Ingenerlik geodeziyasi



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/124
Sana31.12.2021
Hajmi4,35 Mb.
#270641
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   124
Bog'liq
l9je1MnQXxhVnCFUInhLGUOFN6ZVMPE3tDGD3SOB

5.4.1. GPS segmentlari  
GPS  tizimi  uchta  segmentga  bo`linishi  mumkin:  fazo  (kosmik)  segmenti, 
nazorat segmenti va foydalanuvchining segmenti.  


 
 
 
 
1
6
 
 
  
102-rasm. GPS sun`iy yo`ldoshlarlari  
Kosmik (fazoviy) segment 400 kg sun`iy yo`ldoshlardan tashkil topgan, uchta 
zahira  nikel-kadmiy  batareyasi  bilan  ikkita  quyosh  paneli  yerdamida  energiya  bilan 
ta`minlanadi (102-rasm). Boshqaruv fazasi hozirgi paytda uchta zahirasi bilan 26 sun`iy 
yo`ldoshlardan tashkil topgan. Ular deyarlik dumaloq orbitada yerni aylanish vaqti 12 
soat (11 soat 58 minut) bilan yer sathidan 20200 km balandlikda joylashgan. Oltita 
teng  joylashgan  orbita  yassiligi  (103-rasm)  ekvatorga  55°  burchak  bilan  egilgan, 
natijada  gorizont  ustida  besh  soat  bo`lishini  ta`minlaydi.  Tizim  buning  bilan,  hech 
bo`lmaganda  to`rtta  sun`iy  yo`ldoshlar  har  doim  ko`rinish  doirasida  bo`lishini 
kafolatlaydi.   
Har  bir  sun`iy  yo`ldoshlar  o`zining  10.23  MGs  ga  teng  bo`lgan  (asosiy) 
chastotasiga  ega  va  yuqori  balandlikdagi  chastota  doirasida  ikkita  radio  signalini 
yuboradi.  Lj  signali  1575.42  MGs  (10.23  x  154),  L2  esa  1227.60  MGs  (10.23  x  120) 
chastotasiga  ega.  Bu  signallar  modullashtirilgan,  kodi  Qo`pol  topib  olish  –  Coarse 
Acquisition  (C/A),  hozir  standart  S-kodi  va  aniq  P-kodi  deb  ataladi.  Kodlar  –  bular, 
1.023 MGs chastotada (S-kod) va 10.23 MGs chastotada (P-kod) yuboriladigan soxta 
tasodifiy  binar  (ikkilamchi)  qatorlardir  (izchillikdir)  (104-rasm).  R-kod  joyning  aniq 
belgilanishiga (PPS) xizmat qiladi, S-kod – joyni standart holatida aniqlash xizmatidir 
(SPS). SPS absolyut nuqtaning joylashishini 100-300 m gacha aniqlikda, PPS esa – 5-10 
m gacha aniqlikda ta`minlaydi.  
Aslida kodlar – bu, sun`iy yo`ldoshlardagi ultraaniq soatlar (ossillyatorlar) bilan 
bog`langan  vaqtinchalik  belgilardir.  Har  bir  sun`iy  yo`ldoshlarda  10-13  sekund 
atrofidagi aniqlikka ega bo`lgan uchta rubidiy yoki seziy soatlari bor. Bundan tashqari, 


 
 
 
 
1
6
 
 
L1  va  L2  lar  formatlashtirilgan,  sekundiga  50  bit  beriladigan  sun`iy  yo`ldoshlarning 
identifikatsiyasi,  efemeridlar  (osmon  jismlarining  jadvallari),  vaqt  to`g`risidagi 
axborot, ionosfera ma`lumotari va haqoza axborot ma`lumotlari bor.   
Nazorat  segmenti  vaqtni  belgilash,  orbitalar  va  xususiy  sun`iy 
yo`ldoshlarlarning  mexanik  sharoitlarini  boshqarish  vazifasini  bajaradi.  Na  vaqtni 
belgilash tizimi, na orbitalar, ularni uzoq muddatga nazoratsiz qoldirish uchun, etarli 
darajada turgun emaslar.    
Hozirgi paytda sun`iy yo`ldoshlarlar Colorado Springs dagi markazlashtirilgan 
boshqaruvi bilan Kwajalein, Hawaii, Ascension va Diego Garcia da joylashgan beshta 
nazorat stansiyalari bilan kuzatilmoqda.  
  
103-rasm. GPS sun`iy yo`ldoshlarlarining birlashmasi: 24 sun`iy  
yo`ldoshlar, 6 orbital yassilik, egilish 55°, balandlik 20 200 km, aylanish  
vaqti 12 soat.  
(Wild Heerbrug tomonidan berilgan)  
  
104-rasm. 10.23 MGs chastotada yuboriladigan soxta tasodifiy chastota  


 
 
 
 
1
6
 
 
   
GPS  dan  foydalanib  o`rinni  qayd  qilishning  asosiy  prinsipi  teskari  kestirma 
prinsipi  bo`lgani  uchun,  uchta  nuqtalargacha  (sun`iy  yo`ldoshlarlargacha)  ma`lum 
masofalardan  foydalanib  sun`iy  yo`ldoshlarlarning  o`rnini  aniqlash  (ma`lum 
koordinatalar  tizimida)  juda  muhim  bo`ladi.  Sun`iy  yo`ldoshlarlarning  joylashuvini, 
ular  tomonidan  yuboriladigan  “translyasiya  qilinadigan  (beriladigan)  efemerid”  deb 
ataladigan  ma`lumotlardan  olinadi.  Joylashuvi  to`g`risidagi  ma`lumotlar  hamma 
kuzatayotgan  stansiyalardan  ishlov  berish  uchun  markaziy  boshqaruvga  yuboriladi. 
Ushbu  ma`lumotlar  sun`iy  yo`ldoshlarning  ilgarigi  orbitadagi  o`rni  bilan 
kombinatsiyasi, sun`iy yo`ldoshlarning jolashuvini bir necha soat oldin prognoz qilish 
imkonini  beradi.  Ushbu  axborot  har  sakkiz  soatda,  kyinchalik  foydalanuvchiga 
yuborish uchun, sun`iy yo`ldoshlarga to`ldiriladi (yuboriladi). Hozirgi paytda orbitadagi 
joyni  aniqlash  10  metrgacha  aniqdir,  agarda  u  yangilab  turilmasa,  yomonlashishi 
mumkin.  
Markaziy  boshqaruvi  AQSHning  dengiz  observatoriyasining  (US  Naval 
Observatory  -  Vashingtonda,  Kolumbiya  okrugi  -  Vashingtonda,  DC.)  vaqtinchalik 
standartlari bilan bog`langan. Shunday usul bilan sun`iy yo`ldoshlardagi vaqt universal 
bilan bog`lanib yuboriladigan vaqt bir biriga moslanishi mumkin. Muntazam yangilatib 
turishni  talab  qiladigan  boshqa  ma`lumotlar  –  bu,  o`lchangan  masofalarga  sinish 
tuzatmasini hisoblash uchun ionosferani belgilaydigan ko`rsatkichlardir.  
Foydalanuvchining segmenti, asosan energiya bilan ta`minlovchi  
asbob bilan ixcham priyomnik\protsessordan va yo`naltirilmagan antennalan iborat 
(105-rasm).  Protsessor  odatda,  daladagi  ma`lumotlarga  ishlov  berish  uchun 
mikrokompyuterni ifodalaydi.  
GPSning priyomniklari.  
Priyomniklar  asosan  soxta-oralik  yoki  ma`lumotli  faza  to`g`risidagi 
ma`lumotlarni,  hech  bo`lmaganda  to`rtta  sun`iy  yo`ldoshlardan  oladilar.  GPS 
texnologiyalari  juda  tez  rivojlanayotganligi  sababli,  faqat  eng  muhim  protsedura 
tavsiflarini  ko`rib  chiqish  mumkin.  Foydalanilayotgan  priyomniklarning  turlari  (106-
rasm)  foydalanuvchi  tomonidan  qo`yilayotgan  talablar  bilan  bog`lik  bo`ladi.  Misol 
uchun,  agarda  GPS  joyning  ham  absolyut,  ham  nisbiy  o`rnini  aniqlash  uchun  lozim 
bo`lsa, unda soxta-oralikdan (harakat doirasidan) foydalanish kerak. Agarda talab  – 


 
 
 
 
1
6
 
 
yuqori aniqlikda nisbiy o`rinni topish bo`lsa, unda kuzatildigan element, ma`lumotli 
faza  bo`ladi.  Ushbu  dastlabki  mulohazalardan  ko`rinib  turibdiki,  soxta-oralik  bilan 
haqiqiy  vaqtda  joyni  aniqlash  uchun  foydalanuvchiga  axborotlarning  navigatsiyasi 
blokiga (Broadcast Ephemerides – translyasiya efemeridlariga) kirish imkoni bo`lishi 
kerak.  Agarda  ma`lumotli  to`lqin  foydalanilsa,  unda  ma`lmotlar  postprotsessorda 
ishlov berilsa, unda tashqaridagi aniq efemerid foydalanilishi mumkin. SHunday qilib, 
axborotlarning  navigatsiya  bloki  muhim  bo`lsa,  kod  bilan  bog`langan  priyomnik 
foydalaniladi. Agarda talab ma`lumotli fazada va postprotsessorda bo`lsa, unda kodsiz 
priyomnikdan foydalanish afzalroq bo`ladi.   
  

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish