2001 yil 28 dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari
boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda
hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va
xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH
tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH
negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti deb qayta tuzishga kelishib olindi.
2002 yil 28 fevral - 1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari
boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan
Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHT ning
raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni
rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko’lamini
kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat
rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil
MOHT faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamlakatlarning integratsiya jarayonlarini
faollashtirish borasidagi nuqtai nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning
ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOHT
ning tashkil etilishi, uning a’zolari bo’lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli
aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi.
Sammitlardan tashqari MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar parlamentlar
raislari, xavfsizlik organlari rahbarlarining uchrashuvlari, ishbilarmon
doiralarning mintaqaviy forumlari o’tkizilib turibdi.
2002 yilning oktyabrida o’tgan Dushanbe sammitida suv-energetika, oziq-
ovqat va kommunikatsiya bo’yicha konsortsiumlar tuzishga kelishib olindi va
hukumatlarga kontsortsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
2004 yil 28 may kuni Ostona shahrida MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar
davlat rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada
xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama
etildi. Prezidentlar mintaqada iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning, siyosiy,
ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishning shakl va
mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikrlashib, hukumatlarga
tegishli topshiriqlar berishga kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida O’zbekiston,
Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo’shma banoti
MOHTga a’zo mamlakatlar o’rtasida televidenie va radio dasturlarini o’zaro
tarqatish to’g’risida bitim imzolandi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama
hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.
Markaziy Osiyo
Hamkorlik tashkiloti
373
Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o’rtasida
ko’p tomonlama hamkorlik bilan birga ular o’rtasida ikki
tomonlama aloqalar ham yo’lga qo’yildi.
O’zbekistonning
Qozog’iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992 yil 24 iyunda Turkiston shahrida
O’zbekiston Prezidentining Qozog’istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboev
bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan Qoozog’iston
Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma asosida
mustahkamlanib bormoqda.
Qozog’iston Prezidenti N.Nazarbaev 1994 yil 10-12 yanvarda rasmiy davlat
tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ldi. Ikki Prezident O’zbekiston bilan Qozog’iston
o’rtasida tovarlar, hizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o’tib
turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, byudjet,
soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlash to’g’risida shartnomani
imzoladilar. 1998 yil 31 oktyabrda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida
abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan.
O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining Toshkentda 2000 yil 20-21
aprel kunlari bo’lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga
bag’ishlangan uchrashuvi bo’ldi. Muzokaralar yakunida «O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti
N.A.Nazarboevning qo’shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi
va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama
hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim
ahamiyatga egadir. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo’shma bayonotda, -
O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi chegara
ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do’stlik va yaxshi
qo’shnichilik chegarasi bo’lib qolishda yakdildirlar». 2001 yil 16-17 noyabr
kunlari O’zbekiston Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda
bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi
to’g’risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi
belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi.
10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002 yil 9 sentyabrda
Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboevning taklifiga binoan
Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O’zbekiston-Qozog’iston
davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki
mamlakat o’rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z
echimini topdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002 yilning
birinchi yarmida 124 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2002 yilda O’zbekistonda
O’zbekistonning
Qozog’iston bilan
hamkorligi
374
38 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi, Qozog’istonda 92 ta o’zbek-qozoq
qo’shma korxonasi faoliyat yuritda.
O’zbekistonning Qirg’iziston bilan ikki tomonlama
hamkorligi O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston
Respublikasi o’rtasida do’stlik, hamkorlik va
o’zaro yordam haqida shartnoma asosida yo’lga qo’yildi va rivojlantirilmoqda. Bu
shartnoma Qirg’iziston Prezidenti Askar Akaevning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi
paytida Toshkentda 1992 yil 29 sentyabrda I.Karimov va A.Akaev tomonidan
imzolangan edi.
I.Karimovning 1993 yil avgustida Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat
tashrifi paytida O’sh shahrida O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994-2000
yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot
imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy
dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy
salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot,
savdo, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha
hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan.
1994 yil 16 yanvarda O’zbekiston Prezidenta I.Karimov Kirg’izistonda
bo’ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, xizmatlar,
sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o’zaro kelishilgan kredit-hisob-
kitob, byudjet, soliq, narx, bojxona va valyuta siyosatini belgilovchi shartnomani
imzoladilar. O’zbekiston va Qirg’izisgon o’rtasida 1994 yil uchun savdo-
iqtisodiy hamkorlik, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm
bo’yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu
hujjatlar asosida ikki mamlakat o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib
bormoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 22 ta o’zbek-qirg’iz qo’shma korxonasi,
Qirg’izistonda 62 ta qirg’iz-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
Tojikistonda 1992-1996 yillarda davom etgan birodarkushlik
urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi,
uning qo’shni mamlakatlar, jumladan, O’zbekiston bilan
hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998 yil 4 yanvar
kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O’zbekistonga amaliy tashrif
bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari buyicha qo’shma axborot
imzoladilar. O’zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari soqliqni saqlash,
madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo’yicha
hamkorlik to’g’risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida
yuk tashish hamda gaz etkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo’yicha o’zaro hisob-
kitob to’g’risidagi bitimlar ham imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston
O’zbekiston va
Qirg’iziston
aloqalari
O’zbekiston va
Tojikiston aloqalari
375
munosabatlari o’zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o’tdi.
O’zbekiston bilan Tojikiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997 yilda 50
mln. AQSh dollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko’pdir.
O’zbekiston Tojikiston hududidan o’tgan transport kommunikatsiyalaridan
foydalanmoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 15 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi,
Tojikistonda 3 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
1991 yilda O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari
uchrashuvida
O’zbekiston Respublikasi bilan
Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va
hamkorlik
to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy,
madaniy aloqalarga negiz bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996 yil 16 yanvar kuni amaliy tashrif
bilan Turkmanistonda bo’ldi. Chorjo’y shahrida S.Niyozov bilan I.Karimov
o’rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasida muzokaralar bo’ldi.
Prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida do’stlik, hamkorlik va
o’zaro yordam to’g’risidagi shartnomani, O’zbekiston bilan Turkmaniston
o’rtasida davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish to’g’risidagi va suv
xo’jaligi masalalari bo’yicha bitimlarni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida esa sarmoyalarni rag’batlantirish va
o’zaro himoyalash, havo yo’li, bojxona ishlarida hamkorlik va o’zaro yordam,
uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, daromad va
mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim sog’liqni saqlash,
sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risidagi 20 dan ziyod
bitimlar imzolandi.
4. O’zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalari
O’zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin
va O’rta Sharq hamda arab mamlakatlari bilan
davlatlararo munosabatlar o’rnatish va rivojlantirishga
kirishdi. Negaki,
O’zbekistonning ruhi, dini, urf-odatlari va an’analari Osiyodagi mamlakatlarga yaqindir.
1991 yil 16-19 dekabr kunlari I.Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegatsiyasi
mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo’lib tan olgan mamlakat - Turkiyada bo’ldi.
Turkiya Prezidenti Turg’ut O’zol, Bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar,
ishbilarmonlar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo’lib o’tdi. Safar chog’ida
O’zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o’rtasida davlatlararo
munosabatlarning asoslari va maqsadlari to’g’risida shartnoma, konsullik
vakolatxonalarini ayirboshlash to’g’risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi
O’zbekistonning Yaqin va
O’rta Sharq mamlakatlari
bilan hamkorligi
O’zbekiston va
Turkmaniston
aloqalari
376
hamkorlik to’g’risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va turizm
sohasidagi o’zaro hamkorlik to’g’risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi
hamkorlik to’g’risida bitim, axborot ayirboshlash, televidenie va radio eshittirish bo’yicha
hamkorlik qilish haqida protoqollar va boshqa hujjatlar imzolandi.
O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha
kengaydi. 1992 yil 28 aprel kuni O’zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada
O’zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda. Hamkorlikning yanada
chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari-Turg’ut O’zol, Sulaymon Demirel, Tansu
Chiller, Mesut Yilmazar Ahmet Sezerlarning O’zbekistonga rasmiy tashriflari chog’ida
imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik
gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta
ishlash, qo’shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa
sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O’zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida
200 dan ortiqroq qo’shma korxonalar barpo etildi. 1996 yil iyun oyida O’zbekiston
avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi – “O’zavtosanoat” Turkiyaning
“KochXolding” kontserni bilan Samarqand shahrida “SamKochavto” o’zbek-turk
qo’shma korxonasini barpo etish to’g’risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo’shma
korxona bunyod etildi va sig’imi o’rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk
ko’taradigan yuk avtomobillar yig’ish yo’lga qo’yildi. Ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro
tovar ayirboshlash hajmi 1992 yilda 75 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1998
yilda 275 mln. AQSh dollariga ko’paydi.
1992 yil 27-28 iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri
Muhammad Navoz Sharifning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o’rtasidagi
aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida «O’zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom
Respublikasi o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik printsiplari
to’g’risida» shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi to’g’risida, madaniyat, sog’liqni
saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm sport va ommaviy axborot sohasida
hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston va Pokiston o’rtasidagi hamkorlikni O’zbekiston Prezidenti Islom
Karimovning 1992 yil 13-14 avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda
imzolangan hujjatlar yanada yangi pog’onaga ko’tardi. Ikki davlat o’rtasida suv resurslari,
elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to’g’risida, pochta va
telekommunikatsiya sohasida, davlat banklari va milliy banklar o’rtasida vakolatxonalar
ayirboshlash to’g’risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to’g’risida bitimlar
imzolandi.
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995 yil may va noyabr
oylarida O’zbekistonga ikki marta tashrif buyurdi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni
kengaytirish va Markaziy Osiyo xavfsizligi, Afg’onistonda birodarkushlik urushini
to’xtatish masalalari bo’yicha fikr almashildi. Iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, fan, texnika,
sayyohlikni rivojlantirish haqida bitimlar imzolandi.
377
O’zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 qo’shma korxona tuzilgan.
Tabani, Merkuriy, Metro, Laksan Taraka kabi 19 ta yirik firma va komnaniyalar faoliyat
ko’rsatmoqdalar. 1994 yilda O’zbekiston va Pokiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi
4,3 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekiston Pokistonga charm xomashyosi, pilla,
shoyi matolar, shisha, billur, engil sanoat uchun mashina va uskunalar eksport qilmoqda.
Pokistondan esa xalq iste’moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar, poyafzal, charm
buyumlar, kakao va shakar keltirilmoqda.
1992 yil 24-25 noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti I.Karimovning Eron
Islom Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O’zbekiston va Eron o’rtasida davlatlararo
aloqalarga asos soldi. Safar chog’ida «O’zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom
Jumhuriyati o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida»
Deklaratsiya, xavo transporti sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, iqtisodiy
va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, pochta,
telefon va telegraf sohasidagi hamjixatlik to’g’risida memorandum, davlat Markaziy
banklari o’rtasida bitim imzolandi. 1993 yil 18 oktyabrda Eron Prezidenti Ali Akbar
Hoshimiy Rafsanjoniyning O’zbekistonga rasmiy tashrifi bilan kelishi ikki mamlakat
o’rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko’maklashdi. Safar chog’ida tranzit
aloqalarni tartibga solish to’g’risida hamda xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida bitimlar
imzolandi.
O’zbekiston bilan Eron o’rtasidagi o’zaro aloqalar transport sohasida keng
rivojlandi. 1996 yilda O’zbekiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo’lsa,
2001 yili bu ko’rsatkich 487 ming tonnani tashkil etdi. 2001 yili O’zbekiston hududi
orqali Eronning 750 ming tonna tranzit yuki olib o’tildi. O’zbekiston yuklari asosan
Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari orqali Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga
chiqarilmoqda. 2002 yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida
mamlakatimizda 50 ga yaqin O’zbekiston-Eron qo’shma korxonasi barpo etildi va ular
asosan ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda.
2002 yil 26 aprel kuni Eron Prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning
O’zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi paytida O’zbekiston va Eron o’rtasida imzolangan
ikki tomonlama soliqqa tortilishga yo’l qo’ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga
taaluqli ma’lumotlarni almashish, transport vositalari haydovchilari uchun viza
masalalarini engillashtirish, O’zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar
palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog’-kon sanoati palatasi o’rtasida hamkorlik
to’g’risida hujjatlar ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada
boyitdi.
378
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan
Saudiya Arabistoni, Misrda bo’ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari
to’g’risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari
imzolandi. Saudiya Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining O’zbekistonga
rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada
rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O’zbekistonlik yoshlar Kohira universitetida, "Al-
Azhor" va "Ayn Shams" universitetlarida, .Misrliklar Toshkent texnika va agrar
universitetlarida tahsil ko’rmoqdalar. Toshkentda Misr Respublikasining fan va ta’lim
markazi faol ishlab turibdi.
1992 yilda O’zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy
hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning yirik mamlakat - Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda.
1993 yil 23-25 may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan
O’zbekistonda bo’ldi. Safar kunlarida «O’zbekiston Respublikasi bilan Hindiston
Respublikasi o’rtasida davlatlararo munosaboatlar va hamkorlik printsiplari
to’g’risida» shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to’g’risida, havo
yo’llari to’g’risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1993 yil 17-19 avgust kunlari Hindistonga
rasmiy tashrifi chog’ida ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy
hamkorlik to’g’risida bitim, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va
ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim imzolandi. O’zbekiston
bilan Hindiston o’rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. 1995 yil 25 avgust kuni
Toshkent shahrida Hindistonning «TATA Projekte LTD» firmasi tomonidan qurib
bitkazilgan 600 o’rinli salomatlik zali, majlislar xonasi, servis xizmati, er osti garaji,
sauna, barlari, katta restoranlari bo’lgan zamonaviy mehmonxonaning ochilishi
fikrimizning dalilidir.
Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini Islom Karimovning 2000 yil 1-3
may kunlari Hindistonga kilgan safari yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Safar paytida
O’zbekiston Prezidenti Hindiston Prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib,
uning yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik,
terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog’ kontrabandasiga qarshi
birgalikda kurashga qaratilgan O’zbekiston bilan Hindiston o’rtasida hamkorlik
to’g’risida Qo’shma bayonot, jinoyat-qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya
to’g’risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek iqtisodiy, madaniy, ta’lim,
axborot, bojxona sohalari bo’yicha hamkorlik qilish bo’yicha hujjatlar imzolandi.
O’zbekiston va Hindiston o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40
ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O’zbekistonda 2000 yilda Hindiston bilan hamkorlikda
tashkil etilgan 30 ga yaqin qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda.
379
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy
yo’nalishlaridan biri Sharq va Tinch okeani havzasi
mamlakatlari
bilan aloqalar o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan. Bu mamlakatlar orasida Xitoy Xalq
Respublikasi bilan davlatlararo aloqa o’rnatish alohida ahamiyatga ega.
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki paytlardayoq
O’zbekiston va Xitoy o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi. 1992 yil 2-3 yanvar
kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Toshkentda bo’ldi,
shu kunlari ikki mamlakat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi, elchixonalar
ochishga qaror qilindi.
1992 yil 12-14 mart kunlari O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning XXR ga davlat
tashrifi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Safar chog’ida hamkorlikning turli
sohalari bo’yicha 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy
hamkorlik to’g’risida, qishloq xo’jaligida hamkorlik to’g’risida, sarmoyalarni
rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish to’g’risida bitimlar bor edi.
1994 yil 18-20 aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning
O’zbekistonga davlat tashrifi paytida O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasida kredit, xalqaro
iqtisodiy hamkorlik, havo transporti aloqalarini yo’lga qo’yish bo’yicha hukumatlararo
bitimlar imzolandi. Xitoy tomoni O’zbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 TD va IL-114
samolyotlarini xarid qiladigan bo’ldi.
1994 yil 24-25 oktyabr kunlari O’zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta
safar qildi va muhim ahamiyatga molik bo’lgan hujjat- «O’zbekiston Respublikasi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |