1
1
O`lchanadigan chiziq joyda chiziq olish yo`li bilan belgilangach, turli chiziq
o`lchash qurollari bilan uning gorizontal qo`yilishi o`lchanadi. Chiziq uzunligini
bevosita o`lchashda osma asboblar yoki yerda o`lchash qurollari ishlatiladi.
Chiziq o`lchashda katta aniqlik talab qilinmasa, lenta yoki ruletka ishlatiladi.
Lentalar: 10815—64 GOST ga ko`ra lentalar 20, 24 va 50 m li bo`ladi. Ular L3—
20 (20 metrli yero`lchash lentasi), L3—24 va L3—50 deb nomlanadi. Lentalar ichida
L3—20 hammadan ko`p ishlatiladi. Lenta eni 15—20 mm, qalinligi 0,4—0,6 mm li
po`lat tunukadan yasaladi. 20 m li lentani olib yurishda uni diametri 20—25 sm
bo`lgan temir halqaga o`rab vint bilan mahkamlanadi.
60-rasm. Po`lat lent ava qoziqlar
61-rasm. Po`lat lenta ilgichlari O`lchashda
har qaysi lentaning 6 yoki 11 ta sixchasi bo`ladi. Sixcha diametri 5—6 mm, uzunligi
30—40 sm li temir (yo`g`on sim) bo`lib, u yerga qadaladi-da unga lenta ilinadi (60-
rasm). Lenta uchlari shtrixli va shkalali bo`ladi (61-rasm). Shtrixli lenta ko`proq
ishlatiladi, uning ikki uchida dasta bo`lib, dastaga mahkamlangan joyi ilgaklik qilib
ishlangan: ilgakning o`rtasida shtrix chizilgan; lenta uzunligi
ikki uchidagi shtrixlar
orasi hisoblanadi. Lentada metrlar lentaga yopishtirilgan plastinkaga yoziladi.
Yarim metrlar doira shaklidagi zaklyopka (piston) bilan belgilangan. Destiometrlar
diametri 1,5 mm li
teshiklar bilan belgilanadi, santimetrlar ko`zda chamalab
olinadi. Chiziq o`lchashda sixcha yerga qadalib, unga lenta ilinadi, keyin chiziq
yo`nalishi bo`yicha lenta tarang tortilib, ikkinchi uchi ham sixchaga ilinadi.
Chiziqni aniq o`lchashda shkalali lenta L3Sh ishlatiladi. Bu lentaning ikki
uchidagi destimetr bo`lagi millimetrdan bo`lingan bo`lib, o`lchanganda sanoq
millimetr aniqlikda olinadi.
Ruletka—chiziq o`lchashda yordamchi qurol sifatida ishlatiladi. U metall va
tesma (materiya) dan tayyorlanib, uzunligi 5, 10 va 20 m bo`ladi. Ruletka maxsus
g`ilofga o`ralgan holda olib yuriladi.
1
1
Lentani komparlash. Geodeziyaning hamma ishlarida ishlatiladigan asbob
ishlatishdan avvaltekshiriladi. Agar tuzatish zarur bo`lsa, tuzatiladi, aks holda bu
kamchilik ishlatishda hisobga olinadi. Lentalar uzunligini tekshirish lentani komparlash
deyiladi. Komparlash maxsus joyda (komparatorda) uzunligi aniq ma`lum bo`lgan
namunaviy asbob (etalon) uzunligi bilan taqqoslanadi. Komparlash dala sharoitida
o`tkaziladigan bo`lsa, tekis joyda (asfalt ustida) etalon lenta bilan tekshiriladigan lenta
yonma-yon qo`yilib, ikkalasining 0 shtrixlari to`g`rilanadi, keyin lentalar tarang tortilib,
ikkinchi uchlaridagi farq millimetr hisobida o`lchanadi. Agar lentaning nominal
uzunligi l
N
, ish lentasining uzunligi l desak, ular o`rtasidagi farq l quyidagicha bo`ladi:
l=l—l
N
, (2)
yoki
l=l
N
+ l (3)
Agar ish lentasi normal lentadan (20 mdan) kata bo`lsa l- musbat, kichik
bo`lsa-manfiy bo`ladi. l-komparlash tuzatmasi deyiladi.
Lenta bilan chiziq o`lchash. Belgilangan chiziq uzunligini o`lchashda lenta
ketma-ket bir nechamarta qo`yiladi. Chiziqni ikki kishi o`lchaydi. Chiziq uchiga bir
sixcha qadaladi, ishchi beshta sixchani olib, V nuqta tomon yuradi (62-rasm).
S`yomkachi lentaning bir uchini qadalgan sixchaga ilib, oyog`i bilan lenta dastasini
bosadi-da, ishchini V da o`rnatilgan vexaga to`g`rilaydi. Lenta AV stvorida yotgach,
ishchi s`yomkachi signali bo`yicha lentani tarang tortib turib, uchiga ikkinchi sixchani
qadaydi. Keyin lentani sixchadan olib oldinga yuradi. Orqadagi s`yomkachi boshdagi
sixchani yerdan olib, bir qo`li bilan lenta dastasidan ushlab, ishchi ketidan boradi.
Ikkinchi sixcha qadalgan joyga kelib, lentani sixchaga iladi, shu tartibda ketma-ket
lenta qo`yib ishchi qo`lida sixcha qolmaguncha o`lchash davom ettiriladi (62-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: