347
Muzey Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va
mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida
mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar
barpo etishga alohida e’tibor berildi.
Namanganda ulug’ o’zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda
hofiz Hojixon Boltaev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy
san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining
Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o’g’lining uy-muzeyi,
Toshkentda o’zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima
Hadicha Sulaymonova muzeyi, o’zbek raqqosasi Mukarrama Turg’unboeva
muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi. Shuningdek oliy ta’lim muassasalarida
ko’plab muzeylar ochildi.
1996 yil 1 sentyabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo’lgan Olimpiya
shon-shuhrat muzeyi faoliyat ko’rsata boshladi. Bu muzey o’zbekistonlik
sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan,
mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo’lib qoldi.
1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.
Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o’sha davrga xos tarixiy jihozlar,
qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan
yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur
qo’lyozmalari, Ulug’bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan
ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat
muzeyi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar,
ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002 yilda Termizda Arxeologiya muzeyi
bunyod etildi.
O’zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini
tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni va uning
bajarilishini ta’minlashga qaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5
dekabrda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari
to’g’risida»gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini
belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, «Oltin meros» jamg’armasi, Badiiy
Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan
hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo’yicha dastur
ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey
eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo’llab-
quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam
ko’rsatish, moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda
«O’zbekmuzey» Respublika jamg’armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik
madaniyatini oshirishga ko’maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi
va u 1999 yildan boshlab o’zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi.
Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy
yodgorliklar bilan boyidi.
348
O’zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta
muzey faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi,
betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va
aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy
10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700
ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga
olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida
butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental
san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan
muzeylar sifatida e’tirof etilgan.
O’zbekiston muzeylari aholi orasida o’lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati
asarlaridan iborat etnografik ko’rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz
ma’naviy kamoloti yo’lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar
respublikamiz muzey-qo’riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan
tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim
etmoqdalar. Frantsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa
mamlakatlarda O’zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
Sport Mustaqillik yillarida sport O’zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi
sifatida rivojlantirildi.
1992 yil 5 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy
tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport
sog’lomlashtirish klublari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, olimpiya
o’rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o’yingohlar, sport
zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi
jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ldi.
1992 yil yanvarda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tuzildi va 1993 yil
sentyabrda xalqaro olimpiya qo’mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi.
Sportning boks turi jadal o’sdi. 17 marta jahon chempioni Artur Grigoryan,
Sidney Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz
nomi jahonga mashhur. 1999 yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida
o’tkazilgan X jahon chempionatida O’zbekiston boks komandasi 83 mamlakat
o’rtasida AQSh va Kuba komandalaridan keyin faxrli uchinchi o’rinni egalladi.
Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng
zamonaviy Yunusobod tennis majmui barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida
1994-2002 yillarda O’zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis
musobaqalari o’tkazildi. 1999 yilning iyul oyida Londonda o’tgan tennis
bo’yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To’laganova
Uimbldon uchrashuvida g’olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan
nusxasini qo’lga kiritdi.
1998 yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog’ining eng baland
«Everest» cho’qqisiga ko’tarilib, O’zbekiston dovrug’ini dunyoga taratdilar.
349
Mustaqillik sharofati bilan milliy o’zbek kurashi tiklandi. 1992 yilda Termiz
va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo’yicha xalqaro musobaqa
o’tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va
xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o’rin
oldi. 1999 yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan
kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati bo’lib
o’tdi. Unda o’zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza
medallarini qo’lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar
nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy
Prezidenti etib Islom Karimov saylandi. Buyuk Britaniyada 2000 yildan
e’tiboran har yili Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo’lib
o’tmoqda. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport
federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O’zbek milliy kurashi xalqaro sport turi
sifatida dunyoda e’tirof topdi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o’yinlari,
Jahon va Osiyo chempionatlari va boshqa musobaqalarda qatnashib, 3000 dan
ortiq oltin, kumush va bronza medallarini qo’lga kiritdilar.
Shaxmat bo’yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, boks bo’yicha
jahon chempioni Muhammadqodir Abdullaev kabi sportchilar O’zbekiston
xalqining iftixoridir.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida O’zbekistonda sport rivojlandi, yangi
ma’no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo’shildi va xalqaro maydonda
salmoqli o’rinni egalladi.
Ma’naviy-madaniy sohada erishilgan yutuqlar o’z samarasini ko’rsatmoqda.
Ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va hayotga
munosabati o’zgardi. Kishilarimiz ongida demokratik qadriyatlar
mustahkamlandi, aholining faolligi oshdi, mamlakatimizning kelajagiga ishonchi
mustahkamlandi.
Demokratik islohotlar natijasida erishgan katta yutug’imiz -bu umumiy
xonadanimizda qaror topgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo
totuvlikdir, odamlarimiz tomonidan bu qadriyatlarning beqiyos ahamiyatini
anglab etayotganidir.
5. Milliy istiqlol g’oyasi, uning tarixiy ildizlari
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa milliy
istiqlol g’oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir.
1993 yil 23 aprel kuni Prezident Islom Karimov bir guruh adiblar bilan
suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini O’zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining XII sessiyasida 1993 yil 7 may kuni nutq so’zlab, Prezident Islom
Karimov qo’yidagilarni ta’kidladi:
350
• milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga,
diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat,
adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim.
• Shu bilan birga bu g’oya xalqimizda o’zining qudrati va himoyasiga suyangan
holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi taraqqiy
topgan davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o’rin egallashiga doimiy
intilish hissini tarbiyalamog’i kerak.
«Tafakkur» jurnalining 1998 yil 2-sonida jurnal bosh muxbirining savollariga
Prezident I.Karimovning javoblari e’lon qilindi. Mazkur javoblarda milliy
g’oyamizni nazariy va amaliy jihatlari yanada chuqurroq yoritildi. Bugungi
kunda sobiq sovetlar zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mute’lik
holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish,
ta’qiq qilish, ma’muriy choralar ko’rish yo’li bilan engib bo’lmaydi. «G’oyaga
qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan
bahsga kirishish, olishish mumkin», - degan haq fikrni ilgari surdi.
Milliy istiqlol g’oyasidan kutilgan maqsad nima?
Prezident I.Karimov suhbatda «Xo’sh, milliy g’oya, milliy mafkura nimalarni
o’zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?» degan
savolni qo’yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik
fikr-mulohazalarni, vazifalarn ilgari surdi:
• Milliy mafkura, avvalambor, o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash
tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini,
jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi
shart;
• Ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan xilma-xil fikrlar va
g’oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va
umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar,
ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va
davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari
chorlaydigan yagona g’oya-mafkura bo’lishi kerak;
• Uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o’xshagan
unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va
qarashlaridan mutlaqo xoli bo’lib, qo’shni davlat va xalqlar, umuman jahon
hamjamiyatida, xalqaro maydonda o’zimizga munosib hurmat va izzat
qozonishda poydevor va rahnamo bo’lishi darkor;
• To’rtinchidan, milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik,
el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va
odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor
bo’lishi zarur;
• Beshinchidan, u Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajagini uzviy
bog’lab turishga, o’zimizni ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib
vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy
351
yutuqlariga erishmoqqa yo’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat
qiladigan g’oya bo’lishi kerak.
Yurtboshimiz hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun
mafkuraviy kurash bo’layotganligi, ko’p narsalarni mafkura maydonlarida
bo’layotgan kurashlar hal qilishi mumkinligi, O’zbekistonda ham ba’zi yoshlarni
yo’ldan chalg’itadigan diniy ekstremizm havfi mavjudligi haqida ogohlantirib
kelmoqda. 80-yillarning oxirlarida mamlakatimizga o’zini «do’st», «dindosh»,
«millatdosh» qilib ko’rsatib, go’yo islom dinining sofligi uchun kurashishga
«da’vat» etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom
dinimizning asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g’o’r yoshlarni o’z
tuzog’iga ilintirib, bizga begona bo’lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim
yoshlarni o’ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog’iga tortishga
ulgurishdi ham. Namangan va Toshkentda sodir etilgan qonli voqelardan
keyingina bu kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo’lib, ular din niqobi
ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining O’zbekistondagi bir
to’dasi ekani oshkor bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan
voz kechish natijasida paydo bo’lgan bo’shliq vaziyatida begona g’oyalarning
O’zbekistonga huruji kuchaydi.
Bunday mafkurviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima
qilish kerak?
«Buning yo’li – odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-
e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga
ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash… Farzandlarimiz yuragida ona
Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom
munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy
immunitetini kuchaytirishimiz zarur».
1
Shunday qilib, Islom Karimov O’zbekistonning milliy istiqlol g’oyasini yaratish
tashabbuskori va ijodkori bo’ldi. Ma’no-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon
hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil
insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglikni
ta’minlash kabi insonparvar tamoyillarni o’zida uyg’unlashtirgan milliy istiqlol g’oyasi
shakllandi.
Mamlakatimizda milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillari ta’lim va madaniy-
ma’rifiy muassasalari, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san’at, mahallalar va
mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qalbiga singdirilmoqda.
1
I.A.Karimov. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000 yil 8 iyun.
352
Sinov savollari
1. Mustabid sovet tuzumidan bizga qanday iqtisodiy meros qolgan edi?
2. Mustaqillik iqtisodiyot bobida qanday imkoniyatlar yaratdi?
3. O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda qanday yo’lni tanladi?
4. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi qanday qonunlar qabul qilindi?
5. Kichik xususiylashtirish qachon o’tkazildi, qanday natijalar berdi?
6. O’rta va yirik korxonlarni xususiylashtirish haqida so’zlab bering.
7. Kichik va o’rta biznesning rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz?
8. Agrar islohotlarning natijalari haqida so’zlab bering.
9. Narxlarni erkinlashtirish qanday amalga oshirildi?
10. Bozor infratuzilmasining yaratilishi haqida so’zlab bering.
11. Chet el sarmoyalarining O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilishi haqida
nimalarni bilasiz?
12. O’zbekistonning yoqilg’i mustaqilligiga erishishini tushuntirib bering.
13. Mashinasozlik sanoatida qanday yirik korxonalar qurildi?
14. Engil va to’qimachilik sanoatida qanday yangi korxonalar barpo etildi?
15. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish borasida qanday tadbirlar amalga oshirildi?
16. Aholini ijtimoiy himoyalash siyosati va amaliyoti haqida so’zlab bering.
17. Jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish borasidagi tadbirlar haqida so’zlab
bering.
18. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi va natijalari
haqida so’zlab bering.
19. Milliy istiqlol g’oiyasining mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
20. Milliy istiqlol g’oyasining tarixiy ildizlari nimalardan iborat?
21. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillari bilasizmi?
353
XVIII BOB. O’ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA QO’SHILISHI
Tayanch so’z va iboralar: Xalqaro ahvol. Tinchlikka xavf soluvchi tahdidlar.
O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. Tashqi siyosat tamoyillari. O’zbekiston va BMT.
O’zbekiston va EXHT. O’zbekiston va Evropa Ittifoqi. O’zbekiston va MDH. MOIH.
MOH. O’zbekiston va Osiyo mamlakatlari. O’zbekiston va AQSh. O’zbekiston va
Evropa mamlakatlari hamkorligi.
1. Xalqaro ahvol. O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon
hamjamiyatiga qo’shilishi
Xalqaro vaziyatning o’zgarishi XXI asr bo’sag’asida jahon tapaqqiyotininr mazmuni
tubdan o’zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan - SSSR va AQSh etakchilik
qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning
tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o’zaro muxoliflik
muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda "sovuq urush" siyosati hukmronlik qilardi. Butun
insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi.
XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning echakchisi bo’lgan ulkan
imperiya - SSSR parokanda bo’ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava
Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina
SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O’zbekiston
davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.
Xalqaro vaziyatda tub o’zgarishlar sodir bo’lsada,
dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar,
ziddiyatlar saqlanib
qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo’lmoqda:
• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va
ziddiyatlar yanada o’sdi. Mamlakatlar o’rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg’or
texnologiya, erkin sarmoyalarni to’plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta.
Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar
mavjud.
• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o’rtasida milliy-etnik va
diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy
mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o’zi yashaydigan joylarni tashlab,
boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo’lgan.
• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy
ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida
vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar
o’rtasida "xaqiqiy" va "soxta" dindorlik belgilari bo’yicha qarama-qarshilik
chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom tsivilizatsiyasi bilan boshqa
tsivilizatsiyalar o’rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga
Havfsizlikka tahdidning
kuchayishi
354
urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O’zbekiston, AQSh, Rossiya va boshqa
mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini
tashvishlantirmoqda.
• "Sovuq urush" siyosatiga chek qo’yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi
kamaygan bo’lsada, bu turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda
saqlanayotganligi,yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar sonining ko’payib
borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy
tahdid bo’lib qolmoqda.
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog’lom ekologik vaziyat,
jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat
boshiga xavf solib turibdi.
• Tobora kuchayib borayotgan korruptsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik,
yashirin kurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda.
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo’rt bo’lib turganligidan dalolat
beradi. Bizni qurshab typran olam g’oyat
murakkab va muammoli bo’lib keldi, hozir ham
shunday bo’lib qolmoqda.
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro
munosabatlarga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro
barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo’lib qoldi. Hatto ayrim olingan
mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon
hamjamiyatining vazifasiga aylandi.
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab extiyojlarining g’oyat darajada
o’sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi
talablari, ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa
mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish ob’ektiv
zaruriyat bo’lib qoldi.
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi ham,
boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo’linmasdir. Shu boisdan
barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog’langan, o’zaro aloqadadir.
O’zbekistonning geosiyosiy o’rni O’zbekiston xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish nuqtai
nazaridan va o’z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jug’rofiy-strategik imkoniyatlarga
ega.
• Qadim zamonlarda Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan Buyuk ipak yo’li
O’zbekiston xududi orqali o’tgan. Bu erda savdo yo’llari tutashtan, tashqi aloqalar
hamda typli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Evropa
va Osiyoni bog’laydigai yo’llar Markaziy Osiyodan, uning o’rtasida joylashgan
O’zbekistondan o’tmoqda.
• Markaziy Osiyoda jug’rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o’rin tutgan O’zbekiston
ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni
ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega.
• O’zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida
joylashgan.
355
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada etakchi
o’rida turadi.
• Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zahiralari va strategik
materiallarga ega, dexqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o’zini
ta’minlashga qodir.
• O’zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o’zini neft, gaz,
rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga
ega.
• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat
tsivilizaliyasida salmoqli o’rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy
jarayonlariga ta’sir o’tkazish salohiyatga ega.
Jug’rofiy-siyosiy jihatdan O’zbekistonda qiyinchiliklar tug’diruvchi omillar ham
mavjud. Jumladan:
• O’zbekiston o’zining jug’rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi
izchil yo’lga qo’yilmagan mintaqada joylashgan. O’zbekiston fors ko’rfazi,
Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari
joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan bu
hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko’pgina yirik davlatlar va
bizga qo’shni davlatlarning geografik manfaatlari bir-biri bilan kelishmasligi
kuzatilmoqda.
• Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O’zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy
va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar kurshab turibdi. Buning
ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstrimizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va
har xil tashqi kuchlar tomonidan rag’batlantirib kelinayotgan, ichki mojaro avj
olgan Afgoniston kabi beqarorlik o’chog’i bilan chegaradosh.
• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda kommunikatsiyalar
nomaqbul ravishda shakllantirilgan. Janubiy yo’nalishda transport
komunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O’zbekiston bevosita dengizga chiqa
olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan
mamlakat. Bu bir necha davlatlar hududidan o’tadigan olis yo’l bo’lib,
O’zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni
qimmatlashtirib, mahsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi.
• Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham
mamlakatimiz uchun noqulay omildir.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq
O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos
keladigan puxta tashqi siyosiy yo’lni belgilash,
jahon
hamjamiyatiga qo’shilish, horijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko’ndalang
bo’lib turardi. Bu osongina echiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi
Do'stlaringiz bilan baham: |