni: 
Temur Koʻragon
(1)
 — agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va 
nasrni andoq xub mahal va mavqe’da oʻqubdurlarkim, aningdek bir bayt oʻqugʻoni ming 
yaxshi bayt aytqoncha bor. Tabarruk haysiyatidinkim, ul hazratning muborak ismi bu 
muxtasarda boʻlgʻay va ul latoyifdin biri bila ixtisor qushilur. Mundoq naql qilurlarknm, 
chun Tabrizda Mironshoh Mirzo
(2)
 chogʻirgʻa koʻp ishtigʻol koʻrguzdi. Dimogʻi va mizoji 
e’tidol tariqidin inhirof topib, andin nomuloyim amr koʻp surat tuta boshladi. 
Samarqandda ul hazrat arzigʻa bu nav’ yetkurdilarkim, uch nadimi borkim, mufrit chogʻir 
ichmakka bois alardurlar. Hukm boʻldikim, tavochi miod bila chopib borib uchalasining 
boshin keltursun. Alardin biri Xoja Abdulqodir erdi va yana biri Mavlono Muhammad 
Koxin erdi va yana biri Ustod Qutb Noyi erdi. Tavochi bo-rib ikkisini yasoqqa yetqurdi. 
Ammo Xoja Abdulqodir qochib qalandar boʻlub, oʻzin devonaliqqa solib mulkdinmulkka 
mutavori yurur erdi, to ulkim, ul hazrat yana Iroq yurushi qildi. Ul mamolikda Xojaning 
ul holi ba’zigʻa ma’lum boʻlub, yuqori arz qildilar. Hukm boʻldikim, tutub keltursunlar. 
Ul hazrat taxtda erdilarkim, Xojai faqirni devonaliqqa qoʻymay, sudrab taxt ilayiga 
kelturdilar. Andin burunkim, siyosat hukm boʻlgʻay, chun Xojaning kamolotidin biri 
qur’on hifzi va qiroat ilmi erdi, filhol biyik un bila qur’on oʻqumoq bunyod qildikim, ul 
hazratning gʻazabi lutfqa mubaddal boʻlub, fazl va kamol ahli sori boqib, bu misra’ni ba 
vaqt oʻqudikim: 
Abdol zi biym chang bar mushaf zad
(3)

Andin soʻngra Xojagʻa iltifot va tarbiyatlar qilib, oʻz oliy majlisida nadim va mulozim 
qildi. Idrok va fahm ahli bilurkim, yillar balki qarnlarda mundoq latif soʻz voqe’ boʻlmas. 
To olam ahli bilgʻaylarkim, Sulton sohibqirongʻakim, majolisda paydar-pay xub abyot va 
yaxshi soʻzlar darmahal voqe’ boʻlur dagʻi. mavrusiydurkim, nisbatin ul jaddi 
buzurgvorgʻa tuzaturkim, ul birining makoni ravzai jinon va bu biri jahon mulkida 
jovidon boʻlsun!. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish