Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida o’zaro munosabatlarning asosiy printsiplari,
o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish to’g’risida bayonnoma" imzolandi.
Shuningdek, ikki davlat o’rtasida konsullik shartnomasi imzolandi. Islom Karimovning
1999 yil 8-10 noyabr kunlari XXRga uchinchi marta safari chog’ida siyosat, iqtisodiyot,
madaniyat, telekommunikatsiya sohalarida hujjatlar imzolandi. Ikki tomonlama aloqalar
yanada kengaydi. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan 78 ta O’zbekiston-Xitoy
qo’shma korxonasi ikki mamlakat o’rtasida hamkorlikning rivojlanib borayotganining
dalilidir.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Tszintao davlat tashrifi bilan 2004 yil 14 iyun
kuni O’zbekistonga keldi. Ikki davlat boshliqlari uchrashuvida O’zbekiston-Xitoy
munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi. 2004 yil yanvar-aprel oylarida o’zaro
savdo hajmi 134 mln. AQSh dollariga etganligi, umumiy qiymati 100 mln. AQSh
dollariga teng ikki tomonlama loyihalar amalga oshirilayotganligi qayd etildi. Ikki
mamlakat to’qimachilik, qishloq xo’jaligi, mashinasozlik, kimyo, kommunikatsiya
sohalarida hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Muzokaralar yakunida O’zbekiston bilan
Xitoy o’rtasida sheriklik munosabatlari, do’stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va
mustahkamlash to’g’risida Qo’shma deklaratsiya imzolandi. Ikki mamlakat hukumatlari
o’rtasida narkotik vositalarining, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va
O’zbekiston va Xitoy
aloqalari
380
suiste’mol etilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga, texnikaviy-iqtisodiy
hamkorlikka oid, Toshkentda Konfutsiy nomidagi institutni tashkil etish bo’yicha
hamkorlik to’g’risidagi bitimlar jami 10 ta hujjat imzolandi.
Xitoy rahbari ta’kidlaganidek, o’zaro ishonch va hurmat, ikki tomonlama
manfaatdorlikka tayangan O’zbekiston-Xitoy munosabatlari xalqlarimiznig umumiy
mulkidir.
1992 yil mart oyida O’zbekiston va Janubiy Koreya
o’rtasida diplomatik aloqa o’rnatiladi. 1992 yil 19 iyunda
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreya
Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy,
savdo, madaniy-texnikaviy aloqalarga asos soldi. «O’zbekiston bilan Janubiy Koreya
o’rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asoslari to’g’risida»
Deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash haqida, O’zbekiston
iqtisodiyotini rivojlantirishga mablag’ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga
beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot,
sayohat, sport sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning o’zoq muddatga mo’ljallangan
rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DEU Korporatsiyasi rahbariyati bilan
Asakada avtomobil zavodi qurishga kelishildi.
1992-1996 yillarda "O’zDEUavto" O’zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma
avtomobil zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1996 yil 25
mart kuni avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi.
O’zbekiston bilan Koreyaning “Kobul Tekstayl” kompaniyasi o’rtasidagi
hamkorlik yildan yilga chuqurlashib bormoqda. Mazkur kompaniya O’zbekistonga 250
mln. AQSh dollari hajmida sarmoya kiritdi va o’zlashtirildi. “Kobul Tekstayl” ishtirokida
Toshkent, To’ytepa va boshqa shaharlarda qo’shma korxonalar barpo etildi va xaridorgir,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, O’zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi kengayib
bormoqda. 1999 yilga qadar O’zbekistonga Koreyadan 1,2 mlrd. AQSh dollari hajmida
sarmoya kirib keldi va o’zlashtirildi. O’zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida
barpo etilgan qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar
ayirboshlash hajmi 1997 yildayoq 1 mlrd. AQSh dollaridan oshdi.
O’zbekiston Sharqning eng rivojlangan mamlakati - Yaponiya
bilan ham hamkorlik qilmoqda. Yaponiya 1991 yildayoq
O’zbekiston mustaqilligini tan oldi, 1992 yilda o’zaro diplomatik
aloqalar
o’rnatildi. 1994 yil 16-19 may kunlari O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq
davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo’ldi. Safar paytida «O’zbekiston
bilan Yaponiya o’rtasida munosabatlarning asosiy printsinlari haqida» qo’shma bayonot,
O’zbekiston va Janubiy
Koreya hamkorligi
O’zbekiston va
Yaponiya
aloqalari
381
tashqi ishlar bo’yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O’zbekiston delegatsiyasi
mashhur Panasonik kontsernida bo’ldi va uning rahbariyati bilan O’zbekistonda filial
ochishga kelishildi. Respublikamiz shaharlarida Panasonik mahsulotlarini sotish yo’lga
qo’yildi. Yaponiya O’zbekistonga 100 mln. AQSh dollari hajmida beg’araz yordam
berdi.
O’zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur «Mitsui», «Mitsubisi»,
«Sumitoto», «Tomen», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalarining doimiy
vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular bilan O’zbekiston tashqi iqtisodiy vazirligi
o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, o’nlab firma va
kompaniyalar Ko’kdumaloq, Sho’rtan neft-gaz konini o’zlashtirishda, Buxoroda neftni
qayta ishlash zavodini qurishda, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini ta’mirlashda,
telealoqa tarmoqlarini ta’mirlashda o’z sarmoyalari bilan qatnashdi.
O’zbekiston Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor berayotganligi
sababli 1999 yil aprel, 2001 yil may oylarida Yaponiyaning “Keydzay Doyukay”
korporativ rahbarlar uyushmasining Prezidenti Koichi Minaguchi boshchiligidagi
delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyurdi. “Keydzay Doyukay” uyushmasi tashabbusi
bilan Yaponiya O’zbekistonga imtiyozli kreditlar ajratmoqda.
Yaponiya hukumatining «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida
O’zbekistonda telekommunikatsiya, transport infratuzilmasi va ta’lim sohalaridagi
loyihalar ijrosi uchun 560 mln. AQSh dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki esa yoqilg’i-energetika va to’qimachilik sohalari
uchun O’zbekistonga 720 mln. AQSh dollari miqdorida kredit berdi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2002 yil 28-31 iyul kunlari Yaponiya
hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo’ldi. Yaponiya bosh
vaziri Dzunitiro Koidzumi va imperator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar
bo’lib o’tdi. Tashrif natijasida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida:
¾ do’stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to’risida Qo’shma Bayonot;
¾ iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O’zbekistondagi islohotlarni qo’llab-
quvvatlash to’g’risida Qo’shma Bayonot»;
¾ ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligi, O’zbekiston tashqi iqtisodiy
aloqalar vazirligining «Mitsubisi», «Mitsui», «Marubeni», «Nishe Ivai»
korporatsiyalari bilan hamkorligi, O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan
«Bank of Tokyo-Mytsubisi» o’rtasida imtiyozli kredit borasidagi va boshqa jami 14
ta hujjat imzolandi.
Safar natijasida O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi hamkorlik yangi, strategik
bosqichga ko’tarildi.
382
1995-2002 yillarda Yaponiyaning O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan kreditlari
miqdori 1,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan
yilga oshib bormoqda.
O’zbekistonda 10 dan ortiq O’zbekiston-Yaponiya qo’shma korxonalari barpo
etildi va faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonning Tinch okean havzasi mamlakatlari - Malayziya va Indoneziya
bilan davlatlararo aloqalari o’rnatildi. Bu borada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov
boshliq davlat delegatsiyasining 1992 yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari
muhim ahamiyatga egadir. Safar kunlarida O’zbekiston va Malayziya o’rtasida iqtisodiy
va texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O’zbekiston va
Indoneziya o’rtasida diplomatak aloqalar o’rnatash bo’yicha qo’shma axborot, ikki
tomonlama munosabatlar bo’yicha qo’shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik
to’g’risida bitim imzolandi.
1995 yil 8-10 aprel kunlari Indoneziya Respublikasi Prezidenti Suxarto rasmiy
tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Muzokaralar nihoyasida O’zbekiston Prezidenti
I.Karimov va Indoneziya Prezidenti Suxarto O’zbekiston Respublikasi bilan
Indoneziya Respublikasi o’rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari
to’g’risida qo’shma bayonnoma imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasidagi
sayyohlik sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum hamda ikki mamlakat poytaxtlari
oralig’ida samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish to’g’risidagi hukumatlararo bitim
imzolandi.
O’zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi V’etnam Sotsialistik
Respublikasi, Kambodja, Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-
diplomatik aloqalari yo’lga qo’yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib
bormoqda.
5. O’zbekistonning AQSh va Evropa mamlakatlari bilan hamkorligi
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida Amerika
Qo’shma Shtatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga
qo’yish va tobora chuqurlashtirish alohida o’rin tutadi.
O’zbekiston bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida davlatlararo aloqalar
mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo’lga qo’yildi. 1992 yil 15-16 fevral kunlari
AQSh davlat kotibi Jeyms Beyker O’zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat
o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi. 1992 yil 16 mart kuni Toshkentda birinchi
bo’lib AQShning elchixonasi ochildi. 1993 yil 14 sentyabrda AQSh davlat
deportamentining maxsus topshiriqlar bo’yicha elchisi Strob Talbot O’zbekistonda bo’ldi
va O’zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995 yil 6
O’zbekiston va AQSH
aloqalari
383
aprelda AQSh mudofaa vaziri Uilyam Persi O’zbekistonga keldi, O’zbekistonning
NATO "Tinchlik yo’lida hamokrlik" dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSh
armiyasi o’quv-mashq markazida tinchlikni ta’minlash maqsadida o’tkazilgan harbiy
mashqlarda O’zbekiston qurolli kuchlari vzvodi ishtirok etdi. O’zbekiston bilan AQSh
o’rtasida sarmoyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish to’g’risida, ikki yoqlama
soliq olmaslik to’g’risida shartnomalar tuzilgan. Toshkent - Nyu-York o’rtasida bevosita
havo yo’li ochildi.
O’zbekistonda 1996 yil boshlarigacha Amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200
ta o’zbek amerika qo’shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko’rsatdi. Bular orasida
Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQShning Nyumont Mayning
Korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog’
jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi
"Zarafshon-Nyumont" qo’shma korxonasi bor. Bu korxonada 2002 yilgacha 83 tonna
oltin tayyorlandi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1996 yil 23-28 iyun kunlarida
AQShda bo’lishi O’zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog’onaga
ko’tardi. I.Karimov AQSh Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat
o’rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor
bo’lgan siyosiy, iqtisodiy, havfsizlik masalalari muhokama etildi. Bill Klinton
AQSh ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi, barqarorligi
va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O’zbekiston bilan qalin munosabatlar
o’rnatishni istayotganini, O’zbekistonning tezroq dunyo hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi yo’lida yordam berajagini ta’kidladi. I.Karimov bilan
B.Klinton uchrashuvi ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin
hozirladi. 1996 yil 25 iyun kuni O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi
ochildi.
O’zbekiston Prezidenti boshliq davlat delegatsiyasining AQShda bo’lishi
chet el sarmoyasi uchun respublikada yaratilgan shart-sharoitlar to’g’risidagi
axborot taqchilligini bartaraf etdi. Safar chog’ida imzolangan hujjatlar Amerika
biznesi va sarmoyalarining O’zbekistonga erkin kirib kelishi uchun yanada keng
yo’l ochdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik O’zbekistondagi islohotlarni
qo’llab-quvvatlash, o’zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish yo’lidan bormoqda.
O’zbekistonda AQShning 28 ta kompaniya, firma va banki o’z vakolatxonalarini
ochgan. Bular qo’shma korxonalar barpo etish, savdo-sotiqni kengaytirish ishiga
ko’maklashmoqda.
384
2001 yilda O’zbekistonda AQSh bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan
loyihalar soni 70 tadan ortdi. AQSh sarmoyasi ishtirokida respublikamizda barpo etilgan
305 ta qo’shma korxona sanoat, qishloq xo’jaligi, to’qimachilik, gaz-kimyo, neft, oltin
qazib olish, transport, kommunikatsiya va ta’lim sohalarida samarali faoliyat
ko’rsatmoqda. «Zarafshon-Nyumont», «O’z-Teksako», «O’z-keysmash», «O’z-
keystraktor», «O’z-Eksayd», «BiEy Ay»ning Xo’jaobod gaz ombori qurilishi, «ABB
Lummus Global» bilan hamkorlikdagi Sho’rton gaz-kimyo majmuasi shular
jumlasidandir. O’zbekistonning AQSh bilan savdo aylanmasi 300 mln. AQSh dollardan
oshdi.
2001 yil 11 sentyabr kuni xalqaro terroristlar AQShda sodir etgan fojiali
voqealar paytida O’zbekiston birinchilardan bo’lib AQSh hukumatining Xalqaro
terrorizmga qarshi aksilterror kaolitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo’lib
chiqdi. O’zbekiston AQSh bilan birgalikda xalqaro aksilterror kaoliyatsiyada faol
qatnashdi. O’zbekiston bilan AQSh o’rtasidagi hamkorlik yanada
mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. 1991 yildan 2001 yil sentyabrgacha
tomonlar orasida davlat ahamiyati darajasida 28 ta tashrif qayd etilgan bo’lsa,
2001 sentyabrdan 2002 yil apreligacha esa 20 taga yaqin ana shunday tashriflar
amalga oshirildi.
2002 yil 11-14 mart kunlari O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq
davlat delegatsiyasi Prezident Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi
bilan AQShda bo’ldi. AQSh Prezidenti J.Bush va martabali hukumat vakillari
Islom Karimovni Oq uyda obro’-e’tiborli mehmon sifatida kutib oldi. Tomonlar
xalqaro ahvol, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi
kurash, harbiy va harbiy-texnikaviy, iqtisodiy hamkorlik masalalarda fikr
almashdilar. Tashrif yakunida «O’zbekiston bilan AQSh o’rtasida o’zaro
sheriklik va hamkorlik asoslari to’g’risida deklaratsiya», ilmiy-texnikaviy
tadqiqotlar, yadroviy materiallar va texnologiyalar tarqalishining oldini olishda
hamkorlik, moliya, qishloq xo’jaligiga oid qator hujjatlar imzolandi.
AQSh ni sinovli damlarda qo’llab-quvvatlagani uchun Prezidentimiz Islom
Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miqyosdagi buyuk davlat
arbobi» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot Amerika xalqining O’zbekiston
xalqiga hurmat-e’tiborining timsolidir.
Shunday qilib, O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi o’zaro manfaatli
hamkorlik tobora o’sib bordi va mustahkamlandi. Bugungi kunda O’zbekiston va
AQSh strategik hamkor va sherik mamlakatlardir.
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuvida Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan
o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yish
va tobora chuqurlashtirish alohida o’rin tutadi. 1996 yil 21 iyunda Florentsiya shahrida
imzolangan O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o’rtasidagi «Sheriklik va hamkorlik
O’zbekistonning Evropa
mamlakatlari bilan
hamkorligi
385
to’g’risidagi bitim», uning 1999 yil 1 iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Evropa
Ittifoqi mamlakatlari bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.
O’zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik
va madaniy-gumanitar aloqalari yildan-yilga rivojlanib, chuqurlashib bormoqda.
Respublikamizda Evropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi
vakolatxonalari akkreditatsiya qilindi. Evropalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan
491 ta korxona ishlayapti, ulardan 111 tasi yuz foizlik Evropa kapitaliga ega. 1995-2002
yillarda Evropa Ittifoqi mamlakatlarining firma va kompaniyalari respublikamizda
umumiy qiymati qariyb 8 mlrd. AQSh dollarlik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga
oshirishda qatnashdi. 2002 yilda O’zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan
mahsulot ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 65,8 mln. AQSh dollarini, 2003 yil yanvar-oktyabr
oylari yakunlari bo’yicha esa 910,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekistonning Evropa Ittifoqining a’zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
salohiyatga ega bo’lgan Germaniya bilan o’zaro manfaatli aloqalari kengayib bormoqda.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning Germaniyaga 1993 yil 28 aprel kuni boshlangan
va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O’zbekiston bilan Germaniya o’rtasida
munosabatlarni yo’lga qo’yishda muhim ahamiyatga egadir. I.Karimov GFR Federal
prezidenti Rixard fon Vayzenker va Federal kantsler Gelmut Kol bilan samimiy, o’zaro
tenglik asosida, ishonch va qatiyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o’rtasida madaniy
hamkorlik to’g’risida, sarmoyalar qo’yishni amalga oshirish va o’zaro himoya qilishga
ko’maklashish to’g’risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish
to’g’risida bitimlar imzolandi. "Doyche bank", "Mersedes-Bents" va "Simens"
kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo’ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida
kelishib olindi. Safar natijalariga ko’ra O’zbek-Germaniya hamkorligi masalalari bo’yicha
hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki-tomonlama savdo-iqtisodiy palata
tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 1994 yil 1 sentyabrda GFR poytaxti Bonnda
O’zbekiston Respublikasining Evropada birinchi elchixonasi ochildi. Ґozirgi paytda
elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. "Toshkent-
Frankfurt" havo yo’li ochildi, O’zbekistonda "Doyche-bank"ning bo’limi faoliyat
ko’rsatmoqda.
Germaniyaning “Geydelber” firmasi O’zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida
hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. “Geydelber” firmasi asbob-uskunalari bilan
Yangiyo’l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi
“Tong” nashriyoti qayta jihozlandi. O’zbekistondagi “Rastr” va “Groteks” nashriyotlari
“Geydelber” firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik,
o’quv qo’llanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha
yaxshilandi. 2001 yilda O’zbekiston-Germaniya-Rossiya hamkorligidagi “Namangan
qog’oz” qo’shma korxonasi qurilib ishga tushirildi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil 2-5 aprel kunlari Germaniya
Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kantsleri Gerxard Shrederning 2002 yil 9-
386
10 may kunlari O’zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O’zbekiston-Germaniya o’rtasidagi
o’zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi.
Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doirlari o’rtasida aloqalar kengayib
bormoqda. 1997 yilda O’zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining vakolatxonalari
faoliyat yuritgan bo’lsa, 2001 yilda bu ko’rsatkich 80 taga etdi. Ularning eng yiriklari
«Xobas TAPO», «Xiva Karpet» va boshqalardir. 2003 yilda Germaniyalik sarmoyadorlar
ishtirokida engil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash,
farmatsevtika sanoati, transport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona
faoliyat ko’rsatdi, ulardan 40 tasi yuz foizlik Germaniya kapitaliga ega. o’zbekistonga
kiritlayotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001 yildayoq 1 mlrd. AQSh dollaridan
oshdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi 2001 yilda 283,3 mln. AQSh dollarini
tashkil etdi. Germaniya Federativ Respublikasi O’zbekistonning Evropadagi eng yirik
iqtisodiy hamkoridir.
O’zbekiston bilan Frantsiya o’rtasida munosabatlarni o’rnatish va
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993 yil 28-30 oktyabr kunlari O’zbekiston
delegatsiyasining Frantsiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka
asos soldi. Prezident I.Karimov Frantsiya Prezidenta F.Mitteran, Frantsiyaning
boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do’stona suhbat va samarali
muzokaralar yuritdi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so’zlab: "Hozirgi siyosiy
vaziyatda Markaziy Osiyoda etakchi o’rinni egallab turgan mustaqil O’zbekiston
Sharq bilan Fapb o’rtasida ishonchli ko’prik bo’lishi mumkin. Ko’p asrlik tarix,
teran an’analarga ega bo’lgan, insoniyatning faxriga aylangan allomalarni etkazib
bergan O’zbekiston doimo frantsuzlarning dikqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan
keyin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yanada
yaqin bo’lib qoldi", deb ta’kidlagandi. Bu Vatanimiz to’g’risida, uning shon-
shuhratini ulug’lovchi xolisona, oliyjanoblik bilan berilgan bahodir. Safar
natijasida Parijda «O’zbekiston Respublikasi va Frantsiya Respublikasi
o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma», madaniyat, ilmiy-
texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim, sarmoyalarni
o’zaro rag’batlantirish va himoyalash to’g’risida bitim imzolandi.
Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respublikamizda
demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O’zbekistonning Evropa va boshqa
taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. O’zbekiston Milliy banki bilan Frantsiyadagi yirik "Kredit Kommersial de Frans"
banki o’rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash
zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’minlash ko’zda tutildi. Taniqli "Elf-akiten" neft-
kimyo kontserni, "Texnip" firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta
ishlash zavodi qurishga kelishildi. Frantsiya va O’zbekiston o’rtasida savdo-sotiq hisob-
kitoblarini ta’minlab turgan "Kredi kommersila de Frans" banki zavod qurilishini ham
mablag’ bilan ta’minladi. O’zbekiston bu bankka mablag’ qo’ydi, u hamkorlik uchun
kafolat bo’lib turibdi.
387
1994 yil 25-27 aprel kunlari Frantsiya Prezidenti F.Mitteranning O’zbekistonga
qilgan rasmiy tashrifi chog’ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari
o’rtasidagi hamkorlik to’g’risida, O’zbekiston va Frantsiya o’rtasida fuqarolarning erkin
harakati haqidagi bitimlar, shuningdek havo transporti sohasida hamkorlik to’g’risidagi
deklaratsiyalar imzolandi.
O’zbekiston bilan Frantsiya o’rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar
kengayib bormoqda. Qishlok xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, ozik-ovqat, neft va
gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
O’zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo’lgan Buyuk
Do'stlaringiz bilan baham: |