Kichik Mirzo
(24)
— xub tab’liq, tez idrokliq, shoʻx zehnlik, qaviy hofizaliq yigit erdi. Oz
fursatda yaxshi tolibi ilm boʻldi va koʻproq ulum va funundin oʻz mutolaasi bilan vuquf
hosil qildi. She’r va muammoni xub anglar erdi, balki koʻngli tilasa ayta ham olur erdi.
Bovujudi bu fazoyil darveshliqlarga moyil boʻlub, Makka ziyorati sharafigʻa musharraf
boʻldi. Ammo bagʻoyat mustagʻni kishi erdi. Boʻla olurkim, faqir istigʻnosi erkan
boʻlgʻay. Bu ruboiy aningdurkim:
Umre basaloh mesutudam xudro,
Dar shevai zuhd menamudam xudro.
Chun ishq omad kadom zuhdu chi saloh,
Alminnatulillah, ozmudam xudro
(25)
.
Ba’zi derlarkim, bu ruboiy hazrat Maxdumiy Nuran bila tavorud
(26)
voqe’ boʻlubtur.
Andoq dagʻi boʻlsa ulugʻ davlat turur.
Do'stlaringiz bilan baham: |