Qondagi bakterial infeksiya - Septitsemiya
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar infeksiyalarga qarshi yaxshi kurasha
olmaydilar. Shuning uchun, tug‘ruq jarayonida, chaqaloqning terisi yoki
kindik tizimchasiga kirgan bakteriya, ko‘pincha qoniga o‘tib, uning butun
tanasi bo‘ylab tarqaladi. Bu holat ko‘pincha bir yoki ikki kunni o‘z ichiga
olgani uchun, sepsis belgilari 2- kundan namoyon bo‘ladi.
Belgilari:
Chaqaloqlardagi infeksiya belgilari, kattaroq bolalarnikidan farq
qiladi. Chaqaloqdagi har qanday o‘zgarish organizmning biror joyidagi
jiddiy infeksiya belgisi bo‘lishi mumkin. Ko‘proq uchraydigan o‘zgarishlar:
• yaxshi emmay qo‘yadi
•
• ko‘rinishi uyquchan
•
• rangi o‘chgan (kam qonlik)
•
• qayt qiladi yoki ichi ketadi
•
• isitmasi bor yoki harorati past
(35°S dan past)
• qorni shishgan
•
• terisi sarg‘aygan
•
• tirishadi (talvasaga tushadi)
•
• bola ba’zan ko‘karib ketadi
Ushbu belgilardan har biri alohida boshqa sabablar bilan kelib
chiqqan bo‘lishi mumkin, ammo belgilarning ikkitasi birga uchrasa, bu
sepsis kasalligiga tegishlidir.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi jiddiy infeksiya doim ham isitma chiqar-
maydi. Harorat yuqori, past yoki normal bo‘lishi mumkin.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
500
Do'stlaringiz bilan baham: |